calendar 14 May 14:33
eye 52
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH Isroilning Rafahga hujumiga qarshi – Blinken

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallantni blokadadagi G‘azo sektoriga yordam oqimini osonlashtirishga chaqirdi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
 
Blinken Isroil Mudofaa vaziri bilan telefon orqali muloqot qilgan. Davlat kotibi telefon orqali suhbat chog‘ida AQSHning Isroil xavfsizligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi va HAMASni mag‘lub etishda Isroil bilan bir safda ekanini aytdi.

Blinken G‘azo sektoridagi vaziyatga to‘xtalar ekan, Qo‘shma Shtatlar Falastin anklavining janubidagi Rafah shahriga keng ko‘lamli hujumga qarshi ekanini yana bir bor ta’kidladi.

Shuningdek, Davlat kotibi Gallantni tinch aholi va yordam xodimlariga hujum qilishdan qochishga va blokadadagi eksklavga gumanitar yordam oqimini osonlashtirishga chaqirdi.

O‘z navbatida, Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan AQSHning G‘azo sektori janubidagi blokadadagi Rafah shahriga Isroilning quruqlikdagi keng ko‘lamli hujumidan jiddiy xavotirlarini yana bir bor takrorladi.

Oq uyning bildirishicha, Sallivan isroillik hamkasbi Saxi Xanegbi bilan telefon orqali muloqot qilgan. Sallivan 7 oktyabrdagi HAMAS hujumini unutmaganliklarini va Isroilni HAMASga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlashlari sobit ekanini aytdi.

Suhbatda amerikalik mulozim AQSH Prezidenti Jo Baydenning Vashington Rafahga keng ko‘lamli quruqlik hujumiga qarshi ekanligi haqidagi pozitsiyasini ta’kidladi.

Isroil Milliy xavfsizlik maslahatchisi Hanegbi esa Tel-Aviv AQSHning bu boradagi xavotirlari va xabarlarini hisobga olganligini aytdi.

Sallivan Isroilga tinch aholiga zarar yetkazmasdan, G‘azo sektorida HAMAS a’zolariga hujum qilishning “muqobil usullari” haqidagi fikrlarini yetkazdi.
Qayd etish joizki, Isroil ko‘plab mamlakatlarda salbiy munosabatiga qaramay, G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida harbiy amaliyot o‘tkazmoqda. AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil bu shaharda keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlasa, Amerika harbiy yordamini to‘xtatish bilan tahdid qildi. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, Rafahda G‘azo sektoridagi janglardan qochgan bir milliondan ortiq tinch aholi istiqomat qiladi va agar keng ko‘lamli janglar bo‘lsa, ularning hayoti xavf ostida qoladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu isroilliklar kerak bo‘lsa yakka o‘zi jang qilishga tayyorligini bildirgandi.  Isroil harbiy Vazirlar Mahkamasi esa 9 may oqshomida Rafah shahridagi amaliyotni kengaytirishga qaror qildi. AQSH Davlat departamenti Isroil G‘azo sektorida Amerika qurollarini qo‘llash orqali xalqaro qonunlarni buzgan bo‘lishi mumkin ekanini aytdi.

Muqaddasxon Sattarova


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
23
0
xs.uz

Buyuk Britaniya 4 kunlik ish haftasiga oʻtishi mumkin

200 ta Buyuk Britaniya kompaniyasi oʻz xodimlarining amaldagi ish haqini saqlab qolgan holda 4 kunlik ish haftasiga oʻtishini maʼlum qildi. Bu haqda 'The Guardian' nashri xabar qildi.'4 Day Week Foundation'ning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 5000 dan ortiq kishi faoliyat olib boradigan ushbu kompaniyalarning aksariyat qismini xayriya tashkilotlari, marketing va texnologiya firmalari tashkil etadi. Ular 5 kunlik modelni eski iqtisodiy davrdan qolgan va endi undan foydalanish kerak emas,'deb

31 Jan 15:22
 
34
0
xs.uz

“DeepSeek” AQSH moliya bozoriga 1 trillion dollarga tushdi

Xitoyning 'DeepSeek' nomli sunʼiy intellekt modelining ommaga taqdim etilishi va u tufayli kelib chiqqan vahimalar ortidan AQSH moliya bozori 1 trillion dollar atrofida mablagʻ yoʻqotdi.Bunga sabab Amerika kompaniyalarining 'OpenAI' kabi sunʼiy intellekt dasturlari uzoq vaqt hamda milliardlab dollar sarflab yaratilgan. Xitoycha chat-bot esa sanoqli oylarda, bor-yoʻgʻi 6 million dollar evaziga tayyor holatga keldi. Unda aniqlanayotgan ayrim kamchiliklarga qaramay, SI yaxshi natijalar koʻrs

27 Jan 00:54
 
27
0
xs.uz

Toshkentdan deyarli 12 baravar katta aysberg Buyuk Britaniyaga tegishli oroli bilan toʻqnashishi mumkin

Dunyodagi eng katta A23a aysbergi deyarli 40-yillik harakatsizlikdan soʻng 2024-yilning noyabr oyida ochiq okean uzra suza boshlagan edi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, trillion tonnalik aysberg Atlantika okeani janubida joylashgan Buyuk Britaniyaning dengizorti oroli ' Janubiy Jorjiya bilan toʻqnashishi mumkin. Bu haqida 'France 24' nashri xabar berdi.Aysbergning okeandagi harakati tahlil qilinganida uning Buyuk Britaniya oroli tomon siljiyotgani aniqlangan.Okeanograf olimlar ushbu holatni di

27 Jan 00:54
 
28
0
xs.uz

Qaytib kelganimda, qizim meni taniy olmadi yoxud Isroil qamoqxonasidan qaytgan falastinlik jurnalist ayol hikoyasi

Gʻazodagi oʻt ochishni toʻxtatish bitimining birinchi bosqichida ozod etilgan 90 nafar falastinliklar orasida jurnalist Rula Hassanein ham boʻlgan. U Isroil qamoqxonasidagi holatlarni soʻzlab bergan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar bermoqda.Maʼlum boʻlishicha, jurnalist 2024-yilning mart oyida Isroilning Gʻazo va Gʻarbiy Sohildagi harbiy tajovuzlari haqida yozgan postlari uchun Isroil hukumati tomonidan hibsga olingan.'Meni hibsga olishganda 9 oylik qizim bor edi. Ular meni qizimdan