calendar 18 Nov 04:58
eye 13
comments 0
comments Manba: xs.uz

Isroil Livandagi quruqlik harbiy amaliyotini kengaytirgan

image
Isroil mudofaa vaziri Israel Kasning aytishicha, Isroilning Livan janubidagi quruqlik harbiy amaliyoti kengaytirilgan.

Katz operatsiyalarni kengaytirish toʻgʻrisidagi qaror qachon qabul qilinganiga aniqlik kiritmadi va bu nimaga olib kelishi haqida hech qanday maʼlumot bermagan. Isroil oʻtgan oy boshida 'Hizbulloh'ni Livan janubidan chiqarib yuborish uchun cheklangan quruqlikdagi operatsiyani boshlagan edi.

'Biz Livan janubida quruqlikdagi manyovrni kengaytirdik va Bayrutning Dahiye tumanida, kerak boʻlsa 'Hizbulloh' nishonlariga qarshi harakat qilmoqdamiz', ' degan Kas.

Seshanba va chorshanba kunlari Isroil harbiylari Bayrut janubidagi 'Hizbulloh' infratuzilmasiga qarshi 20 ga yaqin havo hujumlarini amalga oshirdi. Yangi tayinlangan mudofaa vaziri Isroil hech qanday sulhga rozi boʻlmasligini taʼkidlagan. Unga koʻra, Yahudiy davlati 'Hizbulloh'ni qurolsizlantirish va Litani daryosi boʻylab olib chiqib ketishni taʼminlamaydigan hech qanday kelishuvga rozi boʻlmaydi. Litani daryosi Isroilning shimoliy chegarasidan taxminan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Livan sogʻliqni saqlash vazirligi va fuqarolik mudofaasi boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, payshanba kuni Isroilning Livan boʻylab uyushtirgan zarbalarida kamida 43 kishi, jumladan, sakkiz nafar mudofaa xodimi halok boʻldi.

Fuqarolik mudofaasi bosh boshqarmasining xabar berishicha, Isroilning hujumi Baalbek yaqinidagi Douris qishlogʻidagi shtab-kvartirasini vayron qilgan. Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, xuddi shu zarbada yana uch kishi halok boʻlgan.

Tel-Aviv 'Hizbulloh'ni Isroilga qarshi hujumlarini kuchaytirayotganlikda aybladi va guruh 2023-yil 8-oktyabrdan beri Isroilga 16 mingdan ortiq raketa otganiga urgʻu berdi.

Livan sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, payshanba kuni ertalab Isroilning Baalbekdagi Ash-Shab mahallasiga bergan zarbasi oqibatida sakkiz kishi halok boʻlgan va 27 kishi jarohatlangan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi payshanba kuni xabar berishicha, Isroilning hujumi Livan janubidagi Arabsalim qishlogʻidagi 'Hizbulloh'ga qarashli Islom sogʻliqni saqlash boshqarmasining mobil markazini nishonga oldi. Shundan soʻng olti kishi, jumladan, toʻrtta tibbiyot xodimi halok boʻlgani maʼlum.

Isroilning Livan janubiga quruqlikdagi operatsiyasiga qaramay, 'Hizbulloh' har kuni Isroil shimolining ayrim qismlariga raketa zarbalarini berib kelmoqda va Isroil shaharlariga qarshi uchuvchisiz uchish qurilmalaridan zarba beryapti. Isroil mudofaa kuchlari chorshanba kuni 'Hizbulloh' tomonidan Livandan Isroilga 50 ga yaqin raketa uchirilganini maʼlum qildi.

Chorshanba kuni 'Hizbulloh' Isroil va uning Livandagi qoʻshinlariga uchuvchisiz uchoqlar, raketalar bilan kamida 20 ta hujum uyushtirganini aytdi. Uning harakatlari Falastin xalqi va Livanni himoya qilish bilan bogʻliqligini bildirgan.

