calendar 28 May 11:26
eye 40
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukraina o‘z hududidan tashqaridagi nishonlarga zarba berish huquqiga ega – Stoltenberg 

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg butun dunyo hukumatlari Ukrainaning Rossiya ichidagi rus qo‘shinlariga hujum qilish uchun G‘arb qurollaridan foydalanishiga qo‘yilgan taqiqlarni qayta ko‘rib chiqishi kerakligini va bu cheklovlar Ukraina qo‘shinlarining o‘z mamlakatini himoya qilish qobiliyatini pasaytirayotganini aytdi. Bu haqda u bugun, 27 may kuni Bolgariyaga tashrifi chog‘ida so‘z ochdi.

Stoltenberg Rossiyaning 2022 yil boshida boshlangan Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi xalqaro huquqni buzish ekanligini va Ukraina o‘zini himoya qilish, jumladan “Ukraina tashqarisidagi qonuniy nishonlarga” zarba berish huquqiga ega ekanligini ta’kidladi. Misol tariqasida Stoltenberg Xarkov viloyatidagi vaziyatni keltirdi.

“Rossiya qo‘shinlari Rossiya hududida bo‘lib, chegaraning narigi tomonida joylashgan Ukraina hududiga hujum qilmoqda. Oldingi chiziq ko‘p jihatdan chegara chizig‘i. Agar siz Rossiya qo‘shinlariga chegaraning narigi tomonida bo‘lgani uchun hujum qilolmasangiz, u holda siz Ukraina kuchlarining o‘zini himoya qilish qobiliyatini sezilarli darajada kamaytirasiz”, deydi NATO Bosh kotibi.

Stoltenberg NATO mojaro tarafi emasligini yana bir bor ta’kidlab, ayni paytda alyans ittifoqchilari Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish orqali o‘zini himoya qilishda yordam berishga haqli ekanini eslatdi.

NATO Bosh kotibining so‘zlari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH kabi davlatlarning Ukrainaga Vashington tomonidan taqdim etilgan qurollardan Rossiya ichidagi nishonlarga zarba berishni taqiqlovchi siyosatiga ishora qilib, Kiyev hamkorlarini Rossiyaga qarshi faol mudofaani qo‘llab-quvvatlashga chaqirganidan bir necha soat o‘tib yangradi.

“Biz rus qo‘shinlari to‘plangan har bir nuqtani ko‘ramiz. Biz Rossiya raketalari uchirilgan va jangovar samolyotlar uchadigan barcha hududlarni bilamiz”, dedi Zelenskiy. 

O‘tgan hafta AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller Qo‘shma Shtatlar Ukraina chegaralaridan tashqarida bunday zarbalarga yordam bermasligi, lekin Ukraina boshqa davlatlar tomonidan yetkazib beriladigan qurollar bo‘yicha o‘zi qaror qabul qilishini aytdi.

“Ukraina suveren davlatdir va boshqa mamlakatlardan sotib olgan yoki o‘zi ishlab chiqargan qurollardan, masalan, o‘zi ishlab chiqaradigan ba’zi dronlardan foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi va ularning qanday foydalanayotganini ko‘rdingiz”, degan Miller.

“Amerika ovozi”ning Kiyev razvedkasidagi anonim manbaga tayanib yozishicha, kecha, 26 may kuni Ukraina uchuvchisiz samolyoti Rossiya ichkarisida uzoq masofali radarga zarba bergan. Zarba Ukrainaning harbiy faoliyatini kuzatish uchun Moskva tomonidan qo‘llanilayotgan infratuzilmaga bir hafta ichida berilgan ikkinchi zarba bo‘ldi. Manbaga ko‘ra, hujum Orenburg viloyatidagi Orsk yaqinidagi “Voronej-M” radariga eng yaqin Ukraina hududidan 1500 km uzoqlikda bo‘lgan.

Manba hech qanday zarar yoki yo‘qotishlar haqida ma’lumot bermagan. Qanday bo‘lmasin, bu 2022 yil fevral oyida Moskva Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinni boshlaganidan beri Rossiya hududi ichida dronlardan foydalanishga urinishlardan biridir.

