Soliq keshbekdan oktyabr oyida foydalanish 102 millionga yaqinlashdi (+foto)
Oktyabr oyida esa xizmatlardan foydalanish holatlari 102 million martaga yaqinlashdi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' portali xabar berdi.
Qayd etilishicha, ilova foydalanuvchilari orasida 4,7 million kishi faol boʻlib, 3,2 millioni shaxsini tasdiqlash jarayonidan oʻtgan.
Ilovaning xizmatlari orasida keshbek olish va e-ijara eng koʻp ishlatilgan xizmatlar qatoridan joy olgan. Oktyabr oyida keshbek funksiyasi 101 million 148 ming 909-martadan ortiq foydalanilgan.
Bundan tashqari, ilova orqali soliq qarzi toʻgʻrisida maʼlumot olish va ijara shartnomalarini hisobga olish kabi foydali xizmatlar ham mavjud.
Keshbek funksiyasi hamon eng mashhur xususiyat boʻlib, koʻp sonli foydalanuvchilar tomonidan muntazam foydalanilmoqda.
Avvalroq, Oʻzbekiston Rossiya yoki Xitoyning qaysi biri bilan kattaroq savdo aylanmasiga egaligi haqida xabar berilgandi.
Nochorlikdan tadbirkorga aylangan “zirapcha”
Said Donishev/'Xalq soʻzi'. Hayot yoʻli tekis emas. Oʻnqir-choʻnqirlari, pastu balandliklari baʼzan inson aqlini shoshirib qoʻyadi. Qahramonimiz Komila Joʻrayeva har safar farzandlarini qanday qiyinchiliklar bilan voyaga yetkazganini oʻylasa, bugungi dorilamon kunlari uchun behisob shukrona aytadi.Bolalikda uning ham orzulari koʻp edi. Oʻqituvchi boʻlishga havasi bor. Goho oʻzini oq xalatli shifokor tasavvur qilardi. Biroq hayot sinovlari barchasini oʻzgartirib yubordi. Oila... Farz
Salbiy illat oqibati
Yangihayot tumani IIOFMB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, podpolkovnik R.Binali, voyaga yetmaganlar va yoshlar profilaktikasini tashkil etish guruhi inspektori, leytenant F. Toshpoʻlatova hamda tahlil va muvofiqlashtirish guruhi inspektori, leytenant N.Mengnarovalar hududdagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida profilaktika tadbir oʻtkazishdi. Tadbir oktabr oyi xotin-qizlar oʻrtasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurashish oyligi munosabati bilan tashki
Oʻzbekistondagi eng katta soliq toʻlovchi tashkilot qaysi?
2024-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonda 949 ta yirik soliq toʻlovchilar tomonidan 91,5 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlandi. Bu soliq tushumlarining katta qismi davlat ulushi mavjud va xususiy sektordagi yetakchi korxonalar hissasiga toʻgʻri keladi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' portal xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, davlat ulushiga ega korxonalar orasida 'Navoiy kon-metallurgiya kombinati' AJ 21,7 trillion soʻm soliq toʻlovi bilan birinchi oʻrinda turadi. Ikkinchi oʻrinni '
Oʻzbekistonda dollar kursi yana koʻtarildi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 12,17 soʻmga oshdi va 12 812,30 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 65,33 soʻmga koʻtarilib, 13 532,35 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,65soʻmga pastlab, 128,37 soʻmni tashkil qildi.