calendar 30 Jan 14:03
eye 84
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonda pensiya miqdori, murojaat va ish stajini belgilash bo‘yicha o‘zgarish bo‘lishi mumkin

image

Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi Ishchi guruh majlisida ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, qonun bilan "Ijara to‘g‘risida"gi qonunga ijarachining nogiron bo‘lib qolganligi ijara shartnomasini tugatish uchun asos bo‘lishini bekor qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi qonunga ham qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Xususan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tash davrida bajaradigan har qanday ishi, agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq to‘langan bo‘lsa, ushbu faoliyat turini pensiya olish huquqini beradigan ish staji toifasiga kiritish nazarda tutilyapti.

Qonunga kiritilayotgan yana bir yangilik – pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etish tartibi takomillashtirilib, fuqarolarning pensiya tayinlash uchun davlat xizmatlari markazlari yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish huquqi nazarda tutilyapti.

Shuningdek, pensiya miqdori rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
43
0
qalampir.uz

Dollar kursi ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 40,76 so‘mga oshdi va 12 625,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 10,21 so‘mga ko‘tarilib, 13 686,81 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 1,73 so‘mga oshib, 146,11 so‘mni tashkil etdi.

15 Jul 21:23
 
134
0
qalampir.uz

Namanganda MIB xodimlarini jarohatlagan fuqaro qamaldi

Namangan viloyatida Majburiy ijro byurosi xodimiga jarohat yetkazgan fuqaro 3 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, MIBning Chust tumani bo‘limi davlat ijrochilari fuqaro J.N.ning xonadoniga boshqa haqdor fuqaro foydasiga 42,1 million so‘m qarzdorlikni undirish maqsadida borgan. Qarzdor esa majburiyatini bajarish o‘rniga, davlat ijrochilari faoliyatiga keskin qarshilik ko‘rsatib, ularni haqoratlagan

26 Jul 10:21
 
40
0
xs.uz

Zangiota-2 shifoxonasi oʻrnida Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi

Unga muvofiq, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus Zangiota 2-son shifoxonasining boʻsh turgan bino va inshootlaridan samarali foydalanish hamda 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:Toshkent shahar hokimligining 'Toshkent' MFY Yangi aylanma yoʻli manzilida joylashgan Zangiota-2 shifoxonasi oʻrnida davlat byudjetidan moliyalasht

29 Jul 13:48
 
73
0
qalampir.uz

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, universitet hamda Diplomatik akademiyaning Kuzatuv kengashi 2024/2-qarori bilan 2024-2025 o‘quv yili bakalavriat va magistraturada shartnoma asosida o‘qitish to‘lov-shartnoma yangilangan miqdori tasdiqlangan. Yangilangan to‘lov-shartnoma miqdori quyidagicha belgilandi: 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 million 428 ming so