calendar 28 Jan 09:33
eye 80
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tomdi tumaniga yangi hokim tayinlandi

image

Bugun, 27 yanvar kuni Orzumurod Umarov Fayzullayevich Navoiy viloyatidagi Tomdi tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ishtirokida Tomdi tumani hokimligi  majlislar zalida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda bir qator tashkiliy masalalar yuzasidan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

Normat Tursunov yig‘ilishda Orzumurod Umarov tuman hokimi vazifasiga,  Jusipbek Karimboyev Kuanishevich esa tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganini e’lon qilgan.  

Ma’lumot uchun, bunga qadar Orzumurod Umarov Tomdi tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Tomdi tumanining oldingi hokimi Qayrat Aldabergenov ishdan olingandi. O‘shanda Orzumurod Umarov zimmasiga tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 17:48
 
59
0
qalampir.uz

Dollar kursi oshishda davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,96 so‘mga oshdi va 12 610,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa, aksincha, 53,26 so‘mga pastlab, 13 720,98 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli 0,22 so‘mga pastlab, 143,28 so‘mni tashkil etdi.

16 Jul 12:02
 
98
0
qalampir.uz

Abituriyentlarga darslikdan tashqari savollar tushyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda OTMga kirish testlarining ilk kunida huquq fanidan imtihonga kirgan abituriyentlarning testda darsliklarda mavjud bo‘lmagan ma’lumotlardan, xususan, kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligi haqidagi shikoyatlari tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bilimni baholash agentligi munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, Prezident qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda huquqshunoslik fanlaridan ham test topshiriqlari amaldagi DTS va o‘quv dasturlari asosida

19 Jul 10:44
 
56
0
xs.uz

Toshkentda hokimlik tomonidan qurilgan avtobus bekati 3 kun oʻtmay qulab tushdi

Maʼlum qilinishicha, ushbu bekat tuman hokimligi tomonidan 15-iyul kuni qurilgan. Hodisaga uning ustunlari yaxshi mustahkamlanmagani sabab boʻlgan.Qayd etilishicha, hodisa tunda sodir boʻlgani uchun hech bir fuqaro va yoʻlovchiga zarar yetmagan, hozirda masʼul xodimlar tomonidan bekatni qayta qurish ishlari olib borilmoqda. Fuqarolardan xavfsizlik choralarini koʻrgan holda maxsus avtobus yoʻlaklarida jamoat transportini kutishlari soʻraldi.Maʼlumot uchun, 2- va 5-avtobus saroyi tasarruf

15 Jul 12:03
 
57
0
qalampir.uz

OTMlarga kirish imtihonlari boshlandi

Bugun, 14 iyul kuni soat 8:00da 2024/2025 o‘quv yili uchun professional va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test imtihonlari boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi. Imtihonlar respublikaning 73 ta yopiq turdagi binolarida o‘tkaziladi. Joriy yilda 805 ming 688 nafar abituriyent testlarda ishtirok etadi. Imtihonlar 25 iyulgacha davom etadi. Test 14-25 iyul kunlari 2 smenada bo