calendar 18 Nov 04:58
eye 15
comments 0
comments Manba: xs.uz

FAO oktyabr oyida global oziq-ovqat narxlari keskin oshganini qayd etdi. Bu soʻngi 18 oy ichida eng yuqori koʻrsatkich

image
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) hisobotiga koʻra jahon oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oktyabr oyida soʻngi 18 oy ichidagi eng yuqori koʻrsatkichga yetdi. Bu, asosan, oʻsimlik moylari narxining keskin koʻtarilishi bilan bogʻliqdir.

FAO Oziq-ovqat narxlari indeksi (xalqaro bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxidagi oylik oʻzgarishlarni kuzatib boruvchi indeks) oktyabr oyida 127,4 ballni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich sentyabr oyiga nisbatan 2,0 foiz va oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5,5 foizga yuqori boʻlsada, 2022-yil mart oyidagi eng yuqori koʻrsatkichdan hozircha 20,5 foiz pastroqdir.

Narxlarning asosiy oshishiga sabab boʻlgan FAO oʻsimlik moylari indeksi oktyabr oyida 7,3 foizga koʻtarilib, soʻngi ikki yil ichidagi eng yuqori koʻrsatkichga yetgani, bunga palma, soya, kungaboqar va raps moylari narxlarining oshishi sabab boʻldi.

Shuningdek, FAO don narxlari indeksi ham 0,9 foizga oʻsdi, bu bugʻdoy va makkajoʻxori eksport narxlarining oshishiga bogʻliqligi bilan izohlangan.

Makkajoʻxorining dunyo narxlari ham koʻtarildi, bunga qisman ichki talabning yuqoriligi va Braziliyadagi daryo sathining pastligi tufayli transport muammolari sabab boʻldi. Aksincha, barcha guruch narxlari indeksi oktyabr oyida 5,6 foizga pasaydi.

FAOning shakar narxlari indeksining oʻrtacha qiymati oktyabr oyida ketma-ket ikkinchi oyga oʻsib, 129,6 punktni tashkil etdi. Bu sentyabr oyidagidan 3,3 punktga (2,6 foizga) yuqori, ammo baribir oʻtgan yilning mos davridagi koʻrsatkichdan 29,6 punktga (18,6 foizga) past. Braziliyada 2024 ' 2025-yilgi mavsumda davom etayotgan qurgʻoqchilik sharoitida ishlab chiqarish istiqbollari boʻyicha xavotirlar saqlanib qolayotgani sababli oktyabr oyida shakar narxlari oʻsdi. Bundan tashqari, jahon bozorida neft narxlarining oʻsishi Braziliyada etanol ishlab chiqarish uchun shakarqamishni koʻproq ishlatishga olib keldi va bu ham shakar narxlari oʻsishiga taʼsir qildi.

FAO sut mahsulotlari narxlari indeksi oktyabr oyida 1,9 foizga oshib, oʻtgan yilgiga nisbatan 21,4 foizga yuqori boʻldi. Bu oʻsish asosan xalqaro miqyosda pishloq va sariyogʻ narxlarining oshishi bilan bogʻliq boʻlsa, quruq sut narxlari pasayishda davom etdi.

FAO goʻsht narxlari indeksining oʻrtacha qiymati oktyabr oyida 120,4 punktni tashkil etdi, bu sentyabr oyiga nisbatan 0,3 foizga past, lekin oʻtgan yildagidan 8,4 punktga (7,5 foizga) yuqori. Eng katta pasayish choʻchqa goʻshti narxlarida kuzatildi, bu Gʻarbiy Yevropada choʻchqa goʻshtiga talabning sustligi bilan izohlanadi. Jahon parranda goʻshti narxi oktyabr oyida biroz tushgan boʻlsa, qoʻy goʻshti narxi barqaror boʻldi. Shu bilan birga, qoramol goʻshti narxi xalqaro xaridlarning ortishi tufayli oʻrtacha oʻsdi.

2024/25-yillarga yangilangan bashoratlar guruch va bugʻdoy ishlab chiqarishining koʻpayishini, makkajoʻxori ishlab chiqarishining esa pasayishini koʻrsatmoqda

FAO tomonidan eʼlon qilingan Don taklifi va talabi boʻyicha maʼlumotnoma va oktyabr oyi hisobotiga koʻra, 2024-yilda global don ishlab chiqarishi oʻtgan yilga nisbatan taxminan 0,4 foizga kamayib, 2 848 million tonnani tashkil qiladi, bu tarixda ikkinchi yirik natijadir.

Osiyoda ekin maydonlarining kengayishi va qulay ob-havo sharoitlari tufayli dunyo boʻyicha bugʻdoy ishlab chiqarishning oʻsishi kutilmoqda. Bu oʻsish Yevropadagi yirik ishlab chiqaruvchilarning sezilarli qisqarishini toʻldiradi. Shu bilan birga, 2024/25-yilgi mavsumda jahon guruch ishlab chiqarishi rekord darajada 538,9 million tonnaga yetishi mumkin.

