calendar 26 Jan 22:11
eye 69
comments 0
comments Manba: xs.uz

Madaniy yutuqlarga xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar tufayli erishiladi

image
Koʻrgazma haqida gapirganda, institut ilk bor oʻz kolleksiyasining mutlaq durdonalarini taqdim etganini alohida taʼkidlash lozim. Koʻrgazmadan Ibn Sinoning 1258-yilda nusxa koʻchirilgan va YUNESKO qoʻlyozma merosi roʻyxatiga kiritilgan 'Tib qonunlari', Alisher Navoiyning hayotligida uning dastxati bilan tayyorlangan 'Gʻaroyib us-sigʻar' devoni, XVII asrga oid 'Boburnoma' va boshqa oʻnlab nodir asarlar joy oldi.

Tadbir doirasida Ozarbayjon tarix va sanʼat muzeylari, Gilam muzeyi va Qoʻlyozmalar institutiga 'Oʻzbekiston madaniy merosi' turkumidagi 50 jildli suratlarga boy kitob-albomlar topshirildi.

Ozarbayjonda oʻtgan Oʻzbekiston fan va madaniyati kunlari barchamizga gʻurur va iftixor bagʻishladi. Zero, bu madaniy tadbirlar xalqlarimizni bir-biriga yanada yaqinlashtiradigan, qardoshlik rishtalarini mustahkamlaydigan vositadir.

Ozarbayjon va Oʻzbekiston ' tili, anʼana va urf-odatlari jihatidan bir-biriga juda yaqin davlatlar. Bugungi kunda ikki davlat rahbarlari Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi, oʻzaro doʻstligi tufayli siyosiy, iqtisodiy, fan, taʼlim, madaniyat sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlari chuqurlashib bormoqda, mamlakatlarimiz oʻrtasida tobora koʻproq qoʻshma loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Fan va madaniyat kunlari tufayli biz oʻzbek madaniyati, sanʼati xazinalari, jumladan, qoʻlyozma merosi, olimlar, shoirlar, madaniyat arboblarining arab, fors va oʻzbek tillaridagi asarlari qoʻlyozma nusxalari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻldik. Bunday yaqin ilmiy, madaniy va doʻstona aloqalar Oʻzbekistonning boy madaniy merosini nafaqat ozarbayjon xalqiga, balki butun dunyoga tanitishga xizmat qiladi.

Bugun madaniyat sohasidagi hamkorligimiz gurkirab rivoj topmoqda. Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniyatlararo muloqot shakli va mazmuni jihatidan turli tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Bular ' festivallar, koʻrgazma, konferensiyalar va hokazo almashinuvlar.

Xalqlarimiz madaniyati noyob va oʻziga xosdir. Madaniyatlar muloqotida bir-birini oʻzaro tushunish muhim omil. Bunda esa yakdillik, mushtaraklik va oʻziga xoslik muhim oʻrin tutadi. Hamkorlik dasturi tufayli ikki davlat fuqarolarining Oʻzbekiston va Ozarbayjon anʼanalari, boy va oʻziga xos madaniyati, ajoyib diqqatga sazovor maskanlari, tarixiy, meʼmoriy qadamjolari hamda noyob tabiiy yodgorliklari bilan tanishish imkoniyatlarining koʻlami sezilarli darajada kengaymoqda. Tarix shuni tasdiqlamoqdaki, madaniy muvaffaqiyatlar xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar tufayli tarqaladi. Biz doʻstligimiz yanada mustahkamlanishiga, qardoshlik munosabatlarimizning abadiyligiga ishonamiz.

