Singapurlik olimlar kiber suvaraklar armiyasini taqdim etdi. Bu haqda “Independent” nashri xabar berdi.
Singapurdagi Nanyang texnologik universiteti tadqiqotchilari suvaraklarga buyruqlar berib, ularning harakatlarini masofadan boshqarish mumkinligini sinab ko‘rdi. Natijada kiber suvaraklar armiyasi vujudga keldi.
Dastlabki sinovlar cho‘l yerlarida amalga oshirildi. Tajriba davomida olimlar bir nechta mavjud muammolarni hal qilish uchun kiber suvaraklar uchun yangi navigatsiya algoritmini ishlab chiqdi. Yangi algoritm ushbu hasharotlar orasidagi chalkashliklarni kamaytirishi aniqlandi.
Tadqiqotchilarning aytishicha, suvaraklar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir tuzoqqa tushib qolgan kiborgga qiyin vaziyatdan qochishga yoki hasharot ag‘darilib qolganda o‘z holatiga qaytishga yordam berishi mumkin.
Tadqiqotchilar bunday kiborg hasharotlar to‘dasidan bir kun kelib tabiiy ofatlardan keyingi qidiruv-qutqaruv missiyalarida foydalanishga umid qilmoqda.
"Ushbu tadqiqot to‘daga asoslangan robototexnika sohasiga katta hissa qo‘shadi. U biologik organizmlardan robototexnika va boshqarish nazariyasi orqali yanada aqlli avtonom tizimlarni yaratish ehtimolini ham ko‘rsatadi", deya xulosa qilgan tadqiqotchilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda universitet talabalari suvaraklarni kiborgga aylantirish uchun maxsus qurilma ishlab chiqqan va ushbu to‘plamlarni sotuvga chiqargandi.