Asalarichilikni yirik miqyosda bayram qilish uchun aynan, Namanganning tanlangani bejiz emas. Bu yerda shifobahsh neʼmatni yetishtirish, qayta ishlash va isteʼmol bozoriga chiqarish borasida boy tajriba toʻplangan. Mamlakatimiz boʻyicha eksportga chiqariladigan asalari paketlarining 58,5 foizi ushbu hudud hissasiga toʻgʻri keladi. Joriy yilning oʻzida mamlakatimiz boʻyicha 171 ming dona asalari paketlari eksport qilingan boʻlsa, uning 100 ming donadan koʻprogʻini namanganliklar tashqi bozorga chiqarishgan. Birgina, Qozogʻistonning oʻziga yuborilgan asalari oilasi 17280 tani tashkil etdi. Bundan tashqari viloyat boʻyicha 4200 tonna asal yetishtirilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 12 foiz oʻsishga erishildi.
- Yurtimiz geografik joylashuv jihatidan asalarichilik sohasini rivojlantirishning qulay iqlim va shart-sharoitlariga ega, -deydi Namangan viloyat hokimining oʻrinbosari Botirjon Nuriddinov. - Yurtimizda parvarish qilinayotgan asalari oilalari bir yilning oʻzida ikki bahorni qarshi oladi, yaʼni fevral oyida respublikamizning janubiy hududlarida asalarilarning uygʻonish davri oʻtsa, aprelga kelib asalari oilalari vodiy viloyatlariga koʻchirib kelinadi. Uchinchi bahorni Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston hududlarida qarshi oladi. Mazkur sxema asosida har bir asalari oilasidan yiliga 100 kilogrammgacha mahsulot olish mumkin.
Mahalliy asalarichilar joylarda navbatma-navbat keladigan uch bahor imkoniyatlaridan foydalanib, sohani jadal rivojlantirmoqdalar.
Katta maydondagi bayram koʻrgazmasida mahalliy asalarichilar namoyishga qoʻygan mahsulotlar turining koʻpligi, taʼmi bilan eʼtiborni tortadi. Mehmonlar ular bilan tanishish jarayonida xushboʻy neʼmatdan totib koʻrib, oʻz baholarini berishlari mumkin. Koʻpchilik ogʻziga yoqqan bolni oilasi uchun harid qilmoqda.
Tashkilotchilarningsh aytishiga qaraganda, uch kun davom etadigan festivalga hamyurtlarimizdan tashqari 2,5 mingga yaqin horijiy sayyohlar ham kelishi kutilmoqda. Barcha darajadagi tomoshabinlarning tashrifi mazmunli oʻtishi uchun rang-barang tadbirlarga boy bayram mundarijasi ishlab chiqilgan. Asalarichilar koʻrgazmalaridan tashqari 'Oʻzbek palovi madaniyati' oshpazlar chempionati tashkil etiladi. 'Oʻzbekistonda asalarichilikning hozirgi axvoli va uni rivojlantirish istiqbollari' mavzuidagi ilmiy-amaliy anjumanga mahalliy asalarichilar bilan birga xorijiy ekspertlarni ham qamrab olish koʻzda tutilgan. V2V formatidagi biznes uchrashuvlarda esa oʻzaro tajriba almashilib, istiqbolli kelishuvlar imzolanadi. Madaniy koʻngilochar dasturlar toʻplamidan milliy liboslar koʻrgazmasi, ommaviy oʻyinlar, askiya kechasi, taniqli xonanda va estrada ijrochilarining chiqishlari oʻrin olgan.
Nukusdagi litseyda yangi o‘quv yili boshlandi
Nukus Temurbeklar harbiy akademik litseyida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 1-kurs o‘quvchilariga Nukus Temurbeklar harbiy akademik litseyi direktori M.Utepbergenov, litsey direktori o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Ibragimov hamda Nukus harbiy prokurori yordamchisi adliya mayori U.Daubayev ishtirokida “Mustaqillik darsi” mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Poytaxtimizda madaniy meros haftaligi boshlandi
Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'.'Soʻnggi yillarda mamlakatimiz, ayniqsa, poytaxtimiz azim Toshkent tobora xalqaro madaniy muloqotlar maydoniga aylanib borayotgani ayni haqiqat. 18-oktyabr kuni Oʻzbekiston madaniy merosni oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining anjumanlar zalida 'Sharq renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar' mavzusidagi xalqaro anjuman bilan oʻz ishini boshlagan madaniy meros haftaligi ushbu xayrli va ezgu tashabb
Fargʻonada “Taʼlim va kasb – kuz 2024” XXVI xalqaro koʻrgazmasi oʻtkazildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Fargʻona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida 'Taʼlim va kasb ' kuz 2024' XXVI xalqaro koʻrgazmasi koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazildi.Xalqaro koʻrgazmada xorijdan kelgan 20 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari mutasaddilari talabalar, texnikum, kollej va kasb-hunar maktabi hamda umumiy oʻrta taʼlim maktabi bitiruvchilari uchun oʻz koʻrgazmalarini namoyish etishdi.' Yevropa, Osiyo qitʼasining bir qator nufuzli universitetlari koʻr
Badiiyat olamiga sayohat
Boltaboy BEKMATOVARAFABir tantana sodir boʻlajak,Bir taraddud kezib yuribdi.Miyigʻida kulimsiraganQuyosh buni sezib yuribdi.Novdalarning yuzida sepkil,Daraxtlar ham bir taraddudda.Sezilar bir ajib hayajonYoʻl chetida, kallakdor tutda.Nami qochgan toʻnka ustidaKukulashar bir juft kabutar.Ana, hovuz ichra favvoraHozir buyuk sirin fosh etar.Kezar nedir qilib ovoza,Tilsiz jarchi bahor yellari.Sigʻmay ketdi qoʻlqopchalargaXonimlarning nozik qoʻllari.Bir tantana sodir boʻlajak,Bir taraddud kez