calendar 25 Nov 09:32
eye 37
comments 0
comments Manba: qalampir

Braziliya va "Evropa Braziliyasi" deyarli pley-offdami?

image
image

Jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turi ortda qoldi. Joriy yilning 24 noyabr kuni "G" va "H" guruh jamoalari kurashga kirishdi.

Braziliyaliklar Jahon chempionatining hozircha eng chiroyli golini urdi! Musobaqada kashfiyot bo'lishi kutilayotgan jamoa esa qiyin vaziyatga tushib qoldi.

"G" guruhi

Hozircha hammasi Braziliya foydasiga ketmoqda. Besh karra jahon chempionlari to'plar nisbati yaxshiroq bo'lgani uchun Shveytsariyani ortda qoldirib, birinchi o'ringa chiqdi. Braziliyaliklarning ikkinchi bo'limda qanday o'ynaganini inobatga olsak, ularda guruh bosqichida aytarli muammo bo'lmaydi, degan fikr bor. Har holda, agar ikkita jamoa bir xil ochko to'plagan bo'lsa, birinchi navbatda to'plar nisbatiga qaraladi. Hozir Serbiya -2, Shveytsariya esa +1 ko'rsatkichga ega.

Bu holatda serblar Kamerunni kamida ikkita to'p farqi bilan mag'lub etishlari va Shveytsariya bilan o'ynaydigan Braziliyaga muxlislik qilishlari kerak. Masalan, keyingi turda Serbiya va Braziliya 2:0 hisobida g'alaba qozonsa, Bolqon termasida to'plar nisbati 0, Shveytsariyada esa -1 bo'ladi. Agar shunday bo'lsa, Serbiya 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritishi uchun so'nggi turda shveytsariyaliklarga yutqazib qo'ymasa bo'ldi, yaʻni durang ham serblarni qanoatlantiradi. Ammo so'nggi turga qadar Bolqon jamoasining to'plar nisbati yomonroq ko'rinishda bo'lsa, ular, albatta, Shveytsariyani mag'lub etishiga to'g'ri keladi.

Jahon chempionati 2022. "G" guruhi. O'yinlar taqvimi:

28 noyabr

15:00. Kamerun – Serbiya;

21:00. Braziliya – Shveytsariya.

2 dekabr

00:00. Serbiya – Shveytsariya;

00:00. Kamerun – Braziliya.

"H" guruhi

Birinchi turda Portugaliya muxlislarini xursand qildi. Jamoa qiyinchilik bilan bo'lsada g'alaba qozondi. Guruhning ikkinchi o'yinida yana bir golsiz durang qayd etilgani bois, Portugaliya guruhda peshqadam bo'ldi.

Agar Ronaldu va uning jamoasi keyingi bosqichda Urugvayni mag'lub etsa, boshqa o'yin natijasi qanday bo'lishidan qatʻiy nazar, portugallarning muddatidan oldin pley-offga chiqishi kafolatlanadi. Portugaliya 1/8 final yo'llanmasini kafolatlashi uchun qolgan ikki o'yinda uch ochko to'plasa kifoya.

Urugvay uch ochko bilan pley-offga yo'l olishi mumkin. Buning uchun guruhda quyidagicha holat yuz berishi kerak:

Urugvay Portugaliya va Gana bilan durang o'ynaydi;

Portugaliya Janubiy Koreyani mag'lub etadi;

Janubiy Koreya Gana durang o'ynaydi.

Hozircha jiddiy xulosa chiqarish qiyin, ammo 2-turdan keyin vaziyat oydinlashadi. Shuningdek, Portugaliya, Janubiy Koreya va Urugvay besh ochko to'plashi ham mumkin – u holda to'plar nisbati guruhda pley-off ishtirokchilarini aniqlab beradi.

Jahon chempionati 2022. "H" guruhi. O'yinlar taqvimi:

28 noyabr

18:00. Janubiy Koreya – Gana;

00:00. Portugaliya – Urugvay.

2 dekabr

20:00. Janubiy Koreya – Portugaliya;

20:00. Gana – Urugvay.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 14:56
 
56
0
xs.uz

Murodjon Yoʻldoshev qozogʻistonlik dzyudochini magʻlub etdi. Navbatdagi raqib kim boʻladi?

Unda ishtirok etayotgan dzyudochimiz jahon chempionati sovrindori Murodjon Yoʻldoshev -73 kggacha boʻlgan vaznda qozogʻistonlik Daniyar Shamshayevni magʻlub etdi.Shu tariqa keyingi bosqichga yoʻl olgan sportchimizga AQSHlik taniqli sportchi Jek Yonezuka yoki moldovalik Adil Osmanov raqiblik qiladi.Avvalroq, dzyudochi Shukurjon Aminova afrikalik sportchini magʻlub etib keyingi bosqichga chiqqanligi haqida maʼlum qilingandi.

26 Jul 10:19
 
31
0
qalampir.uz

Makron bilan ko‘rishgan o‘zbekistonlik murabbiy bokschilarning imkoniyatini yuqori baholadi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiyaning Nansi shahridagi mashg‘ulotlarni yakunlab, hozirda Parijda Olimpiada bahslari uchun adaptatsiya jarayonlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda terma jamoa murabbiyi Farrux Qilichev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. “Nansidagi ikki haftalik mashg‘ulotimiz tugadi. Bokschilar bahslarga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rdi. 5 yildan buyon mana shu jamoaga murabbiylik qilyapman. Bungacha hech qachon bolalar bugungidek yaxshi formada bo

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. “Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida. Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit ya