calendar 03 Jun 21:12
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Rafah qo‘zg‘oloni”: Kolumbiya universiteti talabalari yana Falastin uchun norozilik namoyishini boshladi

image

AQSHdagi Kolumbiya universiteti talabalari politsiyaning keskin qarshiligidan bir oy o‘tib, yana Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingini boshladi. Falastin tarafdori bo‘lgan talabalar kampusda yangi lager tashkil qilib, uni “Rafah qo‘zg‘oloni” deb atashdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Namoyishchilar matbuot anjumani uyushtirdi, biroq jurnalistlar kampusga kiritilmadi va talabalar jurnalistlarning savollariga panjara orqali javob berishga majbur bo‘ldi. Matbuot anjumanida gapirgan Kolumbiya universiteti talabasi Mahmud Xalil lagerni “Rafah isyoni” deb ataganlarini aytdi.

Xalilning iddao qilishicha, lager tashkil etilgandan so‘ng maktab xavfsizligi xodimlari ularga ogohlantirmasdan hujum qilib, chodirlarni tortib olgan va ikki talabani jarohatlagan.

Lagerdagi talabalaridan biri Leyla Soliba universitetning talabalarga bo‘lgan munosabatidan afsusda ekanini bildirdi.

“Bu ta’lim muassasasi. Bu investitsiya fondi emas, bu biznes emas va ular o‘z talabalariga yaxshi munosabatda bo‘lishlari kerak. Bu juda qo‘rqinchli. Ushbu holatni qabul qilib bo‘lmaydi”, deydi Leyla.

Matbuot anjumanidan so‘ng, Falastin tarafdori bo‘lgan Kolumbiya universitetining bitiruvchilari ham kampus tashqarisida namoyish qilishdi. Miting chog‘ida namoyishchilar “Ozod Falastin”, “Oshkora, yo‘q qiling, to‘xtamaymiz, tinchlanmaymiz” va “Yo‘l bitta: talabalar inqilobi” kabi shiorlar bilan hayqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlarda boshlangan talabalar namoyishi 3 may  kuni Yevropaga ham ko‘chgani xabar qilingandi. Parijdagi Siyosiy tadqiqotlar institutining o‘nlab talabalari politsiya tomonidan hibsga olingan. Ular G‘azo sektori aholisini qo‘llab-quvvatlab, Falastin bayroqlarini ko‘tarib, Isroil bosqiniga qarshi shiorlar aytgan. Oqibatda universitet darslari ma’lum muddatga qoldirilgan.

Toir Obidov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
17
0
xs.uz

“Mercedes-Benz”, “BMW”, “Volkswagen” yoki “Toyota”… Qaysi kompaniya 5-yildan beri eng koʻp avtomobil sotgan brend boʻlib turibdi?

'Toyota' avtomobillari savdosining pasayishi asosan Yaponiyada kuzatilgan. Bu yerda kompaniya sertifikatlash testlari bilan bogʻliq muammolar sababli jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan, ayniqsa 'Daihatsu' brendida. Yapon avtomobil gigantining eng yaqin raqibi boʻlgan 'Volkswagen Group' 2024-yilda 9 million dona avtomobil sotganini maʼlum qildi. Nemis ishlab chiqaruvchisi ham 2023-yilga nisbatan 2,3% pasayishni qayd etgan, bu esa asosan Xitoy bozoridagi 'narxlar urushi' va Germaniyada xarajat

31 Jan 15:22
 
17
0
xs.uz

Mudofaa va ichki ishlar vazirlari qatnashgan choʻmilish tadbirida 7 kishi vafot etdi – Hindiston

Hindistonda millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishi oqibatida kamida 7 kishi vafot etdi. Bu mamlakatda oʻtkazilayotgan 'Kumbh Mela' festivalida fojia yuz berdi, deb xabar bermoqda 'NBS News' nashri.Xabarda aytilishicha, 29-yanvar kuni festival ishtirokchilari choʻmilish tadbirini oʻtkazmoqchi boʻlishgan. Millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishga urinishi oqibatida ommaviy tiqilinch yuzaga keldi. Natijada 7 kishi vafot etib, oʻnga yaqin inson jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan

27 Jan 00:54
 
29
0
xs.uz

Harbiy texnologiyalari eng kuchli mamlakatlar reytingi eʼlon qilindi

Janubiy Koreyaning mudofaa texnologiyalarini targʻib qilish instituti 2024-yil uchun mamlakatlarning mudofaa fanlari va texnologiyalari darajasi boʻyicha tadqiqotni taqdim etdi.Unga koʻra, jahonda harbiy texnologiyalari eng taraqqiy etgan davlat AQSH boʻlgan. Ikkinchi oʻrinda Fransiya va Rossiya turibdi. Ularning harbiy innovatsiyalar darajasi Qoʻshma Shtatlar bilan solishtirganda 89 foizni tashkil etadi. AQSH harbiy sohada rivojlanish boʻyicha soʻnggi olti yilda Germaniya (3-oʻrin), Bu

31 Jan 15:22
 
19
0
xs.uz

Buyuk Britaniya 4 kunlik ish haftasiga oʻtishi mumkin

200 ta Buyuk Britaniya kompaniyasi oʻz xodimlarining amaldagi ish haqini saqlab qolgan holda 4 kunlik ish haftasiga oʻtishini maʼlum qildi. Bu haqda 'The Guardian' nashri xabar qildi.'4 Day Week Foundation'ning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 5000 dan ortiq kishi faoliyat olib boradigan ushbu kompaniyalarning aksariyat qismini xayriya tashkilotlari, marketing va texnologiya firmalari tashkil etadi. Ular 5 kunlik modelni eski iqtisodiy davrdan qolgan va endi undan foydalanish kerak emas,'deb