calendar 07 Mar 20:12
eye 63
comments 0
comments Manba: xs.uz

Boks boʻyicha Bahodir Jalolov maktabi ochildi

image
Olimpiada va Osiyo oʻyinlari gʻolibi, ikki karra jahon va uch karra Osiyo chempioni Bahodir Jalolov Oʻzbekiston sportining bayroqdori hisoblanadi. U keyingi yillarda professional boksda ham muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda.

Yurtimizda bunday chempionlar faoliyatini targʻib qilish, ularning namunasida yosh sportchilarni tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 14-martdagi qaroriga muvofiq, shunday yana bir maskan ' Boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi tashkil etildi.

Bu yerda xalqaro darajadagi bokschilarni tayyorlash, buning uchun yuqori malakali murabbiy va mutaxassislarni jalb etish, oʻquv-mashgʻulotlarni xalqaro standartlar darajasida tashkil qilish hamda ilgʻor tajribalar asosida uning sifatini oshirib borish yoʻlga qoʻyilmoqda.

Toʻrt qavatli zamonaviy binoda buning uchun barcha sharoit yaratilgan. Birinchi qavatda asosiy sport zali, suzish havzasi, tibbiyot xonasi va oshxona bor. Ikkinchi qavatda psixologiya, xorijiy tillar, nazariy mashgʻulotlar, informatika va oʻqituvchilar xonalari, shuningdek, 45 oʻrinli mehmonxona joylashgan. Uchinchi va toʻrtinchi qavatlarda 235 oʻrinli yotoqxona, maʼnaviyat xonasi tashkil etilgan. Shuningdek, bino yertoʻlasida avtoturargoh qurilgan.

Boks maktabi 175 oʻringa moʻljallangan boʻlib, 5-11-sinflarga har yili 25 nafardan oʻquvchi saralab olinadi. Ilk iqtidorlar 2022-yilgi oʻquv yilida qabul qilingan va bugungi kunda 50 nafar oʻquvchi saboq olmoqda. Ular butun mamlakatimizdan kelgan talabgorlar orasidan saralab olingan.

Bu maskan Yunusobod tumanidagi 259-umumtaʼlim maktabi bilan yonma-yon joylashgan. Yosh bokschilar umumtaʼlim fanlarini shu yerda oʻqishadi.

Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi oʻquvchilari 2023-yilda xalqaro va respublika musobaqalarida 26 ta oltin, 18 ta kumush, 15 ta bronza medalni qoʻlga kiritgan. Bu yil ham qator turnirlarda ishtirok etish rejalashtirilgan.

Maktab butun mamlakatimiz yosh bokschilari uchun oʻquv-mashgʻulot bazasi boʻladi. Yosh istiqbolli bokschilarni tanlash va tarbiyalash boʻyicha boshqa sport maktablari va markazlari bilan hamkorlik qilib boradi.

Shu bois maktabda yosh sportchilar, soha mutasaddilari bilan muloqot boʻldi. Muloqotga videoaloqa orqali hududlar ham ulandi.

' Biz bu yilni Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili, deb eʼlon qildik. Har doim ham bu masalaga alohida eʼtibor qaratib, yoshlarga kerakli sharoitlarni yaratayapmiz. Ularning salohiyati, intilishi kuchli. Boks boʻyicha dunyoda yetakchilar qatoridamiz. Bu salohiyatni, iqtidorli yoshlarimizni rivojlantirish maqsadida shu maktabni tashkil etdik. Endi Bahodir Jalolov maktabi oʻz yoʻnalishida xuddi Prezident maktabidek namunaviy tizim boʻladi. Boks metodologiyasi, diyetologiyasi, tibbiyoti, psixologiyasi hududlardagi sport maktablarida ham rivojlantiriladi, ' dedi Shavkat Mirziyoyev.

Viloyat hokimlariga sport federatsiyalari bilan hamkorlikni yaxshilash, hududlarda ularning ishiga koʻmaklashish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Yoshlar oʻrtasida sportni yanada ommalashtirish, xususan, ularni boksga jalb etish, buning uchun maktab va toʻgaraklarda sharoitlarni kengaytirish zarurligi taʼkidlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 14:01
 
54
0
xs.uz

Yer maydonlarini ijaraga olgan yoshlar oʻzlari turgan daftarlardan chiqarilmaydi

' sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sugʻoriladigan ekin maydonlari;' bogʻdorchilik-uzumchilik yoʻnalishlari uchun koʻp yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bogʻlar yer maydonlari;' dorivor oʻsimliklar yetishtirish, chorvachilik yoʻnalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga moʻljallangan, lalmi, boʻz, yaylov va yangi oʻzlashtirilgan yer maydonlari.Talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari oʻl

10 May 22:02
 
30
0
qalampir.uz

Toshkentda 618 mln so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxona aniqlandi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida 618,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, departamentning Ohangaron tuman bo‘limi tomonidan “Qibraytumangaz” bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.O.” MCHJ mas’ul shaxslari korxonaning Qibray tumanida joylashgan issiqxonada 412,2 ming kubometr tabiiy gazdan noqonu

10 May 16:49
 
31
0
qalampir.uz

O‘zbekiston Dehli aeroportida ushlangan fuqarolari bo‘yicha surishtiruv olib boryapti

Avvalroq, Dehli aeroportida ikki o‘zbekistonlik 5 kg oltin bilan ushlangani haqida xabar bergandik. "Dunyo" axborot agentligining xabar berishicha, ayni paytda ularga nisbatan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Ma’lum qilinishicha, mamlakatning Dehlidagi elchixonasi tomonidan fuqarolar bilan bog‘liq surishtiruv jarayoni nazoratga olingan va Hindistonning mas’ul huquq-tartibot idoralari bilan ishchi aloqalar o‘rnatilgan. Shuningdek, vaqtincha hibsga olingan vatandoshla

23 Apr 03:35
 
45
0
xs.uz

Shahrisabzda Damas haydovchisi birinchi sinf oʻquvchisini chorrahada urib yubordi: bola kasalxonada vafot etdi

Baxtsiz hodisa 19-aprel kuni soat 12:35 atrofida yuz bergan. 'Damas' haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, uyi yonidagi piyodalar oʻtish joyida yoʻlni kesib oʻtayotgan 1-sinf oʻquvchisi O.I.ni urib yuborgan.Oʻquvchi kasalxonaga yotqizilgan. Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, haydovchi ushlangan.