Isroilning Livandagi 'Hizbulloh'ga qarshi hujumi tinch aholi orasidan qurbonlar keltirishda davom etmoqda. Livan sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, yakshanba kunidan beri Livanning bir qancha shaharlariga havo hujumlari oqibatida kamida 20 nafar bola halok boʻlgan. Livan janubidagi Joun shahrida seshanba kuni kamida sakkiz bola halok boʻlgan. Seshanba kuni Bayrutning janubi-sharqidagi Baalchmay shahrida ikki bola oʻldirilgan.

Chorshanba kuni Isroilning Bayrut janubidagi qishloqqa uyushtirgan hujumi oqibatida uch bola halok boʻldi. Yakshanba kuni Isroilning Bayrut shimolidagi qishloqqa amalga oshirgan zarbasi oqibatida yetti nafar bola qurbon boʻlgan.

UNICEF vakilining maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi 50 kun ichida Livanda oʻldirilgan bolalar soni oʻtgan yili oʻldirilgan barcha bolalarning 80 foizini tashkil qiladi. 'Livandagi bolalar bu urushning eng halokatli bosqichini boshdan kechirmoqda', ' deya qoʻshimcha qildi u. Sentyabr oyidan buyon esa hududda 3 mingga yaqin inson urush qurboni boʻlgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:50
 
25
0
xs.uz

“Dahshatli“, “gʻayritabiiy“, “halokatli oqibatlarga olib keladi” — Xalqaro hamjamiyat Isroilning UNRWA faoliyatini taqiqlashini keskin qoralab chiqdi

Isroil parlamentining Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) faoliyatini taqiqlashi halokatli oqibatlarga olib keladi.Bu fikrlarni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus aytib oʻtdi.Dushanba kuni Isroil Knesseti (parlamenti) BMTning Yaqin Sharq agentligining Isroilda, shuningdek, u nazorat qiladigan hududlarda faoliyatini taqiqlashga qaratilgan qonun loyihalarini m

09 Oct 12:40
 
36
0
xs.uz

KXDR Janubiy Koreya bilan bogʻlovchi barcha yoʻllarni yopib qoʻydi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) Koreya xalq armiyasi Bosh shtabi 9-oktyabrdan boshlab oʻz hududini 'asosiy dushman' davlat Janubiy Koreya bilan bogʻlovchi barcha avtomobil va temir yoʻllarni toʻsib qoʻyish va toʻxtatib turish ishlarini olib borishini, shuningdek, mudofaa tuzilmalarini mustahkamlashini maʼlum qildi.Markaziy telegraf agentligida eʼlon qilingan Bosh shtab bayonotida aytilishicha, Koreya yarim orolidagi dushman kuchlarning qarama-qarshilik isteriyasi tobora kuchay

29 Oct 20:50
 
24
0
xs.uz

Rossiyaning Ukrainaga hujumlari faollashgan

Rossiya ' Ukraina urushiga 977 kun boʻldi. Rossiya Ukrainaning ikkinchi yirik shahri Xarkovga bir kechada uyushtirgan bombardimonlaridan soʻng kamida toʻrt kishi halok boʻldi. Xarkov Rossiya chegarasidan 30 km uzoqlikda joylashgan va bir necha bor Moskva havo hujumlari nishoniga olingan.Avvalroq, Xarkovga qilingan hujumda olti kishi jarohatlangan va shaharning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biri boʻlgan, 1920-yillarda qurilgan Derjprom binosining katta qismi vayron qilingan edi.Ukr

10 Oct 11:36
 
41
0
xs.uz

Xitoy hukumati aholi oʻrtasida oʻrganish oʻtkazadi

Xitoy hukumati jamiyatda davom etayotgan demografik oʻzgarishlarni aniqlash uchun aholi oʻrtasida oʻrganish oʻtkazishni rejalashtirmoqda.Aniqlik kiritilishicha, oʻrganish 10-oktyabrdan 30-noyabrgacha boʻlib oʻtadi.Hukumat yoshi, millati, taʼlim darajasi, ichki migratsiya holati, yashash joyi, oilaviy ahvoli, bandligi, bolalari borligi va boshqa koʻrsatkichlarni oʻrganish niyatida.Qayd etilishicha, soʻnggi yillarda Xitoyda aholining qarishi va tugʻilish darajasining pasayishi tendensi