calendar 18 Jan 17:25
eye 73
comments 0
comments Manba: xs.uz

Joriy yil Respublika koʻz mikroxirurgiyasi markazida simulyatsiya markazi tashkil etiladi

image
Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ana shunday murakkab operatsiyalarni oʻtkazish borasida yurtimizdagi yetakchi tibbiyot muassasasi hisoblanadi.

Bugungi kunda shifoxonada 14 ta boʻlim boʻlib, 95 oʻringa moʻljallangan. Markazda oftalmologiyaning barcha yoʻnalishlari boʻyicha 63 nafar malakali mutaxassis faoliyat koʻrsatadi.

' Yaqin yillargacha yurtimizda oftalmologiya sohasida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazishning imkoni yoʻq edi, ' deydi markaz direktori Azamat Yusupov. ' Shu sababli aksariyat bemorlar davolanish uchun xorij davlatlariga borishga majbur edi.

Bugun esa vaziyat boshqacha. Yurtimizda tibbiyot yoʻnalishida islohotlarning yangi davri boshlangach, eng soʻnggi va murakkab davolash va diagnostika usullarining barchasi amaliyotga tatbiq qilindi.

Ayni paytda markazda optik kogerent tomografiya va angiografiya, elektroretinografiya, ultratovushli biomikroskop, fluressentli angiografiya uchun fundus kamera, femtosoniyali lazer, bir necha turdagi fakoemulsifiaktorlar kabi 60 dan ortiq zamonaviy tekshiruv va davolash uskunalari mavjud.

Oʻtgan 2023-yil muassasada jami 16 ming 331 ta jarrohlik operatsiyasi oʻtkazilib, ularning 54 foizini yuqori texnologik amaliyotlar tashkil etdi.

Shuningdek, markazda kasalliklar profilaktikasi va ularni davolashning yangi usullarini joriy etish maqsadida xorijiy mutaxassislar ishtirokida doimiy seminar treninglar tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Hindiston, Germaniya, Ozarbayjon kabi qator davlatlar bilan kadrlar malakasini oshirish, birgalikda mahorat darslari va jarrohlik amaliyotlarini muntazam oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan. Oʻtgan yil markazning 12 nafar mutaxassisi xorijiy mamlakatlarda malaka oshirib qaytdi.

Joriy yil muassasada yangi simulyatsiya markazini tashkil etish rejalashtirilgan. Natijada 'Katarakta fakoemulsifikatsiya', 'Nostandart holatlarda kataraktada fakoemulsifikatsiya', 'Keratorefraksion lazer jarrohligi' va 'Glaukomani zamonaviy tashxislash va davolash usullari' dasturlari boʻyicha mutaxassislarni oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
34
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistondagi ikkita oliy taʼlim muassasasi oʻz faoliyatini tugatadi, ammo…

Prezidentning 'Nukus davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida'gi qaroriga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasida yangi Nukus davlat texnika universiteti faoliyatiga asos solindi. Gap shundaki, ushbu oliy taʼlim muassasasi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali negizida tashkil etilishi koʻzda tutilmoqda.Universitetning asosiy vazifalariga sanoat, texnika-te

31 Jan 15:21
 
32
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Lukoyl” kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi

Davlatimiz rahbari 'Lukoyl' kompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni 'Lukoyl' kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi.Uchrashuvda Rossiyaning yetakchi neft-gaz kompaniyasining Oʻzbekiston energetika sohasidagi loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini oʻ

31 Jan 15:21
 
29
0
xs.uz

Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi

Prezidentning 2025-yil 24-yanvardagi qaroriga koʻra, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan toʻqimachilik sanoati instituti negizida Namangan davlat texnika universiteti tashkil etiladi.Bu qaror hududda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ishlab chiqarish korxonalari bilan sanoat hamkorligini kuchaytirish maqsadida qabul qilingan.Yangi universitet muhandislik, qurilish, toʻqimachilik, axborot

27 Jan 00:53
 
40
0
xs.uz

Sergelidagi bogʻchada 2 yoshli bola kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Sergeli tumanidagi maktabgacha taʼlim muassasasida bola kaltaklanishi va natijada uning oyogʻi sinishi haqidagi video keng muhokamalarga sabab boʻldi. Ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi va mazkur hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.Aniqlangan maʼlumotlarga koʻra, 22-yanvar kuni bogʻchaning tarbiyachi yordamchisi Y.M. (1997-yilda tugʻilgan) xarxasha qilayotgan ikki yoshli S.A. ismli bolani tinchlantirish m