calendar 24 Jan 16:03
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mashhur futbolchilar Saudiyaga ketayotganidan ajablanmayman – Cheferin

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) prezidenti Aleksander Cheferin Yevropa va Saudiya futboli o‘rtasidagi farq haqida gapirdi.

“Yevropa futboli juda kuchli ildizlarga ega. U madaniyat va tariximizning bir qismidir. Buni sotib bo‘lmaydi. Futbolchilar Saudiya Arabistoniga bormoqda, chunki u yerda foydali shartnomalar mavjud. Men bundan ajablanmayman. Agar ular karerasini yakunlash arafasida bo‘lsalar, ehtimol bu ular uchun yangi sarguzasht va ko‘p pul topish yo‘li hisoblanadi. Men futbolchilarni Saudiyaga yo‘l olayotgani uchun ayblamoqchi ham emasman”, deydi Cheferin.

Ma’lumot uchun, hozirda Saudiya Arabistonida Krishtianu Ronaldu, Riyod Mahrez, Malkom, Neymar, Eduard Mendi, Fabino, Sadio Mane, Emerik Lyaport, Marselo Brozovich, Aleks Telles, Yannik Karrasko, Aleksandr Mitrovich, Kalidu Kulibali, Ruben Nevesh, Jordan Henderson, Jorjino Veynaldum va bosh bir qator yulduz futbolchilar to‘p tepmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 14:56
 
56
0
xs.uz

Murodjon Yoʻldoshev qozogʻistonlik dzyudochini magʻlub etdi. Navbatdagi raqib kim boʻladi?

Unda ishtirok etayotgan dzyudochimiz jahon chempionati sovrindori Murodjon Yoʻldoshev -73 kggacha boʻlgan vaznda qozogʻistonlik Daniyar Shamshayevni magʻlub etdi.Shu tariqa keyingi bosqichga yoʻl olgan sportchimizga AQSHlik taniqli sportchi Jek Yonezuka yoki moldovalik Adil Osmanov raqiblik qiladi.Avvalroq, dzyudochi Shukurjon Aminova afrikalik sportchini magʻlub etib keyingi bosqichga chiqqanligi haqida maʼlum qilingandi.

26 Jul 10:19
 
31
0
qalampir.uz

Makron bilan ko‘rishgan o‘zbekistonlik murabbiy bokschilarning imkoniyatini yuqori baholadi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiyaning Nansi shahridagi mashg‘ulotlarni yakunlab, hozirda Parijda Olimpiada bahslari uchun adaptatsiya jarayonlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda terma jamoa murabbiyi Farrux Qilichev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. “Nansidagi ikki haftalik mashg‘ulotimiz tugadi. Bokschilar bahslarga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rdi. 5 yildan buyon mana shu jamoaga murabbiylik qilyapman. Bungacha hech qachon bolalar bugungidek yaxshi formada bo

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. “Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida. Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit ya