calendar 29 May 18:19
eye 155
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekiston faqat foyda ko‘radi – Putin YeOIIga a’zolik haqida

image

O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi barcha uchun o‘zaro manfaatli bo‘lishi mumkin, ammo bu Toshkentning suveren tanlovi bo‘lishi kerak. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 26-28 may kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifini yakunlash chog‘ida jurnalistlarga ma’lum qildi. 

“Bizda iqtisodiy rivojlanishning turli darajalari, moliya tizimining rivojlanish darajasi har xil va u yoki bu hukumat muayyan integratsiya birlashmalarida ishtirok etish yoki qatnashmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilganda, ular birinchi navbatda shundan kelib chiqadi”, deydi Rossiya Prezidenti. 

Uning qayd etishicha, O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishidan nafaqat tashkilot, balki mamlakatning o‘zi ham foyda ko‘radi. 

“Agar O‘zbekistondek iqtisod qo‘shilsa, tashkilot bundan faqat foyda ko‘radi, deb o‘ylayman. O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham foyda kerak. Ishtirok etish yoki qatnashmaslik har qanday suveren davlatning tanlovidir”, deydi Rossiya rahbari.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2022 yilning 11 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi onlayn sammitida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olgan edi.

Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olganini urg‘ulab, ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish me’yorlarini ularning talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligini aytgandi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Ukrainaliklarning 32 foizi Rossiyaga yerlarni berishga rozi bo‘ldi – so‘rovnoma 

Ukrainada aholi orasida tinchlikka erishish uchun Rossiyaga hududiy imtiyozlar berish borasida o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashganlarning 32 foizi tinch-totuv yashash uchun o‘zlari yashab turgan yerlarni Rossiyaga berishga rozi ekanligini bildirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.  Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tomonidan 16-22 may kunlari Ukraina nazorati ostidagi hududda 1067 kishi ishtirok etgan so‘rov natijalariga ko‘ra, hududiy imtiyozlarga rozi bo‘lgan

26 Jul 10:48
 
73
0
qalampir.uz

Indoneziya Rossiya neftiga qaytyapti

Indoneziyaning davlat nazorati ostidagi neftni qayta ishlash zavodi Pertamina neft sotib olish uchun tender ro‘yxatiga Rossiya neft navlarini qo‘shdi. Bu haqda uch nafar treyderga tayanib, "Reuters" xabar berdi.  Garchi Indoneziya Rossiyaga qarshi G‘arb sanksiyalariga qo‘shilmagan bo‘lsada, Pertamina 2022 yilda Rossiya-Ukraina harbiy mojarosi boshlanganidan beri orqaga qadam tashlab, ancha vaqt davomida Rossiya neftini sotib olmadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Pertamina

23 Jul 10:46
 
67
0
xs.uz

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri mamlakat armiyasidagi jiddiy muammolar haqida maʼlum qildi

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili mamlakat qurolli kuchlari qator jiddiy muammolarga duch kelayotganini aytdi.Shu oʻrinda u quruqlik, dengiz va havo kuchlari qiyinchiliklarga duch kelayotganini alohida taʼkidladi.Vazirning aytishicha, hozir armiyada kuchning kamayishi, behuda xaridlar, past maʼnaviyat, ishga olish va ushlab turish inqirozi hamda faxriylar oʻzlari munosib xizmatlardan foydalana olmasligi kabi muammolar mavjud.Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatda yangi leyboristlar hukum

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Bayden nega prezidentlik poygasidan chiqishga qaror qilganini tushuntirdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden demokratiyani saqlab qolish uchun ikkinchi muddatga saylanmaslikka qaror qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul kuni Amerika xalqiga murojaatida ma’lum qildi. “Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yo‘lida hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli”, deydi Bayden. BBC xabariga