calendar 10 May 15:09
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilindi

image

Pillaning xarid narxi pastligi uchun pillakorlarda manfaatdorlik past. Bu haqda bugun, 10 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida charm va ipak sanoatida mavjud imkoniyatlarni ishga solish, joylarda Sayxunobod tajribasi asosida aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochildi.

Bildirilishicha, pillakorlarda manfaatdorlik pastligi sababli ipakchilikni rivojlantirish bo‘yicha imzolangan Prezident farmoni bilan pilla xarid narxi 25 foizga oshirilgan. Pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilingan, tutzorlar uchun yer solig‘ining 10 foizi to‘lanadi.

Mutasaddilar va hokimlarga yangi tutzorlar tashkil qilsa bo‘ladigan 105 ming gektar yer ajratish topshirildi. Bu yerlar lotlarga bo‘linib, auksionda beriladi, auksiondagi yerning boshlang‘ich narxi 10 foiz etib belgilanadi.

Shuningdek, yig‘ilishda ipak olishning muqobil usullarini yo‘lga qo‘yish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, Xitoyda kanakunjut qurtini parvarishlab, ipak olish keng yo‘lga qo‘yilgan. Bu yangi yo‘nalishni O‘zbekiston iqlim sharoitidan kelib chiqib tatbiq qilish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga kanakunjut o‘simligi va qurti urug‘larini olib kelib, Ipakchilik institutida sinov ishlarini boshlash topshirildi. Umuman, hokimlar va soha mutasaddilariga pilla mavsumini sifatli tashkil etib, hosil yo‘qotishsiz yig‘ib olinishini ta’minlash bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.

Sohaga ipak qurtini parvarishlash, kasallikdan saqlash agrotexnikasi va innovatsiyalari kirib kelmagani hisobiga urug‘dan pilla olishda yo‘qotishlar saqlanib qolayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, dunyoda ipak mahsuloti importining 45 foizi to‘g‘ri kelayotgan Yevropa bozoriga chiqish muhimligi qayd etildi. Ta’kidlanishicha, eksportda ipakdan tayyor mahsulot ulushini, jumladan, pillani chuqur qayta ishlab, tayyor ipak mahsulotlari, mato va uy tekstili ishlab chiqaradigan quvvatlarni ko‘paytirish zarur.

Qayd etilishicha, pillachilik uchun ozuqa bazasi bo‘lgan tutzorlarda yangi navli hosildor tut ekishni kengaytirish muhim. Bildirilishicha, mamlakatdagi 1 million gektarga yaqin paxta maydoniga bir-ikki qatordan tut ekilsa, 50-60 ming tonna ozuqa zaxirasini shakllantirish mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
36
0
xs.uz

Sud “Navoiyazot”ning Raqobat qoʻmitasi qarori ustidan shikoyatini rad etdi

Qoʻmita tomonidan mineral oʻgʻitlar bozorida ustun mavqega ega boʻlgan 'Navoiyazot' AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida narx manipulyatsiyalari holatlari aniqlangandi.'Navoiyazot' AJ tomonidan mazkur qaror va koʻrsatma ustidan Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudiga shikoyat qilingan boʻlib, mazkur qaror va koʻrsatmani haqiqiy emas deb topish soʻralgan.Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining 2024-yil

17 Jul 12:42
 
87
0
xs.uz

Yil yakunigacha barcha viloyat markazlarida yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirish joriy qilinadi

Jamoat transporti tizimidagi oʻzgarishlarni tizimli davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.Transport vazirligiga yil yakunigacha barcha viloyat markazlarida yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirishni joriy qilish topshirildi.Shuningdek, 1 mingta avtobus olib kelish rejasini toʻliq bajarib, hududlarga yetkazish vazifasi qoʻyildi.Jamoat transportida elektron toʻlov tizimini toʻliq joriy qilib, uni ommalashtirish Transport vazirligining ustuvor vazifalaridan biri boʻladi.

15 Jul 12:03
 
58
0
qalampir.uz

Toshkentda aholidan yig‘ilgan mablag‘ni talon-toroj qilgan mansabdorlar ushlandi

Toshkentda aholidan yig‘ilgan mablag‘ni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi mansabdorlari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda tumandagi “K.Ch.” va “B.” mahallalari aholisiga xizmat ko

17 Jul 03:29
 
121
0
xs.uz

Bugun havo harorati 40 darajadan oshmasligi kutilmoqda

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulu