calendar 23 Jan 19:04
eye 76
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Real” muxlislari Kepani jiddiy tanqid qildi

image

Joriy yilning 21 yanvar kunida Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 21-turi doirasida o‘z maydonida “Almeriya“ni mag‘lub etdi. Uchrashuv 3:2 hisobida yakunlandi.

Darvozabon Kepa Arrizabalaga o‘yin davomida birorta ham seyvni amalga oshira olmadi, shu bois u “Real Madrid” muxlislari tomonidan izohlarda juda ko‘p tanqidlarga uchradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda posbonga qarata “Darvozaga qo‘yilgan qo‘g‘irchoq Kepadan ko‘ra foydaliroq bo‘lardi”, “Men Kepadan nafratlanaman”,  “Kepani tanaffusda “Chelsi”ga qaytaring” va shunga o‘xshash fikrlar bildirilgan.

Kepa 2023 yil avgustida mavsum oxirigacha ijara asosida “Chelsi”dan “Real”ga o‘tgan. 29 yoshli ispaniyalik darvozabonning transferi “qaymoqranglilar”ning asosiy darvozaboni Tibo Kurtuaning jiddiy jarohati bilan bog‘liq edi.

Joriy mavsumda Kepa 18 ta o‘yinda maydonga tushdi, shulardan 7 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, qolganlarida esa 18 ta gol o‘tkazib yubordi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 14:56
 
56
0
xs.uz

Murodjon Yoʻldoshev qozogʻistonlik dzyudochini magʻlub etdi. Navbatdagi raqib kim boʻladi?

Unda ishtirok etayotgan dzyudochimiz jahon chempionati sovrindori Murodjon Yoʻldoshev -73 kggacha boʻlgan vaznda qozogʻistonlik Daniyar Shamshayevni magʻlub etdi.Shu tariqa keyingi bosqichga yoʻl olgan sportchimizga AQSHlik taniqli sportchi Jek Yonezuka yoki moldovalik Adil Osmanov raqiblik qiladi.Avvalroq, dzyudochi Shukurjon Aminova afrikalik sportchini magʻlub etib keyingi bosqichga chiqqanligi haqida maʼlum qilingandi.

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. “Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida. Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit ya

11 Jul 15:12
 
153
0
xs.uz

Ispaniya 1984-yilgi final uchun «qasos» oladimi?

Bugun futbol boʻyicha Yevropa chempionatining birinchi yarim finali bahsi oʻtkaziladi. Unda Ispaniya va Fransiya terma jamoalari oʻzaro bellashadi.Ushbu jamoalar shu paytgacha 36 bor oʻzaro toʻqnashgan. Oʻzaro oʻyinlarning 26 tasida Ispaniya terma jamoasi gʻalaba qozongan. Ularning 26 tasi oʻrtoqlik uchrashuvlari boʻlib, bahslarning 14 tasida Ispaniya, 7 tasida Fransiya gʻalaba qozongan. Besh bahsda gʻolib nomi aniqlanmagan. Toʻplar nisbati 54/23 Ispaniya foydasida.Mazkur jamoalar r