calendar 17 Jan 11:25
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Chilida samolyot quladi. Qurbon bor (video)

image

15 yanvar kuni Chilida o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashayotgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda “Disaster news” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Chili markazida elektr uzatish liniyalariga urilgan yengil motorli samolyot shossega qulab tushgan. Oqibatda uchuvchi halok bo‘lgan va yana uch kishi jarohat olgan.

Chili fuqarolik aeronavtikasi bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, Air Andes SPA kompaniyasiga tegishli Ayres Trush S2R-T  samolyoti Talka shahridagi Panguilemo aerodromi yaqinidagi trassada yong‘in o‘chirish operatsiyasini bajarayotgan bo‘lgan. 

Samolyot qulash asnosida ikkita mashinaga zarar yetkazgan. Bildirilishicha, hududdagi transport harakati ham butunlay to‘xtab qolgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 yanvar kuni Avstraliyada samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
65
0
qalampir.uz

Isroilning G‘azoga qilgan hujumida HAMASning yana bir qo‘mondoni halok bo‘ldi (video)

Isroilning aviatsiya qo‘shinlari Xon Yunusdagi Al-Mavosi hududiga qilgan hujumlari oqibatida HAMAS bo‘linmalaridan birining qo‘mondoni Rafa Salama halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.    G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 71 kishi halok bo‘lgan, 280 dan ortiq kishi jarohatlangan. G‘azo janubidagi Xon Yunus shahri yaqinidagi hujumdan maqsad HAMASning harbiy qanoti rahbari Muhammad Deyfni nishonga olish bo‘lgani ayt

26 Jul 10:21
 
31
0
xs.uz

Kamala Xarrisning AQSH prezidentligi saylovida gʻalaba qozonish imkoniyati oshdi

'Ipsos'ning 22 va 23-iyul kunlari oʻtkazgan soʻroviga koʻra, respondentlarning 44 foizi Xarrisni qoʻllab-quvvatlagan. 42 foizi esa AQSHning sobiq prezidenti, Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga ovoz berishga tayyorligini bildirgan.'Bir qator bukmekerlik idoralarining fikricha, noyabr oyida vitse-prezident Kamala Xarrisning prezidentlikka saylanish ehtimoli soʻnggi 24 soat ichida sezilarli darajada oshgan', deyiladi manbada.Maqolada aytilishicha, 'Bet365' bukmekerlik kompaniy

11 Jul 21:44
 
149
0
qalampir.uz

Ozarbayjon Prezidenti bortini Pokistonda qiruvchi samolyotlar kutib oldi (video)

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 11 iyul kuni davlat tashrifi bilan Pokiston Islom Respublikasiga bordi. Bu haqda “Azertac”  xabar berdi.  Qayd etilishicha, davlat rahbarining samolyoti Pokiston havo hududiga yetib borganida Pokiston harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari tomonidan kutib olingan va belgilangan manzilgacha kuzatib borilgan.   Ilohom Aliyev samolyoti qo‘ngan Nur Xon harbiy-havo kuchlari bazasida uning sharafiga artilleriya qur

26 Jul 10:19
 
30
0
qalampir.uz

Netanyaxu AQSHni Eronga qarshi harbiy ittifoq tuzishga taklif qildi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSHga Eron tahdidiga qarshi turish uchun o‘z mamlakati bilan harbiy ittifoq tuzishni taklif qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul AQSH Kongressida so‘z ochdi. Netanyaxu Vashingtonni Isroilga G‘azo sektoridagi HAMAS guruhini tezda mag‘lub etishi uchun harbiy yordam yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi. Netanyaxuning iddao qilishicha, Isroilning HAMASga qarshi urushi ikki sivilizatsiya o‘rtasidagi ziddiyat emas, balki “sivilizatsiya va vah