calendar 11 Apr 13:57
eye 33
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH Adliya vazirligi Apple'ni smartfonlar bozorini monopollashtirishda aybladi

image

AQSH Adliya vazirligi va 16 ta shtatning bosh prokurorlari Apple kompaniyasini smartfonlar bozorini monopollashtirishda ayblab, sudga murojaat qildi. Bu haqda Adliya vazirligi tarqatgan press relizida aytiladi.

“Apple'ning cheklovchi harakatlari amerikaliklarning yangi smartfonlarga (boshqa ishlab chiqaruvchilardan – tahr.) o‘tishini qiyinlashtiradi, ilovalar, mahsulotlar va xizmatlardagi innovatsiyalarga putur yetkazadi va ishlab chiquvchilar, biznes hamda iste’molchilar uchun katta xarajatlarga olib keladi”, deyiladi xabarda.

AQSH Bosh prokurori va adliya kotibi Merrik Garlandning fikricha, Apple nafaqat raqobatchilardan ustun bo‘lgani uchun, balki monopoliyaga qarshi federal qonunlarni buzgani uchun ham smartfonlar bozorida monopol mavqeini saqlab turibdi.

"Iste’molchilar yuqori narxlarni to‘lashlari shart emas, chunki kompaniyalar monopoliyaga qarshi qonunlarni buzadi", deydi Garland.

Shuningdek, Apple kompaniyasiga nisbatan yana bir ayblov foydalanuvchilarga turli smartfon platformalari o‘rtasida osonroq almashish imkonini beradigan boy funksiyalarga ega ilovalarni bloklagani bo‘yicha qo‘yilgan.

Bundan tashqari, departamentning da’vo arizasida aytilishicha, Apple qimmatbaho smartfon apparatlari uchun pul to‘lamasdan yuqori sifatli video o‘yinlar va bulutga asoslangan boshqa ilovalardan bahramand bo‘lish imkonini beruvchi ilovalar hamda bulutli oqim xizmatlarini ishlab chiqishni cheklaydi.

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya o‘z messenjerining boshqa ishlab chiqaruvchilar qurilmalaridagi funksiyalarini va agar u boshqa ishlab chiqaruvchilar smartfonlariga ulangan bo‘lsa, Apple Watch funksiyasini ataylab cheklaydi.

O‘z navbatida, Apple Adliya vazirligining da’vosiga izoh berar ekan, agar bu muvaffaqiyatli bo‘lsa, Apple'ning odamlar undan kutayotgan – apparat va dasturiy ta’minot, shuningdek, xizmatlar o‘zaro bog‘langan texnologiyalarni yaratish qobiliyatiga putur yetkazishini aytdi.

"Bu (AQSH) hukumatiga odamlar uchun texnologiya rivojini qattiq nazorat qilish imkoniyatini berib, xavfli pretsedent yaratadi", deyiladi Apple bayonotida.

So‘nggi 14 yil ichida AQSH Adliya vazirligi Apple'ga qarshi monopoliyaga qarshi qonunbuzarliklar yuzasidan ikki marta sudga murojaat qildi, biroq u birinchi marta kompaniyani bozordagi o‘zining ustun mavqeini noqonuniy manipulyatsiya qilishda ayblamoqda.

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 13:31
 
41
0
qalampir.uz

100 ga yaqin mamlakatda iPhone foydalanuvchilari kiberhujumga uchradi

Apple 92 mamlakatdagi foydalanuvchilarga josuslik dasturlari hujumi qurboni bo‘lgani haqida bildirishnoma yubordi. Bu haqda bugun, 11 aprel kuni “Reuters” xabar berdi. “Apple siz Apple ID bilan bog‘langan iPhone'ni masofadan buzishga urinayotgan xakerlik josuslik dasturi hujumi qurboni ekanligingizni aniqladi”, deyiladi foydalanuvchilarga yuborilgan xabarda. Bildirishnomada tajovuzkorlar haqida batafsil ma’lumotlar va foydalanuvchilari ogohlantiri

10 May 13:31
 
25
0
qalampir.uz

Telegram kanal mualliflari uchun monetizatsiyani ishga tushirdi

Endi mingdan ortiq obunachiga ega Telegram kanallarining egalari ulardagi reklamadan tushgan daromadning 50 foizini oladi. Bu haqda Telegram messenjerining o‘zida xabar berildi. Kanal egalari tushgan mablag‘ni olib qo‘yishi yoki ular bilan reklama uchun to‘lov qilishi mumkin. Buning uchun bir qator mamlakatlar, jumladan, Rossiya, Ukraina, Falastin va Isroil foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘lmagan TON blokcheyniga asoslangan kriptovalyuta Toncoin ishlatiladi. “B

10 May 13:31
 
35
0
qalampir.uz

O‘zbekiston mobil internet narxlari reytingida nechanchi o‘rinda turadi?

Mamlakatdagi o‘rtacha ish haqi asosida mobil internet mavjudligini baholovchi Mobil ma’lumotlarning arzonligi indeksida (Mobile Data Affordability Index) O‘zbekiston 179 davlat orasida 43-o‘rinni egalladi. Bu haqda ushbu indeks saytida ma’lum qilindi. Mobil ma’lumotlarning arzonligi reytingini aniqlash uchun mualliflar 10 Gb dan ortiq ma’lumotga ega bo‘lgan oylik mobil telefon rejasining o‘rtacha narxini o‘rtacha ish haqi bilan solishtirgan. MDH davlatlaridan mobil

11 Apr 13:57
 
44
0
qalampir.uz

Sun’iy intellekt odam bo‘lmaydi – Bill Geyts

Milliarder, filantrop va Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geytsning fikricha, sun’iy intellekt inson bajara oladigan barcha vazifalarni bajara olmaydi. Bu haqda u Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan o‘zaro suhbatida ma’lum qildi. Qayd etilishicha, joriy yilning 29 mart kuni Bosh vazir Narendra Modi va Bill Geyts uchrashgan. Suhbat bir qator mavzularni, jumladan, sun’iy intellektning kelajagi, raqamli jamoat infratuzilmasining ahamiyati va Hindistondagi emlash dasturlarini