Aytmoqchimanki, ozarbayjon va oʻzbekning tili, dini, ildizlari, qoni bir. Bu yurtning Imom Termiziy, Imom Buxoriy, Moturidiy, Ibn Sino, Beruniy, Navoiy kabi daholari bizning ham bobomiz. Oʻzbekiston va Ozarbayjon tarixi bu ' millatlarimiz tarixi. Uni ikki doʻst millat vakillari yaxshi bilamiz. Yosh avlod ongu shuuriga bu tarixni, mushtarak madaniyatni yanada chuqur singdirish ham bizning vazifamiz. Mustahkamlanib borayotgan oʻzaro hamkorlik aloqalarimiz shu maqsadga erishishimizda oʻz samarasini berishiga umid qilaman.

Oʻzbekiston turkiy tilli davlatlar orasida bizga eng yaqin davlat hisoblanadi. Chunonchi, oʻzbek va ozarbayjon xalqlarining madaniyati umuminsoniy qadriyatlarga tayanadi. Insonparvarlik, adolat, anʼanalarga sadoqat, bagʻrikenglik, taraqqiyot va farovonlikka intilish. Mentalitetlarimiz ham oʻxshash. Oiladagi munosabat, onaga, Vatanga muhabbat, jamiyat oldida qarzdorlik hissi bir xil. Oʻylashimcha, kelajak avlod farovonligi yoʻlida ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash va kengaytirishimiz kerak. Xalqlarimiz bir-biri haqida koʻproq bilishlari uchun qoʻlimizdan kelganini qilamiz. Buni asosiy vazifa sifatida koʻrib, bu xayrli ish yoʻlida bor kuchimizni beramiz.

Xalqlarimizning mushtarak yodgorligi hisoblanmish, 'Avesto' kitobi, shuningdek, xalq ogʻzaki ijodining oʻlmas durdonalari sanalgan 'Goʻroʻgʻli', 'Oshiq Gʻarib', 'Dada Qoʻrqut' dostonlari azaliy qardoshlik, doʻstlik va birodarlikning yorqin isbotidir. Oʻzbek musiqasining gultoji sanalgan nodir maqomlar va betakror Ozarbayjon mugʻomlari orasidagi hamohanglik har ikki xalq oʻrtasidagi yaqinlikni oʻzida ifodalaydi.

Azaliy aloqalar haqida gap ketganda, mumtoz adabiyotimiz xususida toʻxtalmay ilojimiz yoʻq. Nazm mulkining sultoni Hazrat Mir Alisher Navoiy buyuk Sharq mutafakkirlaridan biri Nizomiy Ganjaviyni oʻz ustozlaridan biri sifatida eʼtirof etgan. Ulugʻ shoir 'Farhod va Shirin'da yozadi:

...Эмас oson bu maydon ichra turmoq,

Nizomiy panjasiga panja urmoq.

Shuningdek, Navoiy hazratlari Qosim Anvor, Nasimiy singari ozar adabiyotining yetuk namoyandalari ijodiga yuksak hurmat ila yondashgan. Oʻz navbatida, ozar mumtoz adabiyotining yana bir atoqli vakili Muhammad Fuzuliy hazrat Navoiyning izdoshlaridan sanaladi. Fuzuliyning koʻpgina gʻazallarida navoiyona ohang, hassoslik va ziyraklik koʻzga tashlanadi.

Keyingi yillarda Ozarbayjonda oʻzbek tili va adabiyotiga, xususan, Alisher Navoiy ijodiga qiziqish yanada ortdi. Bu yoʻnalishda Oʻzbekiston Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi, Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi, Yozuvchilar birligi, 'Ozarbayjon ' Oʻzbekiston' doʻstlik jamiyati va boshqa tashkilotlar hamkorligida qator tadbirlar oʻtkazildi.

2004-yil mart oyida Toshkentning soʻlim maskanlaridan birida ulugʻ mutafakkir Nizomiy Ganjaviy haykali ochildi. 2008-yilning sentyabr oyida Boku shahrida ulugʻ mutafakkir Mir Alisher Navoiy haykali oʻrnatildi. Bokuning markaziy koʻchalaridan biriga falakiyot ilmining buyuk namoyandasi Mirzo Ulugʻbek nomi berildi.

