calendar 08 Feb 09:37
eye 80
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Samarqandda Milliy Gvardiya xodimi va advokat pora bilan qo‘lga tushdi

image

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda bir necha shaxslar pora bilan ushlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Birinchi holatda 1990 yilda tug‘ilgan Milliy Gvardiya Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Ishtixon tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimi F.O. mansab vakolatidan foydalangan holda mahalliy fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilib fuqarodan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Yana bir holatda esa advokat Sh.A. mahalliy fuqaroga sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilishini bekor qilish maqsadida o‘zining mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilib, buning uchun fuqarodan 600 AQSH dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlandi. 

Bildirilishicha, hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq  Samarqand viloyat Sport boshqarmasi Milliy va noolimpiya sport turlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bosh mutaxassisi 3 400 AQSH dollari pora olayotganida qo‘lga tushgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 14:01
 
38
0
xs.uz

AQSHda beparvo ota-onalar kamida 10 yilga qamaldi

Jeyms va Jennifer Krambli AQSHda noadekvat ruhiy holatda boʻlgan oʻgʻlini toʻxtatmagani uchun sud qilingan birinchi ota-ona boʻldi. Ular oʻgʻlining ruhiy salomatligi yomonlashganining aniq belgilariga eʼtibor bermagan va hatto unga maktabdagi otishmada ishlatgan yarim avtomatik toʻpponchani ham sotib olishgan.Hatto otishma kuni ham Itanning ota-onasi oʻgʻlining juda xavotirli rasmi tufayli maktabga chaqirilgan. Biroq ular ishga borishlari kerakligini aytib, suhbatni toʻxtatgan va oʻ

14 May 15:02
 
16
0
qalampir.uz

Putin shu haftada Xitoyga boradi 

7 may kuni navbatdagi 6 yillik prezidentlik davri uchun qasamyod qabul qilgan Rossiya yetakchisi Vladimir Putin ilk xorijiy tashrifini 16-17 may kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshiradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, Prezident Putin Pekin va Xarbinga boradi. Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazish va qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. “Rossiya va Xitoy rahbarlari keng qamrovli sheriklik va strategik hamkorlik masalal

11 May 14:07
 
26
0
qalampir.uz

Tojikiston va AQSH terrorchilar harakatini kuzatish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Joriy yilning 8 may kuni Tojikiston Bosh prokurori Rahmon Yusuf Ahmadzoda va AQSH elchisi Manuel Mikaller o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tojikiston Bosh prokuraturasi xabar berdi. Uchrashuvda har ikki davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi chaqiriq va tahdidlar to‘g‘risida axborot almashish, ikki davlat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, zo‘ravonlik va ekstremizm ko‘rinishlarining oldini olish va terrorizm, kiberjinoyatlar, transmilliy uyushgan j

15 May 14:56
 
14
0
qalampir.uz

AQSH Isroilga 1 milliard dollarlik qurol yetkazib berishni rejalashtirmoqda

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati kecha, 14 may kuni AQSH Kongressiga Isroilga qiymati 1 milliard dollardan ortiq yangi qurol paketini yetkazib berish niyati haqida ma’lum qildi. Bu haqda ma’muriyatning ismi oshkor etilmagan xodimiga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, paketga zirhli texnikalar uchun 700 million dollar, boshqa harbiy texnika uchun yana 500 million dollar va minomyotlar uchun 60 million dollar mablag‘ kirishi mumkin.