calendar 19 Oct 16:32
eye 35
comments 0
comments Manba: qalampir

Toshkentda xotinini 7 yildan beri muttasil do'pposlab kelayotgan erkak qamoqqa olindi

image
image

Toshkentda 7 yildan buyon turmush o'rtog'ini muttasil ravishda do'pposlab kelayottgani aytilgan erkak qamoqqa olindi. Bu haqda bugun, 19 oktyabr kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

"1992 yilda tug'ilgan Shirin D. Yakkasaroy tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, uning turmush o'rtog'i 1976 yilda tug'ilgan Dilmurod D. unga tan jarohati yetkazganligini maʻlum qilib, qonuniy chora ko'rishni so'ragan. Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi ("Qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazish") bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Dilmurod D. ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo'llangan. Tergov davom etmoqda", deyiladi poytaxt IIBB xabarida. 

Qayd etilishicha, oilaning voyaga yetmagan uch nafar farzandi bo'lib, kaltaklanishlar bolalarning ko'z oldida yuz bergan. 2,5 oy ichida erkak xotinini to'rt marta kaltaklab, uning qovurg'alarini sindirgan. Shuningdek, u oxirgi vaqtlarda kaltaklashlardan tashqari kamar bilan bo'g'ishni ham boshlagan. Bu haqda qizning onasi Facebook'da post qoldirgan.

Oxirgi vaqtlarda burni singan, tishlari singan va miya chayqalishi bilan ayol tun bo'yi yerto'lada, hovuzdagi kafellar ustida qoldirilgan. Bunday kaltaklardan so'ng, oshkoralikdan qo'rqib, erkakning o'zi uni tibbiy muassasalarga olib borgan va o'zi yiqilganini va shifoxonaga yotishi mumkin emasligini aytishga majbur qilgan.

Shuningdek, ayolning bolalari kichik bo'lgani hamda eri tomonidan ruxsat berilmagani uchun u shifoxonaga yotmagan.

Onaning so'zlariga ko'ra, uning qizi bir marta tibbiy ekspertizaga borishga erishgan, ammo qovurg'alari va tishlarining sinishi hamda miya chayqalishi yengil tan jarohati deb tasniflangan. Qovurg'alari singani bo'yicha tegishli hujjatlar taqdim etilgan bo'lsa ham, umuman qayd etilmagan.

Ona postida qizi va o'zida himoya orderi borligini aytib o'tgan. Shu bilan birga, u kuyovi uning huquqlarini buzayotgani haqida bir necha marotaba Yakkasaroy tuman IIB Profilaktika bo'limiga murojaat qilganini, shunga qaramay, xodimlar tomonidan hyech qanday chora ko'rilmayotganini bildirgan.

Bundan tashqari, ayolning onasi qizining kaltaklangan holatidagi suratni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan. Uning aytishicha, ekspert ushbu suratlarga qarab jiddiy jarohat emasligi haqida xulosa bergan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 21:53
 
117
0
qalampir.uz

Abdulla Aripov va Otabek Umarov Grozniyda Ramzan Qodirov bilan uchrashdi (video)

Kecha, 16 iyul kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov Chechenistonning Grozniy shahrida o‘tkazilayotgan Kavkaz investitsiya forumi doirasida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashdi. Bu haqda Qodirovning Telegram-kanalida ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida hududlar o‘rtasidagi qator sohalardagi hamkorlikning asosiy masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, strategik hamkorlikni rivojlantiri

12 Jul 19:31
 
121
0
qalampir.uz

Prokuror suddan “Baxti Tashkentskiy” uchun 20 yil qamoq jazosi so‘radi

Jinoyat olamizda “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan 1971 yilda tug‘ilgan Baxtiyor Zafarovich Qudratullayev 2023 yilning noyabr oyida O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida qo‘lga olingan edi. Dastlab u Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 276-modda 2-qismi, ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash kabi jinoyatlarda ayblangan. 5 oydan ortiq davom etgan tergov harakatlari davomida Qudrat

15 Jul 12:03
 
72
0
qalampir.uz

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.  Qayd etilishicha, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024-2025 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish ballari

15 Jul 12:03
 
93
0
qalampir.uz

Mirziyoyev Trampga hujumni qoraladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidentligiga nomzod Respublikachi Donald Trampga uyushtirilgan suiqasdga munosabat bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. “Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi. Davlatimiz rahbari ushbu zo‘ravonlik h