calendar 01 Jun 09:45
eye 43
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ronaldu yana bir sovrin yutishi mumkin

image

Bugun, 31 may kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da Saudiya Arabistoni Qiroli kubogi finalida “Al-Nasr” va “Al-Hilol” klublari kuch sinashadi. Agar mazkur o‘yinda “Al-Nasr” g‘alaba qozonsa, bu kubok Ronaldu uchun Saudiyadagi ikkinchi sovrin bo‘ladi.

Bundan oldin Ronaldu jamoasi bilan o‘tgan yilning avgust oyida Arab chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritgandi.

Qayd etish joiz, “Al-Nasr” va “Al-Hilol” klublari o‘rtasidagi so‘nggi bahs joriy yilning 18 may kuni Saudiya ligasi doirasida o‘tkazilib, o‘yinda durang natija qayd etilgandi. “Al-Hilol” klubi futbolchisi Mitrovich 90+10 daqiqada penalti evaziga hisobni tenglashtirib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgandi.

Ma’lumot uchun, 39 yoshli Ronaldu joriy mavsum “Al-Nasr” safida 31 o‘yinda maydonga tushib, 35 marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qildi va Saudiya Arabistoni chempionati “Oltin butsa”sini qo‘lga kiritdi.

Xabibulloh Rayimov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:12
 
90
0
xs.uz

Shaxmatda yangi “Magnus Karlsen” paydo boʻldi

Britaniyalik toʻqqiz yoshli Itan Pang shaxmatda aql bovar qilmaydigan marraga erishdi. U 2200 reyting toʻsigʻini bosib oʻtib, 'CM' unvonini qoʻlga kiritgan eng yosh oʻyinchiga aylandi. Bu haqda 'Chess.com' xabar berdi.'Westminster Under School' talabasi Itanning shaxmat olamidagi tez oʻsishi bor-yoʻgʻi uchta turnirda 334 reyting ochkosi toʻplaganligi bilan qoʻsha oldi. Itanning soʻnggi muvaffaqiyati iyun oyida EACU okrugi jamoasi chempionatida 3/4 ball toʻplash va 2493 reytingli IM

15 Jul 12:02
 
42
0
qalampir.uz

Yevro finalidagi natijadan qat’i nazar Sautgeyt Angliya termasi murabbiyligida qoladi

Angliya futbol assotsiatsiyasi Garet Sautgeytni Yevro-2024’dan keyin, turnir natijalaridan qat’i nazar, terma jamoa bosh murabbiyi lavozimida saqlab qolmoqchi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida ichki muzokaralar allaqachon bo‘lib o‘tgan. Qayd etish joiz, 2024 yilgi Yevropa chempionati finalida Angliya terma jamoasi Ispaniya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Ushbu uchrashuv 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

15 Jul 12:02
 
63
0
qalampir.uz

Argentina Amerika kubogini qo‘lga kiritdi

Argentina terma jamoasi Amerika kubogini qo‘lga kiritdi va ketma-ket ikkinchi marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Finalda u Kolumbiya terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona golni qo‘shimcha bo‘limlarda hujumchi Lautaro Martines kiritdi. Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi jarohati tufayli o‘yinni yakunlay olmadi va o‘yinning 66-daqiqasida almashtirildi. Mayamida bo‘lib o‘tgan final starti tartibsizliklar tufayli bir

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

“Real” stadionining VIP-o‘rindiqlar chiptasi rekord summada sotiladi

Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolanishi munosabati bilan Madridning “Real” klubi katta miqdorda pul ishlab olmoqchi, jumladan, jamoaning uy uchrashuvlari uchun chiptalar narxi oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda Ispaniya OAV xabar berdi. Klub o‘zining uy stadioni “Santyago Bernabeu”da VIP o‘rindiqlar narxi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatmoqchi. “Real Madrid” arenani 1,5 milliard yevroga ta’mirlash ishlaridan so‘ng 300 ta hashamatli Super VIP o‘