Eden Azarning “Real”ga omadsiz transferi belgiyalik futbolchi faoliyatini yakunlagan va joriy mavsumda maydonga tushmaganiga qaramay, Madrid klubiga boshog‘riq bo‘lishda davom etmoqda.
“Real” endi “Chelsi”ga klublar o‘rtasidagi 2019 yilda erishilgan kelishuv doirasida 6 million yevro to‘lashga majbur. Azarning o‘zi endi futbol o‘ynamasligiga qaramay, kelishuv shartlari hali ham amal qiladi.
Madridliklar Yevropa Chempionlar ligasi finaliga chiqqani uchun kerakli summani London klubiga to‘lashi lozim.
Ma’lumot uchun, “Real” va “Borussiya” o‘rtasidagi YeCHL finali 1 iyun kuni Angliyadagi “Uembli” stadionida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeCHL finalini kim boshqarib borishi xabar qilingandi.