Eslatib o‘tamiz, Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron 2 may kuni Kiyevga safari chog‘ida Ukraina Rossiya hududiga zarba berish uchun Britaniya qurollaridan foydalanishi mumkinligini aytgandi. AQSHda esa bir guruh qonunchilar Prezident Jo Bayden ma’muriyatidan Ukrainaga Rossiya hududiga Amerika qurollaridan foydalangan holda zarbalar berishga ruxsat berishni talab qildi. 22 may kuni AQSH Kongressi Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasi rahbari Maykl Makkol AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenni Kiyevga Rossiya hududiga Amerika qurollari bilan zarba berish taqiqini bekor qilishga chaqirib, unga AQSH tomonidan taqdim etilgan ATACMS raketalari bilan qoplanishi mumkin bo‘lgan Rossiya hududi xaritasini ko‘rsatdi. “The New York Times” esa Blinken o‘tgan haftadagi Kiyevga "kutilmagan tashrif"idan so‘ng Amerikaning Rossiya hududiga qurolli zarbalarini taqiqlash masalasi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirib, Oq uyga Rossiyaga qarshi zarba berish taqiqini bekor qilishni taklif qilganini yozdi. Fransiya yadro kallagini olib yura oladigan raketaning ilk sinovini amalga oshirdi


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Jul 10:13
 
59
0
qalampir.uz

Zelenskiy prezidentlikni qachon tark etishini aytdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan kechayotgan urush o‘z nihoyasiga yetgach lavozimini tark etishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u BBC'ga bergan intervyusida so‘z ochdi. Jurnalist undan Zelenskiy endi prezident bo‘lib qolishi mumkinmi, deb so‘radi. U esa, “Biz hammamiz insonmiz”, deya javob qaytardi. Prezident hokimiyatni boshqa birovga topshirishi mumkinligini tan oldi, lekin kim davlat rahbari bo‘lishi faqat Rossiya bilan urushdan keyin aniq bo‘li

11 Jul 17:52
 
49
0
xs.uz

Qozogʻiston AQSH sanksiyalari tufayli Rossiya qimmatli qogʻozlaridan qutula boshladi. Moskva bunga qanday munosabatda?

Qozogʻiston depozitariysi Rossiya qimmatli qogʻozlari egalarini 10-avgustgacha ularni mamlakatdan olib chiqishga chaqirdi. Bu haqda 11-iyul, payshanba kuni mamlakat depozitariysining tavsiyasi bilan xat orqali maʼlum qilingan.Qimmatli qogʻozlarni olib qoʻyish boʻyicha hujjatda koʻrsatilgan muddatlar toʻgʻridan-toʻgʻri Vashington tomonidan 12-iyunda Milliy hisob-kitob depozitariysi va Moskva birjasiga qarshi joriy qilingan sanksiyalarga tegishli.'Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitari

15 Jul 12:02
 
54
0
qalampir.uz

Trampga uyushtirilgan suiqasdga dunyo liderlari qanday munosabat bildirdi?

Kecha, 13 iyul kuni AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga Pensilvaniyadagi tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida noma’lum shaxs tomonidan o‘q uzilib, suiqasd uyushtirildi. Oq uy sobiq rahbarining hayotiga qilingan tajovuzga dunyo mamlakatlarining rasmiylari qanday munosabat bildirdi? Vladimir Zelenskiy, Ukraina Prezidenti “Trampni otishganini qoraylayman. To‘g‘risi, suiqasddan dahshatga tushdim. Bunday  zo‘ravonlikni oqlab bo‘lmaydi va dunyoning hech bir joyida

15 Jul 12:02
 
45
0
qalampir.uz

Turkmaniston hukumati 1 avgustdan bir oylik ta’tilga chiqadi

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakat hukumatiga 1 avgustdan 1 sentabrgacha ta’tilga chiqishga ruxsat berdi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha “Neytral Turkmaniston” rasmiy gazetasi xabar berdi. Berdimuhamedov, umuman olganda, birinchi yarim yillikdagi ko‘rsatkichlar qoniqarli ekanini ta’kidlab, barcha vazirlik va idoralar rahbarlariga olti oylik yakunlari bo‘yicha yaqin kunlarda yig‘ilishlar o‘tk