Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanovning qachon U-23 terma jamoasi ixtiyoriga yetib kelishi maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga koʻra, OʻFA Fayzullayevning turnirda ishtirok etishi borasida 'SSKA' bilan kelishuvga erishdi.
Abbosbek 22-aprel kuni Olimpiya terma jamoasi ixtiyoriga borib qoʻshiladi.
Fransiyaning 'Lans' klubi ham Abduqodir Husanovga U-23 Osiyo Kubogida ishtirok etishga ruxsat bergan. Bu haqida 'Championat Asia' xabar bermoqda.
Futbolchi 'Lans'ning 'Klermon'ga qarshi oʻyinidan keyin Qatarga yoʻl oladi va Vyetnam bilan uchrashuvga qadar terma jamoa ixtiyorida boʻladi.
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi D guruhida 6 ochko jamgʻargan holda pley-off masalasini hal qildi. Soʻnggi oʻyinda Timur Kapadze shogirdlari Kuvayt darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi.
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi
Milliy olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasining 2024-yil yakunlari, 2025-yilgi rejalarga bagʻishlangan hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi.Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sherzod Xidoyatov mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi raisi etib saylandi.U 1980-yil 20-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahrida tugʻilgan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.Sherzod Hidoyatov mehnat faoliyati davomida Oliy xoʻjali
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketdi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) matbuot xizmati xabar berdi. Sloveniyalik murabbiy sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli terma jamoani boshqarishdagi vazifalarini toʻlaqonli bajara olmasligini bildirib, shartnomani oʻzaro rozilik asosida bekor qilishga qaror qildi.Srechko Katanes oʻz murojaatida hozirgi holatida professional darajada ishlash imkoniyati yoʻqligini a
Unga yana ikkita oʻyin bering va Abduqodirning nimalarga qodir ekanini koʻrasiz – Erling Holand. Gvardiola esa Husanov uchun oʻzbek tilini oʻrganishga tayyorligini bildirdi
Futbol boʻyicha Angliya Premyer ligasining 23-turidan oʻrin olgan 'Manchester Siti' va 'Chelsi' oʻrtasidagi markaziy bahsda hamyurtimiz Abduqodir Husanov 'shaharliklar' safida ilk marta maydonga tushdi. Uchrashuvda 'Manchester Siti' 3:1 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa-da, Husanovning debyuti muhokamalarga sabab boʻldi.Oʻyindan keyin 'Manchester Siti' bosh murabbiyi Pep Gvardiola 'Sky Sports' efirida Abduqodir Husanovning ilk uchrashuvi haqida fikr bildirib, yosh shogirdini qoʻllab-quvva
Peresning “diktaturasi” davom etadi
Florentino Peres 5-marta 'Real Madrid' klubi prezidenti etib saylandi. U 2029-yilgacha shu lavozimda faoliyat olib boradi, deb xabar bermoqda 'ESPN' nashri.Maʼlum qilinishicha, 'Real Madrid' klubi prezidentligiga koʻrsatiladigan nomzodlar baʼzi talablarga mos kelishi kerak boʻlgan. Jumladan, nomzod kamida 20-yil davomida klub aʼzosi boʻlishi talab qilinadi. Bu safargi saylovda ham klub rezidentligiga nomzodlar orasida talablarga mos keladigan biror kuchli raqobatchi topilmadi.Florentino Pe