calendar 16 Jan 12:59
eye 80
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Soliq qarzini undirish inspeksiyasi tashkil etiladi

image

Soliq qo‘mitasi qoshida Soliq qarzini undirish inspeksiyasi tashkil etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi. 

Bildirilishicha, bu yil iqtisodiy kompleks rahbarlari va barcha davlat korxonalari uchun tannarxni qisqartirish va samaradorlik yili bo‘ladi. Bundan buyon, sanoatda qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari birinchi galda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan va bozori bor mahsulotlar uchun beriladi.

Yig‘ilishda mas’ullarga 2024 yilda qo‘shilgan qiymatni 45 foizdan oshirish, tannarxni 15 foizga kamaytirish, umuman, sanoatda 7 foiz o‘sishni ta’minlash bo‘yicha korxonabay chora-tadbir tasdiqlab, amalga oshirish topshirilgan.

Shuningdek, yirik tarmoqlarda tannarxni 20 trillion so‘mga, debitor qarzdorlikni 8 trillion so‘mga kamaytirish zarurligi qayd etilgan. 

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, Strategik islohotlar agentligiga har oyda kamida 2 tadan tarmoqni tahlil qilib, qanday qilib tannarxni kamaytirish, qo‘shilgan qiymat va mehnat unumdorligini oshirish hamda yangi imkoniyatlarni ishga solish mumkinligini ko‘rsatib berish vazifasi qo‘yildi. 

Umuman, joriy yilda iqtisodiyotda samaradorlikni oshirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning kamida 6 foiz o‘sishini ta’minlash iqtisodiy kompleks rahbariyatining asosiy vazifasi etib belgilandi.

Yig‘ilishda moliyaviy intizomni kuchaytirib, 2024 yilda byudjet defitsitini 4 foizdan oshirmaslik zarurligi ta’kidlangan.

O‘tgan yili ko‘plab davlat korxonalari dividend va soliq to‘lovlari bo‘yicha byudjetga 8 trillion so‘m tushumni ta’minlay olmagani ko‘rsatib o‘tilib, hududlar rahbarlari ajratilgan byudjet ssudalari qaytarilmayotgani holatlari bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirilgan.

Videoselektorda Sirdaryo va Jizzaxda soliq tushumlari 20 foiz o‘sgan bo‘lsa, Xorazm, Buxoro va Qashqadaryoda bu ko‘rsatkich 7 foizga ham yetmagani tanqid qilingan. Masalan, yuridik shaxs maqomidagi 18 mingta ovqatlanish korxonasidan atigi 2 ming 300 tasi QQS to‘lovchi hisoblanadi. Sababi, ular tovar aylanmasini 1 milliard so‘mdan oshirmaslik uchun bitta oshxonaga 3-4 tadan firma ochib qo‘ygan. 

Bunday holatlar bo‘yicha mahalladagi soliqchi, tuman soliq boshliqlari va o‘rinbosarlarining ishi sustligi ko‘rsatib o‘tilgan. Umuman, yig‘ilishda soliq tizimi va soliqchilar faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgani ta’kidlangan.

Jumladan, 40 mingta byudjet tashkiloti bilan ishlash vazifasi tumandan Soliq qo‘mitasida yangi tashkil qilinadigan Byudjet tashkilotlari inspeksiyasiga o‘tkaziladi. Ushbu Inspeksiya to‘liq raqamlashgan bo‘ladi va G‘aznachilik elektron tizimiga integratsiya qilinadi.

Shu kabi soliq qarzdorligi bilan ishlash bo‘yicha ham qo‘mita qoshida Soliq qarzini undirish inspeksiyasi tashkil etiladi. Unga Majburiy ijro byurosida mavjud vakolatlar beriladi.

Buning hisobiga, tumanlardagi qo‘shimcha 200 nafar soliqchini "mahallabay" ishlash tizimiga o‘tkazish imkoni bo‘ladi. Respublika soliq tushumining 50 foizini beradigan 80 ta eng yirik korxona va 35 ta tijorat banki bilan ishlaydigan alohida tizim bo‘ladi.

Buning uchun Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha inspeksiya tarkibida yangi tuzilma tashkil qilinib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan bevosita ishlaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
31
0
xs.uz

Tergovda shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasida tergov faoliyati jarayonida shaxs huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tizimini mustahkamlash boʻyicha muhim huquqiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yil 28-yanvarda qabul qilingan yangi qonunga (OʻRQ-1022-son) muvofiq, jinoyat-protsessual qonunchiligiga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Ushbu oʻzgarishlar tergov sudyalari vakolatlarini aniq belgilash hamda sudga qadar ish yuritish jarayonida protsessual qarorlarni sanksiyalash tartibini m

31 Jan 15:21
 
37
0
xs.uz

Buyuk oʻzgarishlarning harakatlantiruvchi kuchi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishar ekan, bu dargoh nafaqat oʻtmish haqida hikoya qiladigan, balki tarix, bugun va kelajakni bogʻlaydigan, taraqqiyotimizning asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradigan aql-tafakkur markazi boʻlishi zarurligini taʼkidladi.Davlatimiz rahbarining tashabbusi va gʻoyasi asosida bunyod etilayotgan ushbu majmuada yurtimizdagi islom madaniyati bilan bogʻli

27 Jan 00:53
 
37
0
xs.uz

Mehnat kodeksida fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilmoqda

Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida'gi Qonun ko'rib chiqildi. Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini ta'minlash va xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka joriy etish bo'yicha tizimli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.Mazkur Qonun bilan O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga 'Yagona milliy mehnat tizimi' idoralararo dasturiy-apparat majmuid

27 Jan 00:53
 
32
0
xs.uz

Gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi – Alisher Qodirov

Deputat Alisher Qodirov yashil energetikaning istiqbollari haqidagi postida gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmasligini bildirdi. 'Milliy tiklanish' partiyasi rahbari bu haqda oʻzining 'Telegram' kanalida yozib qoldirgan.'Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorakoʻzlarimizga ish oʻrni yaratish mumkin', ' deydi deputat.Bundan tashqari, partiya ra