Bitkoin oʻz tarixidagi eng yuqori narxiga chiqdi. Bunga Tramp “aybdor” ekanligi aytilmoqda
Tahlilchilarga koʻra, ushbu kriptovalyuta narxi oʻsishda davom etadi. Sobiq va 2025-yilning boshida AQSH rahbarligiga keladigan prezident Donald Trampning saylovdagi gʻalabasi investorlar orasida yangi ishonch toʻlqinini uygʻotgani aytilmoqda.
Trampning qayta saylanishi bilan riskli aktivlarga, jumladan Bitkoin kabi kriptovalyutalarga talab oʻsdi. 'Bitget Research' bosh tahlilchisi Rayan Li AQSH saylovining natijalari Bitkoinni 100 ming AQSH dollardan oshirishiga sabab boʻlishi mumkinligini taʼkidlagan.
Derivativ bozoridagi oʻzgaruvchanlik va fyuchers bozoridagi ochiq foizlarning koʻrsatkichi 'Bitkoin'ning yuqori volatillik bilan harakatlanishiga ishora qilmoqda. Bu holat 'stablecoin'lar kapitalizatsiyasi oshishi bilan birga, bozorga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Trampning prezidentlik davriga qaytishi kriptovalyuta sektori uchun ijobiy omil boʻlishi mumkin. Yangi Kongress kripto sanoatiga qulayroq boʻlgan qonunlarni joriy qilish imkoniyatiga ega boʻladi. 'Coinbase' bosh direktori Brayan Armstrong Respublikachilar nazoratidagi Senatni 'eng pro-kripto Kongress' deb atadi.
Fuqarolar kredit olishni oʻz-oʻziga taqiqlashi mumkin boʻladi
Kredit-axborot tahliliy markazi portalida fuqarolar tomonidan oʻziga oʻzi kredit olishni taqiqlash imkoni joriy qilindi. Bu oʻzgalar nomiga kredit oluvchi kiberjinoyatchilardan himoyalanish imkonini beradi.Mazkur xizmat yoqib qoʻyilsa, hech kim (kredit-moliya tashkilotlari) fuqaroning kredit tarixi bilan bogʻliq maʼlumotlarini ololmaydi. Natijada kredit tashkilotlari fuqaroning kredit tarixini onlayn oʻrgana olmaydi va kredit ajratish imkonsiz boʻlib qoladi.Xizmatdan foydalanish uchun Kr
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati uzaytirildi
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun toʻlovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirilgan.Unga koʻra:Bunda
Dollar va Yevroda inqiroz davom etadi, rublda esa kichik oʻsish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 13-noyabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 10,43 soʻmga tushdi va 12 793,38 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 81,51 soʻmga tushib, 13 595,52 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,09 soʻmga koʻtarilib, 130,73 soʻmni tashkil qildi.
“Olmazor”da yangi o‘yingoh
Chiroqchi tumani 3-sektoriga qarashli “Olmazor” mahallasida yashovchi yosh tadbirkor Saydulla Qurbonov tomonidan davlat-xususiy sherikchilik asosida 105-sonli umumta'lim maktabi hududida sun'iy qoplamali kichik futbol maydoni qurilib, foydalanishga topshirdi. Mini futbol maydonidan kunning birinchi yarmida maktab o‘quvchilari foydalansa, sport inshooti tushdan keyin mahalla yoshlariga xizmat qiladi. O‘z muxbirimiz.Qashqadaryo viloyati.