Abduqodir Husanov Fransiyada oyning eng yaxshi yosh futbolchisi boʻlgan birinchi oʻzbek futbolchisi!
Maʼlum boʻlishicha, 'Lans' klubi himoyachisi Fransiya chempionatida oktyabr oyining 'Eng yaxshi yosh futbolchisi' deb topildi. Abduqodir muxlislar orasida oʻtkazilgan soʻrovnomada katta ustunlik bilan gʻalaba qozondi. Qayd etish kerakki, Husanov bunday unvonga ega boʻlgan birinchi oʻzbek futbolchisi boʻldi.
Husanov mukofotni yutish uchun nomzodlar safida Jonatan Rou ('Marsel') va Malik Fofana ('Lion') ham bor edi. Abduqodir soʻrovnomada 47 foiz ovoz oldi. Rou va Fofana esa mos ravishda 28 foiz va 25 foiz ovoz toʻplashdi.
Oktyabr oyida 20 yoshli futbolchi 'Lans' safida barcha 3 oʻyinda toʻliq harakat qildi va 'Sofascore' talqiniga koʻra oʻyinlarda oʻrtacha 7 ball oldi. Joriy mavsumda Abduqodir klub safida 11 oʻyinda qatnashdi.
Maʼlumot uchun, yosh himoyachi Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) 2004-yil 1-yanvardan keyin tugʻilgan futbolchilar orasida dunyoning 'Eng yaxshi yosh futbolchisi' boʻlishga daʼvogar boʻlgan 25 futbolchi roʻyxatiga kiritildi.
Avvalroq, Oʻzbekiston Rossiya yoki Xitoyning qaysi biri bilan kattaroq savdo aylanmasiga egaligi haqida xabar berilgandi.
Hasanboy Doʻsmatov 2, Murodjon Ahmadaliyev esa 3 pogʻona pastladi. Yangilangan WBO reytingida 7 nafar bokschimiz joy olgan
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) sentyabr oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi. Bu haqda tashkilot saytida koʻrish mumkin.Qayd etilishicha, reytingdan 7 nafar bokschimiz joy olgan boʻlib, birgina yurtdoshimiz reyting yetakchisi boʻlib turibdi.Xabar berilishicha, Hasanboy Doʻsmatov (birinchi oʻta yengil vazn (48,8 kg): oʻtgan oydagidan 2 pogʻona pastlab, 10-oʻringa joylashgan boʻlsa, Olimjon Nazarov (oʻta yengil vazn toifasi ' 50,8 kg) oʻtgan oydagidan bir pogʻona yuqorilab, 4
Eldor Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Rim klubining murabbiylar borasidagi muvaffaqiyatsizligi davom etadi
Oʻzbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov toʻp surayotgan Italiyaning 'Roma' futbol klubi bosh murabbiyi Ivan Yurichni isteʼfoga chiqardi. Bu qaror jamoaning 'Bolonya'ga 3:2 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng qabul qilindi. Bu haqda 'BBC Sports' xabar berdi.Qayd etish kerakki, Yurich jamoani atigi 12 oʻyinda boshqardi. Xorvatiyalik 49 yoshli murabbiy sentyabr oyida Daniyele De Rossining oʻrniga tayinlangan edi. De Rossi esa Joze Mourinyo ketganidan soʻng sakkiz oy davomida jamoani boshq
“Oʻgʻirlangan Oltin toʻp mojarosi”: Rodri kutilganidek “odobli” boʻlib chiqmadi. Sportchi “Xayr, Vinisius” deb haqoratli qoʻshiqni aytgan (+video)
'Manchester Siti' yarim himoyachisi Rodri Vinisius Junior haqida qoʻshiq aytganini inkor qilmadi. U oʻsha nishonlashni shaxsiy yopiq bayram boʻlgani va bu normal narsa ekanini aytgan. Bu haqda 'Goal' yozmoqda.Qayd etish kerakki, ispaniyalik yarim himoyachi ushbu qoʻshiqni aytganini inkor qilmagan va bu feyk emasligi suhbatdan ayon boʻladi. Shu tariqa hammaga 'odobli' boʻlib tanilgan Rodri hamkasbiga nisbatan haqoratli qoʻshiq kuylagani rost boʻlib chiqadi.Shuningdek, u 'Real Madrid' yuld