calendar 03 Jun 10:41
eye 54
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Real” 15 karra YeCHL g‘olibiga aylandi

image

2 iyunga o‘tar kechasi Angliya poytaxti London sharhidagi “Uembli” stadionida futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining (YeCHL) final bahsi bo‘lib o‘tdi. Hal qiluvchi o‘yinda Madridning “Real” klubi Dortmundning "Borussiya"si bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda gollarni 74-daqiqada Dani Karvaxal va 83-daqiqada Vinisius Junior kiritdi.

Shunday qilib, madridliklar o‘z tarixida 15-marotaba YeCHL bosh sovriniga ega chiqdi. Bu borada “Real” eng yaqin ta’qibchisi Italiyaning “Milan” klubini 8 ta sovringa ortda qoldirmoqda. “Qizil-qoralar” hisobida 7 ta YeCHL sovrini bor.

Shuningdek, “Real” a’zolari Dani Karvaxal, Toni Kroos, Nacho Fernandes va Luka Modrich 6 marta YeCHLda g‘olib bo‘lib, bu borada yaqqol rekordchiga aylandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
98
0
xs.uz

Messi koʻzyosh bilan maydonni tark etgan oʻyinda Argentina chempion boʻldi

Bugun tongda 'Copa America' musobaqasining final uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Finalda Argentina va Kolumbiya terma jamoalari oʻzaro bahs olib bordi.Finalning 66-daqiqasida argentinalik futbol afsonasi Messi jarohat oldi va maydonni koʻzyoshlar bilan tark etdi.Oʻyinning asosiy daqiqalarida hisob ochilmadi. Uchrashuvning 112-daqiqasida 'Inter' hujumchisi Lautaro Martines Kolumbiya darvozasiga gol kiritdi va bu gol oʻyin taqdirini hal qildi.'Copa America'. Final.Argentina ' Kolumbiya 1:0Gol: Laut

26 Aug 12:29
 
26
0
xs.uz

Abu Dhabi Chess Festival 2024: Nodirbek Yaqubboyev chempion boʻldi

BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida shaxmat boʻyicha nufuzli turnir oʻz nihoyasiga yetdi.Nodirbek ochkolar teng boʻlishiga qaramasdan, qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra chempionlikni qoʻlga kiritdi. U Abu-Dabi Masters turnirida biror marotaba magʻlubiyatga uchramagan holda, 9 turdan 7 ochko toʻpladi. Yaqubboyev gʻoliblik bilan birgalikda 30000 AQSH dollarini ham oʻziniki qilib oldi. Yana bir yurtdoshimiz Shamsiddin Vohidov ham 7 ochko toʻplagan boʻlsada, qoʻshimcha natijalar boʻyich

15 Jul 12:02
 
112
0
qalampir.uz

Fransiyada vazir Olimpiadadan oldin suvni tekshirish uchun daryoda suzib ko‘rdi (video)

Bugun, 13 iyul kuni Fransiyaning Sport, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari vaziri Ameli Udea-Kastera Parij shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiada o‘yinlari oldidan suvning sifatini tekshirib ko‘rish uchun Sena daryosidan suzib o‘tdi. Bu haqda “France 24” xabar berdi. 46 yoshli vazirga joriy yilning 28 avgust kuni Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida mezbon mamlakat Fransiya bayroqdori bo‘ladigan para-triatlonchi Aleksis Xankinkvant hamrohlik qilgan. Vazir dary

11 Aug 03:44
 
72
0
xs.uz

Boks murabbiyi Toʻlqin Qilichev yurak xurujiga uchradi

'The Guardian' nashrining yozishicha, boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Toʻlqin Qilichev Hasanboy Doʻsmatovning gʻalabasini nishonlash payti yurak xurujiga uchragan.Qayd etilishicha, oʻsha vaqtda Britaniya jamoasi shifokorlari Harj Singh va Robbi Lillis yaqinroqda boʻlishgan. Ular zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatishgan ' defibrilliator yordamida Qilichevning hayotini saqlab qolishgan.'Oʻzbekiston jamoasi oltin medalni nishonlayotgan edi. Keyin esa ular turgan joyd