calendar 29 Nov 15:23
eye 91
comments 0
comments Manba: xs

Qizilqum shimolida suyultirilgan gazdan muammo boʻlmaydi

image

Qizilqum shimoliga qish ancha erta keladi. Mabodo qor qalinroq yogʻib, yoʻllar yopilib qolsa, ushbu kengliklarda istiqomat qilayotgan Uchquduq va Tomdi tumanlarining aholisiga kundalik ehtiyoj mahsulotlarini yetkazish anchagina qiyinchilik tugʻdiradi. Shu bois ushbu hududlarda kuz-qish mavsumiga zaxira tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilib, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan tashqari yoqilgʻi moylash materiallari ham issiq-iliq kunlarda gʻamlab olinadi. Xususan, ayni kunlarda uchquduqliklarning suyultirilgan gazdan tashvish tortmasliklarining choralari koʻrilmoqda.

— Bugungi kunda tumanimiz boʻyicha jami 9 ming 710 ta aholi isteʼmolchilari suyultirilgan gazdan foydalanayotgan boʻlib, ularning 2947 tasiga maishiy gaz ballonlari, 6763 tasiga esa gazgolder kurilmalaridan gaz kuvurlari yordamida ushbu neʼmat yetkazib beriladi, — deydi “Uchquduqtumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi suyultirilgan gaz xizmati boshligʻi Shahboz Toshmurodov. — Ushbu aholi isteʼmolchilariga tumanimizda maxsus rusumli avtotransport vositalari xizmat koʻrsatadi. Tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida transport vositalarimiz shay holatga keltirilib, yetarli miqdorda gaz ballonlar zaxirasi yaratilgan.

Tumanda “Uchquduq” gaz toʻldirish stansiyasi faoliyat koʻrsatadi. Ushbu stansiya 270 — 280 tonnagacha suyultirilgan gazni qabul qilib olish quvvatiga ega boʻlib, asosan uchquduqliklar, zaruriyat tugʻilganida esa Zarafshon shahri va Tomdi tumani isteʼmolchilarini ham suyultirilgan gaz bilan taʼminlaydi.

Gaz toʻldirish stansiyasida kuz-qishki mavsumiga tayyorgarlik doirasida 200 tonnaga yaqin suyultirilgan gaz zaxirasi yaratildi. Mazkur maskandan bir kunda gazgolder qurilmasi orqali 6 tonnadan 9 tonnagacha, maishiy gaz ballonlar orqali esa 2 tonnadan 4,2 tonnagacha suyultirilgan gaz isteʼmolchilarga joʻnatiladi.

— Bu 20-25 kunga yetadigan miqdorda zaxira yaratildi, demakdir, — deya davom etadi Sh. Toshmurodov. — Albatta, shu muddat ichida gaz sigʻimlari yana toʻldiriladi.

“Hududgaztaʼminot” AJ Navoiy gaztaʼminot filiali tomonidan OAVlari vakillari uchun uyushtirilgan press-turda jurnalistlar “Uchquduq” gaz toʻldirish stansiyasi faoliyati bilan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Shuningdek, press-tur ishtirokchilari viloyatning Zarafshon shahrida energiya tejamkor gaz uskunalarini oʻrnatish, uning afzalligi borasidagi targʻibot-tashviqot ishlari hamda hududda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning ahvolini oʻrganib, isteʼmolchilarning fikr- mulohazalari va takliflarini tinglashdi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 16:19
 
64
0
xs.uz

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Qirgʻiziston hamkorligini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab oldilar

Mazkur sammitga tayyorgarlik doirasida Hukumatlararo komissiya yigʻilishi, biznes forumi, Rektorlar forumi, Avlodlar muloqoti va qator madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli oʻtkazilgani taʼkidlandi.Savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, qishloq va suv xoʻjaligi, xavfsizlik, madaniyat va boshqa muhim yoʻnalishlardagi hamkorlik natijalari tanqidiy tahlil qilindi.Muzokaralar davomida tomonlar parlamentlar, hukumatlar, vazirliklar, idoralar va hududlar, ishbilarmonlar, ekspertlar va ja

20 Jul 14:37
 
72
0
qalampir.uz

Aholi punktlarining xavfsizlik pasportlari tuziladi

Aholi punktlarining xavfsizlik pasportlari tuziladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirining “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlari va ob’ektlarning namunaviy xavfsizlik pasportlarini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i qabul qilindi. Qayd etilishicha, xavfsizlik pasportini tuzishning asosiy maqsadi aholi punktlari va ob’ektlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularni monitoring va tahlil qilish orqali yuzaga kelishi

19 Jul 16:42
 
53
0
xs.uz

Favqulodda vaziyatlarning oldini olishga tayyormizmi?

' Uch kunlik tadbirda Andijon viloyatidagi 15 ta obyektlarda maxsus oʻquv mashqlari va 15 ta koʻchirish tadbirlari boʻlib oʻtdi, ' deydi viloyat favqulodda vaziyatlar boʻlimi axborot xizmatining rahbari Hayotbek Rahimov. ' Rejaga binoan favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda aholini koʻchirish koʻnikmasini shakllantirish maqsadida 5506 nafar fuqarolarni xavfsiz hududlarga koʻchirish amaliyoti bajarildi. Mashgʻulotlarga 3061 nafar shaxsiy tarkib vakillari, 449 ta maxsus texnika vositalari

03 Sep 21:35
 
6
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi

Mustaqillik monumenti davlatimiz ozodligi va barqarorligi ramzidir. Unda xalqimizning ko'p asrlik davlatchilik tarixi, buyuk alloma va jahongir bobolarimiz siymolari aks etgan. Monumentning eng yuqori qismida Humo qushi tasvirlangan.Prezident Shavkat Mirziyoyev 'Yangi O'zbekiston' bog'iga borib, ushbu majmua poyiga gulchambar qo'ydi.Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, vazirlik va idoralar, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etib, m