calendar 12 Jan 21:05
eye 85
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mbappe Olimpiadada qatnashmoqchi

image

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yozda bo‘lib o‘tadigan Parij Olimpiadasida Fransiya olimpiya terma jamoasi safida o‘ynamoqchi. Bu haqda 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi prezidenti Toni Estange ma’lum qildi.

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Mbappening Olimpiadada Terri Anri boshchiligidagi olimpiya terma jamoasida o‘ynashida muammo ko‘rmayotganini aytdi. 

“Agar uning Olimpiadada ishtirok etish istagi bo‘lsa va buning imkoniyati bo‘lsa, unda muammo yo‘q. Ochig‘i, barchamizning istagimiz bir –Terri Anri turnirda raqobatbardosh jamoa bilan qatnashishini ta’minlash”, deydi Desham.

Qayd etish joiz, Olimpiadada 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirok etishi mumkin va jamoalar tarkibga 23 yoshdan katta 3 nafar futbolchi kiritilishiga ruxsat beriladi.

Mbappeni Olimpiadada qatnashish-qatnashmasligi uning yozda PSJ bilan shartnomasini yangilashiga ham bog‘liq. “Real” fransuz futbolchisi uchun kurashda asosiy favorit ekani aytilmoqda, ammo “Liverpul” ham Kilianni qo‘lga kiritishga umid qilmoqda. Shuningdek, PSJ Messi va Neymarni yo‘qotgach, o‘zining asosiy yulduzini saqlab qolish uchun bor kuchini sarflaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Jul 12:27
 
64
0
xs.uz

Oʻzbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki oldidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Oʻzbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki oldidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Matbuot anjumanida Sport vaziri Adham Ikromov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda OAV vakillari ishtirok etdi.Oʻzbekiston delegatsiyasi litsenziyalar boʻyicha oʻz rekordini yangilab, ilk bor 19 sport turida 90 nafar sportchi bilan 75 ta yoʻllanmaga sazovor boʻldi.Birinchi marta jamoaviy sport turida litsenziya qoʻlga kiri

15 Jul 12:02
 
61
0
qalampir.uz

Ispaniya Yevro-2024’da g‘olib bo‘ldi

15 iyulga o‘tar kechasi futbol bo‘yicha Germaniya poytaxti Berlinda Yevropa chempionatining final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Chempionlik bahsida Ispaniya terma jamoasi Angliya bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda gollarga Niko Uilyams, Koul Palmer va Mikel Oyarzabal mualliflik qildi. Shunday qilib, Ispaniya o‘z tarixida 4 marta qit’a birinchiligi g‘olibiga aylandi. Inglizlar esa musobaqa tarixida 2 marta finalda imkoniyatni boy berdi. Bungacha futbol vatani

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi IBAʼni tan olingan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Xalqaro boks assotsiatsiyasini (IBA) tan olingan federatsiyalar ro‘yxatidan chiqardi. Bu haqda XOQ o‘z qarorida ma’lum qildi. Qaror XOQning Parijdagi sessiyasida qabul qilindi va u bir ovozdan qabul qilindi. XOQ va IBA muammolari 2019 yilda federatsiyaning oldingi rahbarligida boshqaruv, moliya va hakamlik bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelganida paydo bo‘lgan. 2020 yilda rossiyalik Umar Kremlev IBA rahbari bo‘ldi, ammo bu federatsiyaga X

26 Jul 10:19
 
33
0
qalampir.uz

Raqibim penaltini qanaqa tepishini oldindan o‘rganmagandim – Abduvohid Ne’matov

Parij Olimpiadasining futbol bahslaridan o‘rin olgan O‘zbekiston-Ispaniya uchrashuvida penaltini qaytargan “oq bo‘rilar” posboni Abduvohid Ne’matov uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  “Afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Biz bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. O‘zbekistondan kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan barchadan minnatdorman. Muxlislarning yordami bilan ajoyib atmosferada to‘p tepdik, biroq ozroq omad yetishmadi.