Luo Xong sanʼat muzeyi Pekinning sayyohlik maskanlari roʻyxatida
Luo Xong chinakam rassom va tadbirkor. 1967-yilda Xenduan togʻlarining janubi-sharqiy etaklarida joylashgan Sichuan provinsiyasidagi kichik shaharchada tugʻilgan Luo Xong togʻli hududda oʻsgan va oʻsmirlik chogʻida tabiatning goʻzal lahzalarini abadiylikka muhrlash uchun fotograf boʻlishni orzu qilgan. 17 yoshida u Chengdu shahriga fotografiya boʻyicha oʻqishga kirib, oʻz aravasini oʻzi tortadi. Keyinroq u 25 yoshida onasining tugʻilgan kuniga oʻzi istagan tort xarid qila olmagani uchun 'Holiland' brendi ostida qandolatchilik tarmogʻiga asos solgan.
1995-yilda Luo Xong fotosuratchi boʻlish haqidagi orzularini oʻzining tugʻilgan shahri Sichuan shahridan boshlab, butun gʻarbiy Xitoyni sayohat qilib chiqadi, yuzlab tabiavt manzaralarini tasvirga oladi. 2001-yilda birinchi marta Janubiy Afrikaga tashrif buyuradi. Yovvoyi hayvonlar bilan yaqin oshnolikda boʻlib, chuqur taʼsirlanadi. 'Faqat Afrikada boʻlganimdan keyin odamlar, hayvonlar va tabiat uygʻunlikda yashashi mumkin boʻlgan sahnani koʻrdim, tushunib yetdimki, tabiat hayotsiz toʻkis emas ekan', degan edi keyinchalik Luo Xong. Shuning uchun Afrikaning yovvoyi tabiatiga oshiq boʻlib, keyingi 20-yil mobaynida Afrikada 53-marta boʻladi. Afrikadan tashqari, Luo Xong Antarktida, Arktika, Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Shimoliy Yevropada katta miqdorda tabiiy landshaftlar va yovvoyi hayvonot olamini suratlarga muhrladi. 'Avvaliga fotosuratchilik mening orzuim boʻlgan, - deyli Luo Xong, - ammo keyinchalik u eʼtiqodimga aylandi. Odamlarning qalbida tabiatning buyuk goʻzalligiga muhabbatni uygʻotish uchun Yer va samoning noyob jozibasidan foydalandim'. Aynan mana shu eʼtiqod janob Luo Xongni keyingi 20-yildan koʻproq vaqt mobaynida sayyoramizning odam oyogʻi yetmagan nuqtalarida tinimsiz boʻlishga, tabiatning odamlarga uncha tanish boʻlmagan goʻzalliklarini suratga muhrlashiga sabab boʻldi.
2020-yil 15-sentyabrda janob Luo Xongning oʻn besh yillik orzusi nihoyat amalga oshdi ' u oʻz mamlakatini aerofotosuratga oldi. Oʻzining qadrdon Sichuan provinsiyasidagi Gonga togʻidan boshlab, Xitoyning gʻarbiy qismidagi Xenduan togʻlari hamda Tibet janubi-sharqidagi mashhur muqaddas togʻlar va qorli choʻqqilarni suratga oldi. Suratga olish vaqtida bel umurtqasining eski jarohati alangalanib, qattiq ogʻriq paydo boʻldi. Ertasi kuni suratga olishni davom ettirishdan oldin kuniga ikki marta, ertalab va kechqurun ortopedik davolanishga majbur boʻldi. Vatanining qoyilmaqom manzaralari uni ogʻriqqa chidashga majbur etdi. Fotografning vatanparvarligiga gap yoʻq. 'Bu mening hayotimdagi eng ogʻir va gʻururga loyiq yaratuvchanlik boʻldi, dunyodagi eng goʻzal qor bilan qoplangan togʻlar Xitoyda joylashgan ekan, bu mening eʼtiqodimni mustahkamladi, men oʻz obyektivimni bizning buyuk mamlakatimiz va buyuk goʻzalligini dunyoga koʻrsatish uchun ishlatmoqchiman!'.