Oʻzbek xalqining biz ozarlarga boʻlgan ehtiromini juda koʻp misollar yordamida isbotlash mumkin. Bugungi kunda Oʻzbekistondagi koʻplab koʻcha va xiyobonlar, madaniy maʼrifiy muassasalar Ozarbayjon xalqining buyuk farzandlari nomi bilan atalishi bizga masrurlik bagʻishlaydi. Xususan, Toshkentdagi koʻchalardan biriga ozar xalqining umummilliy lideri Haydar Aliyevning nomi berilgan. Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatayotgan Ozarbayjon milliy madaniyat markazi binosi oldida buyuk davlat va siyosat arbobiga yodgorlik oʻrnatilgan.

Qadim-qadimdan sheʼriyatga, adabiyotga oshufta boʻlgan ajdodlarimiz Navoiyni ham, Fuzuliyni ham, Nasimiy va Mashrabni ham bir xil muhabbat, ehtirom ila eʼzozlab, mutolaa qilib kelganlar, har ikki xalqqa mansub hassos shoirlar yaratgan bebaho durdonalar tarjimasiz tushunilgan. Bugungi kunda ham Fuzuliy, Nasimiy sheʼrlari asosida aytiladigan oʻzbek qoʻshiqlari, Alisher Navoiy gʻazallariga bastalangan ozar taronalari musiqa shaydolarining koʻngil mulkiga aylanib ulgurgan.

Oʻtgan asrda ham har ikki xalq, ikki millat oʻrtasidagi har tomonlama aloqalar koʻlami kengaydi. Bu esa XX asrdagi adabiyotimizning yetuk namoyandalari ijodida alohida oʻrin tutgani ham ayni haqiqat. Gʻafur Gʻulom, Maqsud Shayxzoda, Abdulla Qahhor, Samad Vurgʻun, Mirza Ibrohimov singari adiblar ana shu azaliy doʻstlikni oʻz asarlarida tarannum etganlar.

Ozarbayjon kinoustalari tomonidan yaratilgan 'Arshin mol-olon', 'Qaynona', 'Ahmad qayerda?' singari oʻlmas filmlarni oʻzbek tomoshabinlari bugun ham ayricha zavq-shavq ila tomosha qilishadi. 'Tohir va Zuhra', Toshkent ' non shahri', 'Sen yetim emassan', 'Toʻylar muborak' kabi oʻzbek kinoasarlari ozarbayjonlik tomoshabinlar uchun ham qadrdon boʻlib qolgan.

Oldimizda ilm, fan, texnika, yuksak texnologiyalar kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirishdek ulkan vazifalar turibdi. Buning uchun ishga solinmagan imkoniyatlar koʻp. Bizningcha, ilm-fan, taʼlim sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirish vaqti keldi. Bundan barchamiz yutamiz.

Ozarbayjon va Oʻzbekiston munosabatlari oʻzining sermahsulligi bilan ajralib turadi. 2023-yilning oʻzida davlatlarimiz rahbarlari ' Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyev toʻrt marotaba uchrashdi. Oʻzbekiston Prezidenti uch marta Bokuga tashrif buyurgan boʻlsa, mamlakatimiz yetakchisi Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Toshkentda oʻtkazilgan sammitiga tashrif buyurdi. Oʻzbekiston Prezidentining 2023-yil 22-23-avgust kunlari Ozarbayjonga tashrifini tarixiy deb atagan boʻlardim. Prezidentlar Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida Oliy davlatlararo kengash tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladi.

Oʻzbekiston yetakchisining Fuzuliy va Shusha shaharlariga tashrifi xalqimiz koʻnglini togʻdek koʻtardi. Chunki Fuzuliy shahrida 960 nafar oʻquvchiga moʻljallangan zamonaviy maktab qurilishi Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusining amaliy ifodasi boʻldi. Mirzo Ulugʻbek nomi bilan atalgan yangi maktab xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish, oʻsib kelayotgan ozarbayjonlik oʻgʻil-qizlarni Oʻzbekistonning boy tarixi va madaniyatiga, buyuk ajdodlarimizning merosiga oshno qilishga xizmat qiladi.

