calendar 03 Jun 10:53
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rasman: Kilian Mbappe “Real” futbolchisiga aylandi

image

Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe erkin agent sifatida Ispaniyaning “Real Madrid” klubi safiga borib qo‘shildi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida barcha shartlar kelishib olingan va shartnoma imzolangan. Futbolchining tanishtiruv marosimi keyingi hafta bo‘lib o‘tadi. 

Qayd etilishicha, Mbappe “Real” bilan 2029 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolagan. 

PSJdagi oxirgi mavsumida 25 yoshli Mbappe 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 44 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 180 million yevroni tashkil etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

Parij-2024: Selin Dion va Ledi Gaga ochilish marosimida qatnashadi

Mashhur xonandalar Selin Dion va Ledi Gaga Parijdagi Olimpiada ochilish marosimida chiqish qiladi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Dion va Ledi Gaga Edit Piafning “La Vie en rose” qo‘shig‘ini kuylaydi. Qayd etilishicha, Dion 2022 yildan buyon ilk bor sahnaga chiqadi, o‘shanda u mushaklaridagi muammo tufayli jahon turnesini bekor qilgan. Ma’lumot uchun, 56 yoshli Selin Dion “My heart will go on”, “I'm alive&rd

26 Jul 10:19
 
24
0
qalampir.uz

Futbolchilarim matonat ko‘rsatdi – Temur Kapadze

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Parijdagi Olimpiadada Ispaniyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. “O‘yindan mamnunman. Futbolchilar matonat va chinakam jamoaviy ruhni ko‘rsatdi. Raqiblarimiz dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri, ammo so‘nggi daqiqalargacha kurashdik. Bahs davomida biz barcha o‘zbekistonliklarning qo‘llab-quvvatlashini sezib turdik. Bizga ishongan barchaga rahmat!” deydi Kapadze.

15 Jul 12:02
 
78
0
qalampir.uz

DXX kubogi: Toshkentning “zo‘ri” aniqlandi

Kecha, 12 iyul kuni futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) kubogining Toshkent shahar bosqichi final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Poytaxtdagi JAR stadioni mezbonlik qilgan chempionlik o‘yinida poytaxtning Olmazor tumani “Chimboy” va Yangi hayot tumani “Do‘stlik” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.  Murosasiz tarzda kechgan bahsning har ikki taymida Yangi hayot tumanining “Do‘stlik” jamoasi raqiblaridan ustunlik qildi. Epizodlardan b

26 Jul 10:21
 
39
0
xs.uz

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibidan chiqdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada oʻyinlari doirasida futbol musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, 24-iyul kuni Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ham oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazdi. Oʻsha kuni ularga Ispaniya jamoasi raqiblik qildi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.Timur Kapadze shogirdlari guruh bosqichining 2-tur oʻyinini Misr U-23 terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuv 27-iyul kuni 20:00 da start oladi.Biroq oʻsha kuni Oʻzbekiston Olimp