calendar 25 Jan 17:56
eye 70
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

NATO 36 yil ichida eng yirik harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda

image

NATO 24 yanvar kuni Steadfast Defender-24 mashqlarini boshladi. Bu Shimoliy Atlantika alyansining 1988 yildan buyon eng yirik harbiy mashg‘ulotlari bo‘ladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Steadfast Defender-24 AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Gunston Hall amfibiya hujum kemasining Virjiniya shtatining Norfolk portidan jo‘nab ketishi bilan boshlandi, keyinchalik u Atlantika okeani bo‘ylab suzib o‘tadi. Bu mashqdagi birinchi taktik manyovrdir.

Yanvar oyi oxirigacha Kanada harbiy-dengiz kuchlarining Charlottetown kemasi Galifaks portidan Yevropaga suzib ketadigan mashg‘ulotlarga qo‘shiladi.

"Steadfast Defender-24 bizning birligimiz, kuchimiz va bir-birimizni, qadriyatlarimiz va qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni himoya qilish uchun qat’iyatliligimizning yorqin namoyishi bo‘ladi", deya izohladi Ittifoqdosh kuchlarning Yevropadagi Oliy qo‘mondoni, general Kristofer Kavoli.

Rejada bir necha yil davom etgan Steadfast Defender-24 mashqi NATOning Yevropa mudofaasini mustahkamlash uchun Shimoliy Amerika va Ittifoqning boshqa qismlaridan kuchlarni tezlik bilan joylashtirish qobiliyatini namoyish etadi.

Mashqlar davomida NATO, ehtimol, Rossiyadan bo‘lgan hujumga javob berish uchun mudofaa rejalarini amalga oshirishni mashq qiladi. NATO o‘z bayonotida Rossiya Federatsiyasini tilga olmagan.

“Biroq alyansning asosiy strategik hujjatida Rossiya NATO a’zolari xavfsizligiga eng muhim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid deb ataladi”, deb yozadi nashr.

Mashg‘ulotlarda 90 mingga yaqin harbiy xizmatchi, harbiy-dengiz kuchlarining 50 ta kemasi, 80 ta samolyot va 1100 dan ortiq jangovar texnika ishtirok etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
26
0
xs.uz

“Qiyomat kuni” soati millari oldinga surildi

Global tahdidlar darajasini ifodalovchi 'Qiyomat kuni' soati millari 'yadroviy tun' boshlanishiga 89 soniya (23:58:31) qolganini koʻrsatmoqda. Yangilangan soat taqdimoti 28-yanvar kuni tashkilotning 'Bulletin of the Atomic Scientists' jurnali tomonidan efirga uzatildi.Amerika jurnali ushbu soat orqali 1947-yildan buyon har yili yadroviy xavfsizlik, iqlim oʻzgarishlari, texnologiyalar taraqqiyoti va biologik tahdidlar bilan bogʻliq xatarlardan ogohlantirib keladi. Soat millarini oʻzgartirish

27 Jan 00:54
 
31
0
xs.uz

1,2 million odam, Qishki Olimpiada va millionlab yovvoyi qushlarning hayoti xavf ostida!

2022-yilda Buyuk Shoʻr koʻli oʻz tarixidagi eng past sathga tushib, iqtisodiy, ekologik va jamoat sogʻligʻi uchun jiddiy tahdidlar yaratgandi. Janubiy yarimsharning eng yirik shoʻr suvli havzasi boʻlgan mazkur koʻlning qisqarishi Portlend davlat universiteti tadqiqotchilari tomonidan ilmiy asoslangan maʼlumotlar bilan oʻrganildi. Ushbu tadqiqot koʻl sathining pasayishiga daryo oqimining kamayishi va iqlim isishi tufayli bugʻlanishning kuchayishi asosiy sabab boʻlganini koʻrsatdi.Bu

31 Jan 15:22
 
20
0
xs.uz

Trampning bosimi Daniyaning mudofaa xarajatlarini oshirishiga sabab boʻldi

Kopengagen mudofaa xarajatlarini oshirib, ittifoqchilari bilan muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, Daniya Arktika va Shimoliy Atlantika mintaqasida harbiy ishtirokini kuchaytirish rejalarini oshkor qilgan.Mamlakat dushanba kuni xavfsizlik uchun qoʻshimcha 2 milliard AQSH dollaridan koʻproq mablagʻ ajratishni eʼlon qildi. Bu islohot Yevropa davlati AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazoratni topshirish talabiga qarshilik koʻrsatayotgan bir paytda eʼlon qilindi.'Yevropa

27 Jan 00:54
 
25
0
xs.uz

Tolibon rahbariyatini qoʻlga olish uchun Bin Ladenga eʼlon qilgandan koʻra koʻproq mukofot puli ajratamiz — AQSH davlat kotibi

AQSH Tolibonning yuqori martabali rahbarlarini qoʻlga olish uchun Usama bin Laden uchun belgilangandan kattaroq mukofot eʼlon qilishi mumkin, deb xabar bermoqda 'Newsweek' nashri.Maʼlumotlarga koʻra, Tolibon garovda ushlab turgan amerikaliklarning soni avval xabar qilingandan koʻproq boʻlishi mumkin. Agar bu maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topsa AQSH Tolibon rahbariyatini qoʻlga olish uchun katta miqdordagi mukofot puli berishini eʼlon qilgan.Taʼkidlanishicha, Tolibon hukumati 2022-yilnin