calendar 07 Mar 20:11
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev O‘zbekiston ayollarini bayram bilan tabrikladi

image

Bugun, 7 mart kuni Toshkent shahrida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Biz har yili bu kunni intiqlik, qalbimizda ajib iliqlik bilan kutamiz. Ushbu shukuhli ayyomda hammamiz bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib, mehr va tarbiya berib voyaga yetkazgan buyuk ona siymosiga, mo‘’tabar ayol zotiga ta’zim qilamiz. Zero, inson qadrini ulug‘lash avvalo azizu mukarrama ayollarimizni ulug‘lashdan boshlanadi”, deydi Prezident.

Qayd etilishicha, mamlakatimda shu maqsad yo‘lida ko‘p ishlar qilinmoqda. Jumladan, saylov kodeksida deputatlikka nomzodlarning kamida 40 foizi yoki har 5 nafaridan 2 nafari ayol kishi bo‘lishi zarurligi belgilangan. Hozirgi vaqtda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 2017 yildagi 27 foizdan 35 foizga oshgan.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi 5 yil ichida O‘zbekistonda ishbilarmon ayollar safi ikki baravar kengayib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor xotin-qizlar soni 205 mingdan oshgan. Shuningdek, 200 mingga yaqin ayollar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgan. 400 mingdan ko‘pi ish bilan ta’minlangan.

Shuningdek, hozirgi kunda oliygohlarda ta’lim olayotgan 1 million 300 ming nafarga yaqin talabaning yarmidan ko‘pini qizlar tashkil etmoqda. Ehtiyojmand oilalarga mansub xotin-qizlar qo‘shimcha davlat granti bo‘yicha o‘qishga qabul qilinmoqda. Ular uchun imtiyozli ta’lim kreditlari ajratish, ijtimoiy himoyaga muhtojlarning kontrakt pulini qoplab berish yo‘lga qo‘yilgan. So‘nggi yetti yilda 5 ming 247 nafar ayollar ilmiy darajalar olgan. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ta’lim olgan yoshlarning 47 foizini qizlar tashkil etgan.

“Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz qo‘shimcha imkoniyat topib, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, xotin-qizlarimizning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun sharoit yaratmoqdamiz va bu ishlarimiz albatta davom etadi. Chunki ayollarning, xususan, qiz bolaning o‘qib, oliy ma’lumotli bo‘lishi, kasb-hunar egallashi oila baxti, farzandlar kamoli uchun, shu asosda butun jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladi”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili davlat dasturida belgilangan, xotin-qizlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, bandligini ta’minlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Bu borada Senat Raisi boshchiligida maxsus komissiya tuzilib, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha ishlar mutlaqo yangicha yondashuvlar va tizim asosida tashkil qilinadi.

Bildirilishicha, viloyat, tuman, shahar hokimlari, hokimliklarning xotin-qizlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda faol ayollar Komissiya bilan birgalikda joriy yilda 9 442 ta mahalladagi 580 mingga yaqin ishsiz ayollarning bandligini ta’minlashga mas’ul etib belgilanadi.

Umuman, bir oy muddatda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, loyihalarni amalga oshirish uchun 15 trillion so‘m ajratiladi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Yaponiya, Janubiy Koreya va Germaniyadan 100 million dollar grant jalb qilinadi.

“Biz ma’naviy tarbiya ishlarini endi mutlaqo yangicha usulda olib borishimiz kerak. “Ezgulik – shiorimiz, ma’rifat – qurolimiz” degan g‘oya asosida bu jarayonni avvalo oiladan, mahalladan boshlashimiz lozim. Zotan, hadisi sharifda aytilganidek, “Ota-ona o‘z farzandiga yaxshi tarbiyadan boshqa meros qoldirolmaydi”. Muhtarama opa-singillarimiz, duogo‘y onaxonlarimizning mas’uliyati – aynan ana shu masalalarda yaqqol namoyon bo‘ladi”, deya ta’kidladi Prezident.

Jahon bankining kuni kecha e’lon qilingan indeksida O‘zbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etildi. Joriy yilda mamlakatda yana bir yirik anjuman – Osiyo xotin-qizlar forumiga mezbonlik qiladi.

Prezident bayram tadbirida qatnashayotgan xorijiy davlatlarning elchilari va xalqaro tashkilotlar vakilalarini ham samimiy qutladi.

O‘zbekiston Prezidentining 4 martdagi qaroriga binoan esa 28 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan, 5 martdagi farmonga muvofiq turli sohalarda faol bo‘lgan ayollar orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Tadbirda ana shu mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Mamlakatning turli hududlaridan tashrif buyurgan xotin-qizlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakilalari fayzli dasturxon atrofida bayramni nishonlagan. Bayram tantanali konsert dasturi bilan davom etdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 May 20:31
 
27
0
qalampir.uz

Surxondaryoda tojikistonlik bola o‘g‘rilari ushlangani yuzasidan izoh berildi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida tojikistonlik bola o‘g‘rilari ushlangani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holatga viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, ushbu xabarlar yuzasidan mas’ullar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. Surishtiruvlar natijasi ushbu xabarlarning asossiz va haqiqatdan yiroq ekanini ko‘rsatmoqda. Videodagi holat Qumqo‘rg‘on tumani “Bobotog‘” mahallasida sodir bo‘lgan. Videodagi sh

14 May 14:34
 
21
0
qalampir.uz

Surxondaryoda yuz bergan YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi (video)

Surxondaryoda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 5 nafar shaxs halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.  Kecha, 12 may kuni soat 10:30 atrofida Sherobod tumanida 1965 yilda tug‘ilgan haydovchi D.Sh. Tracker-1 avtomashinasini boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan Zil yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan va yo‘l-transport hodisasi yuz

12 May 16:52
 
34
0
qalampir.uz

Buxoroda firibgar vrach qo‘lga tushdi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida fuqaroning ishonchiga kirib, firibgarlik jinoyatini sodir etgan Tibbiyot birlashmasi rentgenolog vrachi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. Qayd etilishicha, shifokor bemorni aldab, ishonchini suiiste’mol qilib, vakolatli tanishlari orqali nogironlik nafaqasiga chiqishda kerakli bo‘ladigan hujjatlarni tayyorlab berishni va’da qilgan va undan 200 AQSH dollari so‘ragan. 2024 yil 25 aprel kuni Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi J

11 Apr 14:01
 
65
0
xs.uz

Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlari oshiriladi va bandligi taʼminlanadi

Qarorga koʻra, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qoʻyilib, dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari 'E-auksion' elektron savdo platformasi orqali 'mahalla yettiligi'ning tavsiyasi bila