Jahon don isteʼmoli 2024/25-yilda 0,5 foizga oʻsib, umumiy 2 857 million tonnaga yetishi kutilmoqda, bu asosan guruch va bugʻdoyning oziq-ovqat isteʼmolidagi oʻsish bilan izohlanadi. Global don zaxiralari 0,6 foizga oshib, 889 million tonnaga yetishi kutilmoqda, bunda asosan guruch zaxiralari kengayishi kutilmoqda. Bu oʻsish global donning zaxira ' isteʼmol nisbati 30,6 foizga, yaʼni soʻngi besh va oʻn yillik oʻrtacha darajalariga yaqinlashishiga olib keladi.

Don boʻyicha xalqaro savdo hajmi 485 million tonna miqdorida bashorat qilinmoqda, bu esa 2023/24-yil darajasidan 3,9 foizga pasayishini anglatadi. Jahon boʻyicha guruch savdosi oshishi kutilmoqda, bugʻdoy va yirik donlar savdosi esa kamayadi.

FAO qoshidagi Qishloq xoʻjaligi bozor maʼlumotlari tizimi (The Agricultural Market Information System AMIS) ham juma kuni oʻzining oylik Bozor monitori hisobotini chiqarib, muntazam tahlildan tashqari, 2007-yildan beri asosiy qishloq xoʻjalik mahsulotlariga eksport cheklovlari evolyutsiyasini tahlil qiluvchi yangi maʼlumotlarni taqdim etdi.

45 ta mamlakat oziq-ovqat boʻyicha tashqi yordamga muhtoj, besh mamlakat keskin oziq-ovqat xavfsizligi inqiroziga duch kelmoqda

FAOning Global axborot va erta ogohlantirish tizimi (Global Information and Early Warning System ' GIEWS) tomonidan chop etilgan Hosil bashoratlari va oziq-ovqat holati (Crop Prospects and Food Situation) hisobotiga koʻra, dunyo boʻylab taxminan 45 ta mamlakat oziq-ovqat boʻyicha tashqi yordamga muhtoj deb baholangan.

Ushbu hisobotda mamlakatlardagi mavjud sharoitlar haqida maʼlumotlar berilgan. Bu mamlakatlar orasida Afrikadagi 33 mamlakat, Osiyodagi toʻqqiz mamlakat, Lotin Amerikasi va Karib dengizi mintaqasidagi ikkita mamlakat hamda Yevropadagi bitta mamlakat bor. Nizo va xavfsizlik bilan bogʻliq muammolar oziq-ovqat tanqisligining asosiy sabablari sifatida qayd etilgan boʻlib, 2024-yilda Gʻazo sektori, Gaiti, Mali va Sudanda aholining oziq-ovqat xavfsizligi inqiroziga duch kelishi kutilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:36
 
37
0
postda.uz

SНOGIRDLAR ARDOG‘IDA

Adhambek Mamadaliyev 1974-yilda Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi kichik inspektori lavozimida xizmatni boshlagan. Xizmat bilan barobar Andijon davlat universitetini tamomlagan. Keyingi faoliyatini viloyat IIB jinoyat qidiruv bo‘limida davom ettirib, Baliqchi va Andijon tumanlarida xizmat qilgan. Mayor unvoni bilan 1996-yilda pensiyaga chiqqan lavhamiz qahramoni rafiqasi Shahzodaxon aya bilan birga uch nafar farzandni voyaga yetkazdi. To‘ng‘ich o‘g‘il Nuriddin – ota

09 Oct 12:40
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi ilk bor 12 800 soʻmga yaqinlashdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'19,86'soʻmga oshdi va'12 794,88'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'68,94'soʻmga tushib,'14'021,91'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,61'soʻmga pastlab,'132,99'soʻmni tashkil qildi.

10 Oct 16:20
 
36
0
postda.uz

SAYYOR QABUL

Hududlardagi muammolarni bevosita o‘rganish, ularni ijobiy hal etish hamda odamlarni bugungi kunidan rozi qilish maqsadida Farg‘ona viloyati IIB rahbariyati tomonidan olis va chekka hududlarda muntazam tarzda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.Jumladan, yaqinda ham Bag‘dod tumani “Konizar” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan navbatdagi qabulda ham 19 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Uning aksariyati ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq bo

18 Nov 04:58
 
9
0
xs.uz

“Choyxoʻrlar mamlakati”: yurtdoshlarimiz qaysi davlatning “importnыy” choyini koʻproq ichishadi?

Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida xorijdan katta hajmda choy import qildi. Ushbu davr mobaynida mamlakatimizga 24 ming 808 tonna choy olib kelingan boʻlib, uning umumiy qiymati 36,1 million dollarni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich choy isteʼmoli yuqori ekanligini va importga boʻlgan ehtiyojni koʻrsatmoqda.Statistika agentligining xabar berilishicha, eng koʻp choy Xitoydan import qilingan boʻlib, ushbu mamlakatdan 20 ming 409 tonna choy keltirilgan. Qayd etish kerakki, Xitoy O