calendar 07 Mar 20:13
eye 67
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlovchi markaz faoliyat boshladi

image
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hududida Oʻzbekiston va Oʻmon sultonligi hamkorligidagi qishloq xoʻjaligida qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratish va oziq-ovqat sanoatida sifat nazoratini taʼminlash boʻyicha laboratoriya tizimini ham qamrab olgan yirik yangi agroxizmat markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Uning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Alisher Shukurov, Oʻmon sultonligi vakillari, diplomatlar, Agroxizmatlar markazlari rahbarlari va tadbirkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Mazkur markazning asosiy maqsadi bugungi kunda Oʻzbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash jarayonidagi sifat nazoratini taʼminlashdan iborat. Bundan tashqari, u mahsulot yetishtirish jarayoni, yaʼni, suv, tuproq tahlillari va qayta ishlashda turli qoʻshiladigan kimyoviy moddalar hamda ingrediyentlar xalqaro standartlarga javob berishi nazoratini amalga oshiradigan laboratoriya ham hisoblanadi. Taʼkidlash oʻrinliki, u oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashda Oʻzbekistonda dastlabki akkreditatsiyadan oʻtgan xalqaro markaz hisoblanadi. Bu yerda 'Organik', 'Globalgap ', 'Halol', 'ISO' kabi xalqaro sertifikatlari ham beriladi.

Markaz bosh ofisi Oʻmonda joylashgan 'Atyab International Services' tashkilotining Oʻzbekistondagi filiali sifatida tashkil etildi. 'Atyab International Services' qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoatida yuzga yaqin turdagi xizmatlarni koʻrsatadi. Tashkilot laboratoriyalari xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilgan boʻlib, ularning imkoniyatlari qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibidagi barcha moddalarni aniqlay oladi. Demak, Oʻzbekistonga import yoki eksport qilinayotgan mahsulotlarning sifat darajasini yuqori aniqlikda tahlil qilish imkoni yaratilmoqda.

Ushbu markazda tadbirkorlar uchun katta qulaylik yaratilgan. Endilikda eksport bilan shugʻullanadigan tadbirkorlar oʻz mahsulotlari uchun jahon bozorida talab qilinadigan sertifikatlarni shu yerdan olishlari mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:36
 
23
0
xs.uz

Kunduz kuni chiroqlarni yoqib qoʻyganlar jarimaga tortilmoqda

Maʼlumot oʻrnida, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash (kunning yorugʻ vaqtida chiroqlarni yoqib qoʻyish) holatlari uchun javobgarlik mavjud. Buning uchun mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan (1 mln. 700 ming soʻm) 15 baravarigacha (5 mln. 700 ming soʻm) miqdorda jarima, agar bu 1-yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, BHM 15 baravaridan 30 baravarigacha (10 mln. 200 ming soʻm) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

11 Apr 13:55
 
37
0
postda.uz

AYОLNING HAYОTINI SAQLAB QOLDI

Jizzax viloyati IIB JXX YHXB 2-safarbarlik guruhi inspektori, safdor Yunusbek Umarov Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M-39 «Toshkent – Termiz» avtomobil yo‘lining 982-kilometrida xizmat olib borayotgandi. Shu payt uning qarshisida «Isuzi» yuk mashinasi to‘xtadi va avtoulovdan tushgan haydovchi bu yerdan 2-3 kilometr narida «Laсetti» katta tezlikda zovurga tushib ketganligini bildirdi. Xodim zudlik bilan haydovchi ko‘rsatgan joyga xizmat avtomashinasida yetib bordi. Y

11 Apr 13:55
 
42
0
postda.uz

FAXRIYLAR TAJRIBASI

E’tiborlisi shundaki, 2023-yil davomida ko‘makchilar ishtirokida 125 ta jinoyat «issiq izida» fosh etildi, 13 nafar qidiruvdagi jinoyatchi aniqlanib, ushlandi. Yosh xodimlarni kasbga sadoqat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida o‘tgan yili boshqarma rahbariyati yana bir tashabbusni ilgari surdi. O‘zi yashaydigan mahallada obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan 560 nafar faxriy yangi ish boshlagan yosh mutaxassislarga s

11 Apr 13:55
 
37
0
postda.uz

ЭЛ КОРИГА КАМАРБАСТА

Вобкент тумани ИИБ ЖХХ ҲПБ профилактика инспектори, катта лейтенант Жаҳонгир Хайруллаев намунали хизмат олиб бораётган ходимлардан бири. У 2021 йил ИИВ Академиясини тугатган.– Жаҳонгиржон билан ҳамжиҳатликда бир йилдан бери ишлаяпмиз. Маҳалламиз тинч-осойишта, жиноятчил