“Al-Nasr” o‘zining asosiy yulduzi Krishtianu Ronalduning jarohati tufayli Xitoydagi turneni boshqa muddatga qoldirishga qaror qildi.
Tarmoqlarda xitoylik futbol ishqibozlari portugaliyalik futbolchining o‘yinini ko‘ra olmaganidan xafa bo‘lganini bildirdi. O‘yinlar bekor qilingani e’lon qilinganidan keyin Ronaldu xitoylik muxlislarga murojaat qilib, bir necha iliq so‘zlarni aytdi.
“Men bu mamlakatni yaxshi ko‘raman. Siz uchun o‘ynashni xohlayman. Iltimos, xafa bo‘lmang, chunki men ham xafaman”, deydi Ronaldu.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu oyoq mushaklarida jarohat bor. 38 yoshli hujumchi qachon to‘liq jarohatidan forig‘ bo‘lishi hozircha noma’lum.