calendar 02 Jun 17:50
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Makron Navalnaya bilan uchrashdi

image

Rossiyadagi qamoqxonada vafot etgan muxolifatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya kecha, 31 may kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi. Bu haqda uning o‘zi bugun, 1 iyun kuni Instagram'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning yozishicha, muhokama mavzularidan biri Rossiyadagi siyosiy mahbuslar bilan bog‘liq vaziyat bo‘lgan.

“Fransiyaning Putin va uning diktaturasiga qarshi kurashda Rossiyada va undan tashqarida fuqarolik jamiyatiga qanday yordam berishi mumkinligi haqida gaplashdik. Men undan (Emmanuel Makron) minnatdorman, u Rossiyada urushga qarshi bo‘lganlar ko‘p ekani, ular yordam va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj ekanini tushunadi”, deb yozgan Navalnaya.

Muxolifatdagi siyosatchining bevasining so‘zlariga ko‘ra, u Fransiya davlati rahbari bilan eri haqida ham gaplashgan.

"Bu yaxshi, uzoq va juda shaxsiy suhbat bo‘ldi", deb xulosa qildi Yuliya Navalnaya.

“Kommersant” gazetasining yozishicha, uchrashuvda Aleksey Navalniyning ittifoqchisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi tergov bo‘limi rahbari Mariya Pevchix ham ishtirok etgan.

Fransiya Prezidenti Yuliya Navalnayani qabul qilgan Yelisey saroyi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Emmanuel Makron “Navalniy xotirasi, korrupsiyaga qarshi hamda so‘z erkinligi uchun kurashgan jasoratiga hurmat bajo keltirgan”.

Shuningdek, u Yuliya Navalnaya bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi faoliyatini muhokama qildi va Fransiya barcha huquq himoyachilarini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.

Navalniy 16 fevral kuni Yamalo-Nanets avtonom okrugidagi Xarp qishlog‘idagi 3-sonli "Qutb bo‘risi" kaloniyasida vafot etganidan so‘ng, Yuliya Navalnaya uning ishini davom ettirishini aytdi. Makron bilan uchrashuv uning so‘nggi oylarda G‘arb mamlakatlari davlat rahbarlari va hukumat a’zolari bilan o‘tkazgan uchrashuvlari seriyasining birinchisi emas.

28 may kuni u Polsha Tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorski bilan, 15 aprel kuni esa Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron bilan uchrashdi. Aleksey Navalniy vafotidan ko‘p o‘tmay, 2024 yil fevral oyida AQSH Prezidenti Jo Bayden San-Fransiskoda uning bevasi Yuliya va qizi Dariya bilan uchrashgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
46
0
qalampir.uz

Rossiya Harbiy-havo kuchlariga yangi qo‘mondon tayinlandi

Rossiya harbiy-havo kuchlarining yangi qo‘mondoni etib avvalroq Rossiya uzoq masofali aviatsiyasiga qo‘mondonlik qilgan general-leytenant Sergey Kobilash tayinlandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi. Kobilash 1965 yilda Odessada tug‘ilgan. Yeysk oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini, Gagarin nomidagi Harbiy-havo kuchlari akademiyasini va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasini tamomlagan. 2023 yil yanvar oyida Ukraina Xa

22 Jul 08:19
 
72
0
qalampir.uz

Rossiyada “G‘arbiy Nil” isitmasi aniqlandi

Rossiyaning Rostov viloyatida asosiy tashuvchilari chivin bo‘lgan “G‘arbiy Nil” isitmasi bilan kasallangan ikki holat aniqlandi. Bu haqda Rossiya Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish agentligi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, virus isitma bilan kasallanish xavfi yuqori bo‘lgan hududlarning tekshirilgan 13,9 foiz aholisida aniqlangan. “Epidemiya jarayonining boshlanishi joriy yil iyun oyining uchinchi o‘n kunligida q

15 Jul 12:02
 
53
0
qalampir.uz

Xitoy Tayvanga qurol sotgani uchun AQSHga sanksiya kiritdi

north_east O‘zbekiston uchun tabu. Xitoy-Tayvan “urushi” Tayvan Vashingtondan F-16V qiruvchi samolyotlarida foydalanadigan infraqizil qidiruv va kuzatuv tizimlarini sotib oladi. Bu haqda orolning markaziy axborot agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha, shartnoma summasi 345 million dollarni tashkil qiladi. Qurol sotib olish rejasiga kiritilgan tegishli tizimlar AQSHdan buyurtma qilingan 66 ta F-16V qiruvchi samolyotlariga o

11 Jul 15:12
 
48
0
xs.uz

“Oʻzbekistonda dorilar kontrabandasining zarari nafaqat ishlab chiqaruvchilar, balki bemorlar uchun ham sezilmoqda” — AstraZeneca

Surunkali kasalliklar va xavfli oʻsmalarni davolash uchun biofarmatsevtika va onkologik preparatlar yetkazib beruvchi AstraZeneca kompaniyasi tomonidan maʼlum qilinishicha, respublikada farmatsevtika mahsulotlarining noqonuniy savdosi bozori hajmini toʻgʻri baholab boʻlmaydi, ammo kontrabandaning zarari nafaqat ishlab chiqaruvchilarga, balki bemorlar uchun ham.'Dastlabki shaxsiy hisob-kitoblarga koʻra, AstraZeneca mahsulotlari kontrabandasining umumiy ulushi Oʻzbekiston bozorida muomalada