calendar 18 Jan 19:00
eye 56
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Turkiya Pokiston va Eron o‘rtasida vositachilik qilishga tayyor

image

Rasmiy Anqara Pokiston va Eron o‘rtasida vositachilik qilishni taklif qildi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Unda Turkiya Tehron va Islomobod o‘rtasidagi keskinlikdan xavotirda ekani qayd etilgan.

“Biz bu muammoni BMT tamoyillari asosida, mamlakatlar hududiy yaxlitligi va suverenitetini hurmat qilish asosida hal etish muhim deb hisoblaymiz. Turkiya mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka ko‘proq tahdid solmasdan, masalani muloqot va hamkorlik asosida hal qilishni istaydi”, deyiladi bayonotda.

Rasmiy Anqara tomonlarni muloqotga chaqirib, Turkiya o‘z tajribasini baham ko‘rishga va o‘zaro kelishuv jarayoniga hissa qo‘shishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan eronlik mavqedoshi Husayn Amir Abdullohiyon va Pokiston Tashqi ishlar vaziri Jalil Abbos Jiloniy bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Hoqon Fidan bugun Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Ayman Safadi bilan Ummonda o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘zlagan nutqida Anqara 2 kundan beri tomonlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni xavotir bilan kuzatayotganini aytgan.

“Hamkasblarim menga urushdan manfaatdor emasliklarini aytishdi. Shunday deb umid qilaman va barqarorlik uchun o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz”, degan vazir.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Pokistonda joylashgan “Jaysh al-Adl” guruhiga hujum qilgan edi. 17 yanvar kuni Pokiston bunga javoban Tehrondan o‘z elchisini chaqirib oldi va Eronga hujum qildi. Natijada 9 kishi halok bo‘ldi. Pokiston qurolli kuchlari yuqori shay holatga keltirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Jul 20:17
 
70
0
qalampir.uz

Rossiyada deportatsiya qilingan migrantlarni hibsda saqlash muddati belgilanmoqda 

Migrantlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiyadan deportatsiya qilinganda ular maxsus muassasalarda ikki kundan ortiq bo‘lmagan muddat saqlanadi. Bu bo‘yicha qonun loyihasini Rossiya Davlat Dumasi joriy yilning 18 iyul kuni birinchi o‘qishda ma’qulladi.  O‘zgartirishlar kiritilgan “Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga asosan chet ellik fuqarolar hamda migrantlar mamlakat hududidan chiqarib yuborilish

26 Jul 10:21
 
45
0
xs.uz

Rus armiyasida oʻzgarish, Netanyahuning dushmanlari va Kongressdagi nutqi (+video)

Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladiJo Bayden prezidentlik poygasidan chiqqanidan buyon birinchi marta nutq soʻzladi. U oʻzi erishgan yutuqlar, kamtarligi haqida gapirgan.'Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli' dedi Qoʻshma Shtatlar

11 Jul 10:00
 
59
0
qalampir.uz

Xitoy bojxonasida shimiga 100 dan ortiq ilon yashirgan erkak ushlandi (video)

Xitoy bojxonachilari 100 dan ortiq kam uchraydigan ilonni shimining ichiga solib kelayotgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda “The Economic Times” xabar berdi.   Mazkur shaxs Gonkong va Shenchjen o‘rtasidagi nazorat o‘tkazish punktida o‘z harakatlari bilan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarida shubha uyg‘otgach, darhol to‘xtatilgan. “Erkak shimida 104 ta tirik ilonni kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tayotganida ushlandi. Shimning ichidagi oltita

26 Jul 10:19
 
26
0
qalampir.uz

Eronning sobiq prezidentiga suiqasd uyushtirildi

Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajodga nisbatan joriy yilning 15 iyul kuni suiqasd uyushtirilgani va u muvaffaqiyatsiz tugagani haqida xabarlar ochiqlandi. Bu haqda “Iran International” ma’lum qildi. Shu kuni kechqurun Ahmadinajod va uning hamrohlari Muharram diniy motam marosimi uchun Zanjon shahriga yo‘l olgan. Sobiq prezidentning bosh xavfsizlik xodimi Ahmadinajodning asosiy avtomobili – Toyota Land Cruiser'ni ko‘zdan kechirgan va hali ham ishlamay qolga