calendar 26 Jan 13:53
eye 62
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqmoqchi – OAV 

image

Vashington Amerika qo‘shinlarini Suriyadan to‘liq olib chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Davlat departamenti va Pentagondagi manbalarga tayanib, “Foreign Policy” jurnali xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oq uy AQSHning Suriyadagi missiyasidan endi manfaatdor emas, uni “keraksiz” deb hisoblaydi va endi unga mablag‘ ajratmayapti. 

“G‘azo sektoridagi voqealar munosabati bilan Yaqin Sharqdagi keskinlik avjiga chiqdi”, deb yozadi nashr.

Manbaga ko‘ra, mintaqaviy inqiroz sharoitida Bayden ma’muriyati Yaqin Sharqdagi harbiy ustuvorliklarini qayta ko‘rib chiqmoqda. Amerika ma’muriyatida qo‘shinlar qachon va qanday olib chiqilishi mumkinligi haqida munozaralar davom etmoqda, ammo yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Keyinroq Oq uy “Al Arabiya” telekanaliga bergan izohida bu ma’lumotni rad etdi.
Mintaqadagi asosiy o‘yinchilardan biri Turkiya esa Amerika qo‘shinlarining Suriyadan olib chiqish rejalari haqidagi xabarlarga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. “Hürriyet” gazetasining yozishicha, Anqara AQSHning nafaqat Suriyadan, balki butun Yaqin Sharqdan ham chiqib ketishga intilish tendensiyasini ko‘rmoqda.

“Rasmiy bayonotlar va aniq qadamlar ko‘rmasdan AQSHning mintaqadan qo‘shinlarini olib chiqish rejalari haqidagi xabarlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak”, deb yozadi turk nashri respublika Mudofaa vazirligidagi manbalariga tayanib.

Unga ko‘ra, AQSH Isroil va Eron tomonidan Yaqin Sharq “botqog‘iga tortilganini”, ayniqsa, G‘azoga hujumidan keyin Isroilga so‘zsiz yordam berib, tuzoqqa tushib qolganini anglagan.

“Bu jarayon Qizil dengizdan Pokistongacha bo‘lgan hududga tarqala boshladi. Shu munosabat bilan AQSH muammoga yechim izlay boshladi”, deb yozadi gazeta sharhlovchisi Abdulqodir Selvi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 12:42
 
96
0
qalampir.uz

Tojikistonda go‘sht narxi qimmatladi

Tojikiston aholisining mol va qo‘y go‘shtiga ehtiyoji go‘sht narxining yuqorilashiga sabab bo‘ldi. Bu haqda respublika qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Nigora Anvariy ma’lum qildi. Qayd etilishicha, vazir o‘rinbosari shu xususida matbuot anjumani o‘tkazib, go‘sht narxi mamlakatda qimmatlagani sababini tushuntirgan. “Hozir biz aholini 99,9 foiz go‘sht bilan ta’minlayapmiz, lekin uning narxi tushmayotganining sababi bozor talabining oshishi va xorijdan ozu

24 Aug 17:27
 
12
0
xs.uz

Kurskdagi Rossiyaning muvaffaqiyatsizliklarda asosiy aybdor kim?

Rossiyaning yuqori martabali generali, general-polkovnik Aleksandr Lapin Rossiyaning Kurskdagi muvaffaqiyatsizligiga asosiy aybdor sifatida koʻrilmoqda. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar bergan.Maʼlum boʻlishicha, Lapin avval ham urush harakatlariga munosabati uchun tanqidga uchragan edi. Hozirda esa rus harbiylari orasida general-polkovnik Aleksandr Lapinning kelajakdagi taqdiri muhokamalar markazida boʻlib turibdi.Qayd etish kerakki, 2022-yilgi 'Liman chekinishi'dagi roli uchun tanqid qilin

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

Ukraina o‘z raketalarini yaratishga yaqinlashmoqda – Zelenskiy

 Ukraina uzoq masofali raketalarini yaratish va ishlab chiqarishda muvaffaqiyatga erishmoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi. "Raketa dasturimiz yaxshi dinamikaga ega. Bu qiyin vazifa bo‘lsa-da, asta-sekin o‘z raketalarimizdan foydalanish qobiliyatiga yaqinlashmoqdamiz", deydi Vladimir Zelenskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hamkorlardan yordam olish bilan bir qatorda, “barcha vositalar va bor kuchi bilan Rossiya qo‘shin

26 Jul 10:19
 
47
0
qalampir.uz

Rossiyada YouTube tezligi 70 foizga sekinlashishi mumkin

Rossiyada YouTube videoxostingining yuklanish tezligi 40 foizga, keyingi hafta oxiriga kelib esa 70 foizga tushishi mumkin. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi rahbari, deputat Aleksandr Xinshteyn o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Deputatning yozishicha, mamlakat rasmiylari platformaning ishlash tezligini sun’iy ravishda sekinlashtira boshlagan. “Yaqin kunlarda YouTube'ning kompyuterlarda foydalanganda yuklab olish tezligi 40 foizga, key