2010-yildan boshlab Luo Xong oʻz umrining 6-yilini 'Luo Xong fotosanʼati galereyasi'ni yaratishga bagʻishladi. Maqsad oʻz suratlarini jamlash orqali odamlarga Yer sayyorasi goʻzalligini panorama koʻrinishida namoyish etish. Yetuk suratkashning ishonishicha, sanʼat Muzeyi nafaqat odamlarning qalbi va ongini alangalatadigan, balki bolalarni sanʼatga oshufta qiladigan, kelajak avlodga meros boʻlib qoladigan maʼnaviy xazina boʻlib qoladi. Luoning tadbirkorlik instinkti Xitoyda qandolatchilik va non mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi boʻshliqni toʻldirishga ham xizmat qilyapti. Bugungi kunda Luo butun Xitoyning 79 shahrida 1000 dan ortiq doʻkonlar tarmogʻiga ega va bozor ulushining 80 foizdan ortigʻini qamrab olgan. Fotografiyaga boʻlgan muhabbatini non pishirish bilan uygʻunlashtirib, noyob va mazali pishiriqlar, tortlar va boshqa qandolatchilik mahsulotlarini yaratdi va 'Xolilend' brendini biznes imperiyasiga aylantirdi.
Luo fotografiya sanʼatining hujjatli filmi baʼzan xavfli va hayotga xavf tugʻdiruvchi vaziyatlarda, vertolyotlar zinasida, yovvoyi hayvonlar bilan yuzma-yuz turish asnosida, ekstremal ob-havo sharoitida olingan. Buning uchun bir necha oylar va baʼzan yillab tayyorgarlik koʻrgan. Hatto kasbi ortidan jiddiy jarohatlar olgan. Mehnati oʻz samarasini berdi. Pekindagi muzeyga Afrika va butun dunyoning yetakchilari, davlat arboblari, nufuzli prezidentlari tashrif buyurishdi. Luo oʻz faoliyati uchun koʻplab mukofotlar va maqtovlarga sazovor boʻlgan, jumladan, Global iqlim qahramoni, ekolog va tabiatni muhofaza qiluvchi inson sifatida tan olingan. Luo Xong muzeyi bugun Buyuk Xitoy devori va Taqiqlangan shahar kabi Pekinga tashrif buyurgan har bir sayyoh koʻrishi kerak boʻlgan turistik maskanga aylanmoqda.
'
Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli qurilish kompaniyasi rahbari qo‘lga olindi
Rossiya Mudofaa vazirligining Harbiy qurilish kompaniyasining 46 yoshli bosh direktori Andrey Belkov Moskvada qo‘lga olindi. U davlat mudofaa topshiriqlarini bajarishda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumon qilinmoqda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 285.4-moddasi). Bu haqda 24 iyul kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, “Kommersant” gazetasi xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda o‘sha paytda maxsus ob’ektlar uchun Har
Zelenskiy prezidentlikni qachon tark etishini aytdi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan kechayotgan urush o‘z nihoyasiga yetgach lavozimini tark etishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u BBC'ga bergan intervyusida so‘z ochdi. Jurnalist undan Zelenskiy endi prezident bo‘lib qolishi mumkinmi, deb so‘radi. U esa, “Biz hammamiz insonmiz”, deya javob qaytardi. Prezident hokimiyatni boshqa birovga topshirishi mumkinligini tan oldi, lekin kim davlat rahbari bo‘lishi faqat Rossiya bilan urushdan keyin aniq bo‘li
AQSHda 43 yil qamoqda o‘tirgan ayol oqlandi
AQSHning Missuri shtatida 43 yil qamoqxonada jazo o‘tagan 64 yoshli ayol Sandra Hemme kecha, 19 iyul kuni sudda oqlandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi. Hemme 1980 yilda kutubxonachini pichoq bilan o‘ldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Yagona dalil – mahkumning chin dildan iqror bo‘lishi edi. “Associated Press” xabariga ko‘ra, shtat prokurori Missuridagi uchta sud: quyi sud, apellyatsiya sudi, keyin esa Oliy sud qarorig
Josuslik va terrorizmda ayblangan Germaniya fuqarosi Belarusda oʻlim jazosiga hukm qilindi
Krigerning qilgan jinoyatlariga aynan nima sabab boʻlgani va ular qachon sodir etilganligi nomaʼlum. Maʼlum boʻlishicha, u harbiy obyektlarni suratga olish va temir yoʻl liniyasiga portlovchi moslama oʻrnatishda ayblanib, terrorizm va josuslik boʻyicha sudlangan.Inson huquqlari tashkilotlari Belarusni qatlni toʻxtatishga chaqirib, tegishli jarayon va adolatli sudlov zarurligini taʼkidladi. Germaniya tashqi ishlar vazirligi konsullik yordamini koʻrsatmoqda va Kriger nomidan Belarus huku