calendar 05 Dec 13:52
eye 19
comments 0
comments Manba: zarnews

12 mingdan ortiq boquvchisini yo'qotgan o'quvchi va talabalarning pensiyalari 23 yoshgacha uzaytirildi

image

Pensiya jamg'armasining 2022 yil 9 oyligi daromadlari prognoz ko'rsatkichlari 23 032,0 mlrd. so'm etib belgilangan bo'lib, ijro 24 097,8 mlrd. so'mga yoki 105 foizga bajarilgan

Shuningdek, jamg'arma tomonidan 4,2 mln. nafar pensiya va nafaqa oluvchilarga 36,7 trln. so'm xarajatlar amalga oshirilgan.

2022 yilning 9 oyi davomida Pensiya jamg'armasi tomonidan 336,9 ming nafar fuqaroga pensiya va nafaqalar tayinlangan. Bu ko'rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan 43,1 ming nafarga yoki 14,6 foizga oshgan.

Pensiya jamg'armasi tomonidan tayinlanadigan 12 turdagi pensiya va nafaqalarning 9 turini bugungi kunda inson omilisiz, avtomatik, interaktiv va proaktiv shaklda tayinlash tizimi yo'lga qo'yilgan. Joriy yilning 9 oyi davomida 1,2 mln. nafar fuqaroga interaktiv va masofaviy xizmatlar ko'rsatilgan.

Bundan tashqari Qonunchilikdagi o'zgartirish va qo'shimchalarga muvofiq: ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash taʻtilida bo'lish vaqtining xammasini jamlanganda ko'pi bilan 6 yillik davrni ish stajiga qo'shib hisoblash huquqi berildi. Natijada, 80 mingdan ortiq 2 va undan ortiq farzandi bo'lgan ayollarning pensiya miqdorlari o'rtacha 15 ming so'mdan 50 ming so'mgacha oshdi.

O'quvchi va talabalar boquvchisini yo'qotganlik pensiyasini olish huquqini taʻlim muassasalarida o'qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to'lgunga qadar saqlab qolish huquqi berildi. Natijada, 12 mingdan ortiq boquvchisini yo'qotgan o'quvchi va talabalarning pensiyalari 23 yoshgacha uzaytirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Moskvada mashina portlatildi (video)

Bugun, 24 iyul kuni Rossiyaning Moskva shahri Sinyavinskaya ko‘chasidagi turarjoy binosi hovlisida noma’lum shaxs tomonidan shu yerda turgan avtomobil portlatib yuborildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi. Toyota Land Cruiser rusumli ushbu mashina portlashi oqibatida ikki kishi jabrlangani haqida bir qator OAVda turlicha talqinlar keltirilmoqda. Ularning aksariyati transport vositasida Rossiya Mudofaa vazirligi ofitseri, sun’iy aloqa radiomarkazi boshlig‘i o‘rinbosari

26 Jul 21:49
 
148
0
qalampir.uz

Rossiya Mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi

Rossiya Mudofaa vazirining logistika masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Dmitriy Bulgakov korrupsiyada ayblanib, qo‘lga olindi. Hozirda unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda mamlakat Tergov qo‘mitasi xabar berdi. “Rossiya Tergov qo‘mitasining Bosh tergov boshqarmasi 2008-2022 yillarda Mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Dmitriy Bulgakovga nisbatan korrupsiya masalasiga oid jinoiy ish bo‘yicha tergov olib bormoqda”, deydi Tergov qo

15 Jul 12:02
 
46
0
qalampir.uz

Xitoy Rossiya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Xitoy kecha, 12 iyul kuni Rossiya bilan janubiy qirg‘oqlarida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi. Bu NATOning Vashingtondagi sammiti va Yaponiyaning Pekin va Moskva o‘rtasidagi yaqin aloqalar tufayli kuchayib borayotgan tahdid haqidagi ogohlantirishidan so‘ng ma’lum bo‘ldi. Xitoy Mudofaa vazirligi dengizda “O‘zaro hamkorlik 2024” mashg‘ulotlari iyul oyi boshida boshlangan va oy o

15 Jul 12:02
 
45
0
qalampir.uz

Tramp Putinning laychasi – Bayden

AQSH Prezidenti Jo Bayden yana Rossiya davlat rahbari Vladimir Putinga nisbatan haqoratli bayonot berdi, shuningdek, uning asosiy siyosiy raqibi Donald Trampni Rossiya Prezidentining “laychasi” deb atadi. Bu haqda u kecha, 12 iyul kuni Michigandagi mitingda so‘z ochdi. Amerika yetakchisi respublikachi Trampning Rossiyaning Ukrainadagi urushga munosabatini muhokama qildi. “Qarang, bu juda jiddiy. Men uzoq vaqtdan beri biladigan o‘sha qassob Putin Ukrainaga bostirib k