calendar 03 Feb 14:41
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkent viloyatida bosh mutaxassis, Buxoroda esa arxitektor pora bilan ushlandi

image

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyatida bosh mutaxassisni, Buxoroda esa arxitektorni pora bilan ushladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi mahalliy tadbirkor tomonidan O‘rtachirchiq tumanida qurilgan 3 qavatli savdo majmuasi binosini foydalanishga qabul qilib berish va boshqa hujjatlarini tegishli tashkilotlarda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berishni va’da qilgan. U evaziga 12 ming AQSH dollari talab qilgan. U so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, “O‘zbekiston shaharsozlik bo‘yicha loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti” arxitektori o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, Buxoro Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasidagi tanishlari orqali, Buxoro shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJga tegishli 8 sotix yer maydonida bino-inshootlar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashga yordam berishga 5 ming AQSH dollari talab qilgan. U ham so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 30 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudining raisi Sh.S. 2 000 AQSH dollari miqdorida pora olayotganida qo‘lga tushgandi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 May 14:34
 
16
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat vakillari o‘zbek tilini bilishi shart – Alisher Qodirov

north_east MDH davlatlari rus tilini millatlararo muloqot tili sifatida targ‘ib qilishga ko‘ndi Avvalroq, Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin Rossiyaga ishga borayotganlar rus tilini bilishi kerakligini aytgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov bunga munosabat bildirdi. “So‘zsiz, Rossiyaga ishga bora

14 May 14:34
 
17
0
qalampir.uz

Toshkent aeroportida janjal ko‘targan Rossiya fuqarosi qamaldi (video)

Kecha, 12 may kuni rossiyalik erkak samolyotda janjal ko‘tarib, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 15:40 lar atrofida Rossiya fuqarosi – 39 yoshli A.M. spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda Toshkent–Moskva yo‘nalishida uchishga tayyorgarlik ko‘rayotgan reys bortida janjal ko‘targan. U jamoat tartibini buzib, ekipaj a’zolarini haqorat qilgan. “Unga nisbatan

14 May 14:34
 
17
0
qalampir.uz

Samarqandda 10 kilodan ortiq marixuanani uyida saqlab kelgan shaxs ushlandi

Samarqandda 10 kg dan ortiq giyohvand moddani sotish uchun xonadonida saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.  DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilayotgan tadbirlardan birida 1975 yilda tug‘ilgan, Qo‘shrabot tumanida yashovchi fuqaro N.X.ning giyohvandlik vositalari noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi.  Viloya

14 May 14:34
 
11
0
qalampir.uz

Surxondaryoda yuz bergan YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi (video)

Surxondaryoda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 5 nafar shaxs halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.  Kecha, 12 may kuni soat 10:30 atrofida Sherobod tumanida 1965 yilda tug‘ilgan haydovchi D.Sh. Tracker-1 avtomashinasini boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan Zil yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan va yo‘l-transport hodisasi yuz