calendar 10 May 13:30
eye 43
comments 0
comments Manba: postda.uz

TIRIK AFSONA

image

1961-yilning 12-aprel kuni fazogir Yuriy Gagarin insoniyat tarixida kosmosga birinchi parvozni amalga oshirdi. U «Vostok» fazoviy kemasida «Boyqo‘ng‘ir» kosmodromidan parvoz qilib, 1 soatu 48 daqiqada Yer sayyorasini bir marta aylanib chiqqan, Koinotga parvozi uchun unga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi. 

BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 7-apreldagi rezolyutsiyasi bilan mazkur sana Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni sifatida dunyo miqyosida nishonlanib kelinmoqda. 

O‘zbekiston ham kosmonavtika rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan. Jumladan, Qozog‘istondagi «Boyqo‘ng‘ir» kosmodromi qurilishida o‘zbeklar faol ishtirok etishgan. U yerga respublikamizdan aloqa­chilar, quruvchilar va boshqa mutaxassislar yuborilgan. 

Shu o‘rinda fazogir Vladimir Jonibekov haqida ham to‘xtalib o‘tish joiz. U 1942-yil 13-mayda hozirgi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Iskandar qishlog‘ida dunyoga kelgan. Otasi harbiy, onasi hamshira bo‘lgan. «15 yoshga kirganimda ilk bora samoga sun’iy yo‘ldosh uchirildi. Shu ondayoq menda koinotga uchish orzusi paydo bo‘lgandi» – deb eslaydi V. Jonibekov o’z xotiralarida. Bo‘lajak fazogir, fizika, astronomiya fanlari va rassomchilik san'atiga qiziqqan. Barcha fanlarni puxta o‘zlashtirib, maktabni oltin medalga bitirgan. 1953-1958-yillari Toshkentdagi IIVga qarashli Suvorov nomidagi harbiy bilim yurtida ham o‘qigan. 

V. Jonibekov besh marta fazoda bo‘lgan (barcha parvozlarini umumiy hisoblaganda, kosmosda 145 kun 15 soat 58 daqiqa 29 soniya) o‘zbekistonlik birinchi kosmonavt hisoblanadi. U eng uzoq davom etgan – beshinchi parvozi (1985-yil 6-iyun – 26-sentabr)da «Soyuz T-13» kemasi kapitani sifatida «Salyut-7» orbital stansiyasi ustidan nazoratni tiklash uchun yuborilgan va 115 sutkada ortga qaytgan. Ta’kidlash kerakki, u ilk koi­notga ko‘tarilishini 1978-yil 10–16-yanvar kunlari amalga oshirgandi. Ikki bor Sovet Ittifoqi Qahramoni bo‘lgan 

V. Jonibekovga 1985-yili «aviatsiya general-mayori» unvoni berilgan. O‘z nomini manguga muhrlagan fazogir intervyularining birida O‘zbekistonda mashhur bo’lgan g‘o‘zaning ikki xil navlari urug‘ini fazoda ekib, tuproqni yorib chiqqan 20 ta urug‘ni ko‘ksiga solib olib tushganligini ham ta’kidlagan. 1985-1990-yillarda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining deputati sifatida ham faoliyat yuritgan. Koinotdagi 3170-sonli kichik sayyora uning nomi bilan ataladi.


1984-yilda Toshkentdagi «Kosmonavtlar» metro bekati yonida tirik afsona Vladimir Jonibekovning haykaltarosh Yakov Shapiro tomonidan yaratilgan bronza byusti o‘rnatilgan. Tabarruk 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan esa u 2022-yilda O‘zbekiston Prezidentining farmoniga muvofiq «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan. 


Bugungi kunda V. Jonibekov Rossiyaning Moskva viloyatida istiqomat qiladi va O‘zbekistonga tez-tez kelib turadi. Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi maktablardan biriga ham Vladimir Jonibekov nomi berilgan.


Abror POYONOV tayyorladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
57
0
qalampir.uz

Eron-Armaniston postida chegarachilar ozarbayjonlikni o‘ldirdi (video)

Kecha, 12 iyul kuni asli ozarbayjonlik, Eron fuqarosi bo‘lgan yuk mashinasi haydovchisi Eron-Armaniston chegarasida arman chegarachilari tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda “APA” xabar berdi.   Eron va Armaniston chegarasidagi “Nurduz” chegara punktida arman chegarachilari ushbu nuqtadan faqat arman millatiga mansub haydovchilarni o‘tkazgani uchun bu navbatda turgan Amid Guluzade ismli ozarbayjonlik haydovchining noroziligiga sabab bo‘lgan. Shu tufayli mojar

15 Jul 12:02
 
110
0
qalampir.uz

Isroil G‘azoning markaziy qismini bombardimon qildi. Qurbonlar bor (video)

Isroilning aviatsiya qo‘shinlari Falastinning Dayr al-Bala shahridagi uylardan biriga zarba berishi oqibatida yana ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Anodolu” xabar berdi.  Nashrning yozishicha, anklavdagi uylarning biri bombardimon qilinishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, ko‘plab odam jarohatlangan. G‘azo sektorining markaziy qismidagi “Nusayrat” qochqinlar lagerining shimoliy hududlari ham Isroil artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutilgan. Biroq,

15 Jul 12:02
 
41
0
qalampir.uz

Tojikiston respublikada Xitoy harbiy baza qurayotganini rad etdi

Xitoyning Tojikiston hududida harbiy bazasi yo‘q, bu masala ikki tomonlama munosabatlarning kun tartibida emas. Bu haqda Tojikiston  Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. “Xitoyning Tojikiston hududida harbiy baza qurgani haqidagi ba’zi ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan xabarlarga kelsak, ular asossiz ekanligini ma’lum qilmoqchimiz. Bu masala Tojikiston-Xitoy muzokaralari kun tartibida bo‘lmagan va yo‘q”, deyiladi xabarda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq &l

15 Jul 12:03
 
66
0
xs.uz

“Kiyevga yuborilgan mablagʻlar AQSH huquq-tartibot tizimini yaxshilashga sarflanishi kerak” — Rossiya Trampga uyushtirilgan suiqasd boʻyicha qanday fikrda

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Dmitriy Peskov AQSH prezidenti Donald Trampga uyushtirilgan suiqasdga izoh berdi.Qayd etilishicha, Peskov bu qotillikka urinishni amaldagi hukumat uyushtirganiga ishonmasligini, ammo Tramp atrofida yaratilgan siyosiy muhit shunday hodisa yuz berishiga sabab boʻlganligini taʼkidladi.Avval xabar berganimizdek, kecha AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirildi. Hodisa u Pensilvaniyada oʻz tarafdorlari b