Soʻzim yakunida Oʻzbekiston va Ozarbayjon parlamentlari oʻrtasida yaqin va koʻp qirrali sheriklik yoʻlga qoʻyilganini ham alohida taʼkidlamoqchiman. 2022-yilning aprelida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv imzolangani ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlarining tizimli aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilyapti.

Parlamentlararo hamkorlik izchil rivojlanayotgani, ikki davlat qonun chiqaruvchi organlarida doʻstlik guruhlari faoliyat koʻrsatayotganligini ham alohida taʼkidlash joiz. Biz, deputatlar oldida yuqori darajadagi ikki tomonlama kelishuvlarning amalga oshirilishini, jumladan, parlamentlarning savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar hamda boshqa sohalardagi qoʻshma loyihalarni huquqiy jihatdan taʼminlash boʻyicha oʻzaro hamkorlikni chuqurlashtirish vazifasi turibdi.

Umuman, xalqlarimizni birlashtirib turgan yaqinlik, doʻstlik va hamjihatlik naqadar qadimiy boʻlsa, oʻtkazilayotgan madaniy-gumanitar tadbirlar orqali uning istiqboli ham shu qadar boqiyligi taʼminlanadi.

Fozil MUSTAFO,

Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi

Madaniyat qoʻmitasi raisi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Jul 10:46
 
23
0
xs.uz

Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari eʼlon qilindi

Maʼlum qilinishicha, 7-iyul kuni oʻtkazilgan 1-bosqich imtihon natijalarini Kembrij taʼlim tashkiloti rejalashtirilgan vaqtdan oldinroq eʼlon qildi. Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali koʻrish mumkin: presidential-schools-pre-selection-results-July-2024Shuningdek, 'portal.piima.uz' saytining 'Qabul 2024' boʻlimi 'Natijalar' oynasidan 'Prezident maktabi natijalari' boʻlimida ID raqamni kiritish orqali ham natijalarni b

22 Jul 18:27
 
27
0
qalampir.uz

Dollarning rasmiy kursi pastladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 17,00 so‘mga pastladi va 12 593,04 so‘mni tashkil qildi. Shu bilan birga, Yevro kursi ham 4,64 so‘mga arzonlab, 13 716,34 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa, aksincha, 0,54 so‘mga yuqorilab, 143,82 so‘mni tashkil etdi.

20 Jul 13:08
 
45
0
xs.uz

Qashqadaryoda boshqaruvni yoʻqotgan “Labo” haydovchisi halok boʻldi

Maʼlum boʻlishicha, 2024-yil 10-iyul kuni 'Labo' Qarshi shahri Jayxun koʻchasida ketayotganida yon koʻchadan Lacetti uning yoʻliga chiqqan. 'Labo' haydovchisi toʻqnashuvdan qochish uchun rulni burib yuborgani tufayli boshqaruvni yoʻqotgan.Shundan soʻng, yoʻl oʻrtasidagi beton toʻsiqdan oshib oʻtib, qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan 'Nexia-3' bilan toʻqnashgan. Ogʻir tan jarohatlari olgan 'Labo' haydovchisi shifoxonada koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.Qayd

15 Jul 12:03
 
43
0
xs.uz

Tanzila Norboyeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan muzokara oʻtkazdi

Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollari va mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida ikki davlat rahbarlarining munosabatlari oʻziga xos ' doʻstona, oʻzaro ishonchga asoslangani, mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalar har tomonlama strategik sheriklik xarakteriga ega ekani alohida qayd etildi.Muloqot chogʻida iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish yuzasidan ham fikr almashildi.Oʻzbekiston va Rossiya oʻrta