' Tabiiyki, Doniyol otaliq kim boʻlgan? ' degan savol tugʻiladi deydi Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazi raisi F. Aminov. ' Manbalardan aytilishicha, u Buxoro amiri Muhammad Rahimning katta amakisidir. Amir 1758-yilning 24-martida vafot etadi. Oʻgʻillari boʻlmaganligi bois taxtga qizining oʻgʻli, voyaga yetmagan Foziltoʻra oʻtqaziladi. Doniyolbiy unga otaliq yaʼni ota oʻrnida ota etib tayinlanadi. Uning vazifasi Foziltoʻra voyaga yetgunga qadar shahzodani tarbiyalash va ulusni boshqarishdan iborat edi. Lekin bu hol joylardagi hokimlar, amirlarning noroziligini keltirib chiqaradi. Shunda Doniyol otaliq ular bilan murosaga borib, ashtarxoniy shahzoda Abulgʻozining xonlik taxtiga oʻtirishiga sharoit yaratadi. Biroq oʻzi hukmdorlik mavqeini saqlab qoladi.
Doniyolbiy haqida uzoq toʻxtalish mumkin, albatta. Lekin bu oʻrinda asli mangʻitlardan boʻlgan buxorolik tarixchi Muhammad Yoqubning 'Doniyolbiy otaliq saxiy va muruvvatli hokim sifatida mashhur boʻlgan', degan soʻzlarini keltirish bilan kifoyalanmoqchimiz.
U Bahouddin Naqshband ziyoratgohi hududida nogironlar uyi barpo etgan. Bu oʻsha davr uchun noyob voqea edi. Doniyolbiy otaliq hayoti va faoliyatini atroflicha tadqiq qilgan tarix fanlari nomzodi Bahodir Qozoqovning yozishicha, bu kichik xayriyaxona u bunyod qilgan madrasa va masjid bilan yonma-yon joylashgan.
' Mazkur inshootlarni qurdirish va ularning kelgusi taʼminoti uchun Doniyol otaliq ekin yerlari, bogʻlar, rabotlar, hovlilar, tegirmonlar sotib olgan, ' deya yozadi B.Qozoqov. ' Ular vaqf mulki sifatida rasmiylashtirilgan. Ikki qismdan iborat bu hujjat 1777-yilda yozilib, qozi muhri bilan tasdiqlangan.
Qizigʻi, nogironlar uyi alohida eʼtiborda boʻlgan. Olti nafar nogironga moʻljallangan bu kichik muassasada har bir kishi uchun yiliga bir man yaʼni, 160 kilogramm miqdorida bugʻdoy ajratilgan. Aniqrogʻi, shu gʻalla miqdoriga teng qiymatda tayyor ovqat berilgan. Shuningdek, gʻarib va miskinlarga har juma kunida qoʻy goʻshtidan taom ulashilgan. Bu ovqatdan nogironlar uyidagilar ham bahramand boʻlgan. Bu yerda umrguzaronlik qilayotgan koʻzi ojizlar yoki taqdir zarbasiga uchrab nogiron boʻlib qolganlar ziyoratchilarning ham xayru ehsonlaridan bebahra qolmagan. Koʻngillari oʻksimay, el-yurt qatori yashagan.
Mehr-oqibatli boʻlmoq, koʻmakka muhtoj kishilarga yordam qoʻlini choʻzmoq, ular oʻy-tashvishini xiyla boʻlsa-da yengillashtirmoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Doniyol otaliq tomonidan chamasi 250 yil muqaddam bunyod etilgan kichik nogironlar uyi bu fikrning yaqqol tasdigʻidir.
Nukusdagi litseyda yangi o‘quv yili boshlandi
Nukus Temurbeklar harbiy akademik litseyida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 1-kurs o‘quvchilariga Nukus Temurbeklar harbiy akademik litseyi direktori M.Utepbergenov, litsey direktori o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Ibragimov hamda Nukus harbiy prokurori yordamchisi adliya mayori U.Daubayev ishtirokida “Mustaqillik darsi” mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Poytaxtimizda madaniy meros haftaligi boshlandi
Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'.'Soʻnggi yillarda mamlakatimiz, ayniqsa, poytaxtimiz azim Toshkent tobora xalqaro madaniy muloqotlar maydoniga aylanib borayotgani ayni haqiqat. 18-oktyabr kuni Oʻzbekiston madaniy merosni oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining anjumanlar zalida 'Sharq renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar' mavzusidagi xalqaro anjuman bilan oʻz ishini boshlagan madaniy meros haftaligi ushbu xayrli va ezgu tashabb
Xalqchil va dilbar shoir yodi hamisha qalblarda
Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Poytaxtimizdagi 'Turkiston' sanʼat saroyida xalqimizning suyukli farzandi, sheʼr-u bitiklari 'qanotli qoʻshiq'larga aylangan ijodkor, Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70-yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi boʻlib oʻtdi.Unda shoirning oila aʼzolari, yaqinlari, doʻstlari va shogirdlari, yozuvchi-shoirlar, sanʼat namoyandalari, talaba yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Nazm-u navo kechasidan avval qatnashchilar
Kuz manzaralari
Abdulla ORIPOV,Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiriYana dalalarga boshlaydi havas,Bogʻlarda xazonlar yonadi lov-lov.Doʻstlarim, bu kuzning barglari emas,Mening yuragimdan toʻkilgan olov.Shoxlarda mezonlar yaltirar xira,Poyida shivirlar mening kuylarim.Doʻstlarim, bular ham mezonmas sira,Bu mening chuvalgan, soʻngsiz oʻylarim.Quyosh ham falakda bamisli roʻyo,U endi yondirmas, yaltirar faqat.Doʻstlar, u ham endi quyoshmas aslo,U olis yoshlikda qolgan muhabbat.