calendar 31 May 09:09
eye 42
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonda iste’molchilarni energiya auditidan o‘tkazishning yangi tartibi joriy etiladi

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 may kuni iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

"Yildan-yilga energiya resurslariga talab oshib borayotgan zamonda ulardan oqilona foydalanish, isrofgarchilikni kamaytirishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Shu maqsadda 2024 yilda hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar shakllantirildi. Bu maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqarishga xalal bermagan holda energiya iste’molini samarali tashkil etish orqali muayyan hajmlarni tejashni nazarda tutadi", deyiladi xabarda

Bildirilishicha, iste’molchilarni energiya auditidan o‘tkazishning yangi tartibi joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, energiya auditi faqat xalqaro standartlarga muvofiq o‘tkaziladi. Audit asosida tashkilot va korxonalar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va ularning ijrosi nazorat qilinadi.

Bu borada shaffoflikni ta’minlash uchun energiya auditi xulosalari va undan keyin erishilgan natijalar yillik biznes-rejalariga kiritilib, kuzatuv kengashida tasdiqlanadi.

Har bir tashkilot rahbarlariga energiya samaradorligi bo‘yicha KPI joriy etiladi.

"Shuningdek, iste’molchilar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzganliklari uchun amaldagi tarifga o‘suvchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda qayta hisob-kitob qilish, iste’molchilar tomonidan majburiy energiya auditi o‘tkazish natijasida belgilangan chora-tadbirlarni muddatida bajarilmasligi, ushbu chora-tadbirlar bajarilishidan iqtisod qilinishi kutilgan yoqilg‘i-energetika resurslari qiymati miqdorida jarima  qo‘llash tartibini joriy qilish masalasi o‘rganilmoqda", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, tashkilotlar, hududlar va ko‘chmas mulk ob’ektlari kesimida energiya iste’moli reytingini joriy etish ham taklif qilinmoqda. Bunda Energetika vazirligi tomonidan energiya sig‘imi eng yuqori va eng past bo‘lganlarning “10 taligi” yuritilib, ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.

Taqdimotda energiyani tejash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar va uni amalga oshirish choralari atroflicha muhokama qilingan. Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni aloqador vazirlik va idoralar bilan birgalikda chuqur va puxta ishlab chiqish, ko‘rsatkichlarni xalq deputatlari mahalliy kengashlari muhokamasiga kiritish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi.

Shuningdek, yig‘ilishda joriy yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. 

Prezident mutasaddilarga tayyorgarlik ishlarini hozirdan boshlash va barcha zarur chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, jumladan, elektr va issiqlik stansiyalari uzluksiz va barqaror ishlashi uchun zarur yoqilg‘i resurslari, butlovchi va ehtiyot qismlarning zaxiralarini shakllantirish, energetika infratuzilmasini ta’mirlash va modernizatsiya qilish yuzasidan qator ko‘rsatmalar berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
13
0
xs.uz

Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.Quyidagilar tasdiqlandi:● shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudgacha hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom; ● shaharsozlik sohasidagi nizolarni tekshirish va hal qilish boʻyicha idoralararo komissiya tarkibi.'Shaffof qurilish' milliy axborot tizimida Shaharsozlik sohasidagi nizolarni hal qilish natijalari reyestri yaratiladi.Shaharsozlik sohasidagi nizo

12 Jul 16:17
 
66
0
qalampir.uz

Rossiyada narkotik sotishda ayblangan o‘zbekistonlik 20 yilga qamaldi (video)

Rossiyada sintetik narkotik sotgan o‘zbekistonlik 23 yoshli yigit 20 yilga qamaldi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Rossiya IIV Astraxan viloyati bosh boshqarmasi narkotik moddalarni nazorat qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarini noqonuniy sotishda gumon qilingan, voqeaga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar aniqlangan. Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston Respublikasining uch

26 Jul 10:21
 
28
0
xs.uz

Shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda

Joriy yil 23-iyul kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Senat aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilishi rejalashtiri

24 Aug 17:26
 
7
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistondagi oʻtov Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Turizm qoʻmitasi xabariga koʻra, 'Oq qush' majmuasida barpo etilgan dunyodagi eng katta diametrli qoraqalpoq xalqining milliy qora uyi (oʻtov) Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Mazkur oʻtovning diametri 40,5 metrdan iborat.22-avgust kuni ushbu majmuada Ginnes rekordlar kitobi sertifikatining tantanali topshirish marosimi oʻtkazildi.Tadbirda prezident maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev, davlat idoralari rah