calendar 11 Nov 03:17
eye 15
comments 0
comments Manba: xs.uz

Maqsadlari mushtarak turkiy davlatlar

image
Ayni vaqtda jahon siyosiy sahnasida yuz berayotgan shiddatli, shu bilan birga global oʻzgarishlar sharoitida Oʻzbekistonning xalqaro mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorligi faollashib bormoqda. Xususan, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning joriy yilning 6-noyabr kuni Bishkek shahrida boʻlib Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sessiyasida ishtiroki ham yuqoridagi mulohazamizni dalillaydi.

Mamlakatimizning mazkur tashkilotda ishtirok etishi, oʻz navbatida, Turkiy davlatlar bilan savdo-sotiq, transport infrastrukturalari, turizm va madaniy gumanitar sohalarda oʻzaro aloqalarning yangi qirralari va imkoniyatlarini ishga solish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Davlatimiz rahbari Bishkek sammitidagi nutqining avvalida Yaqin Sharqda davom etayotgan adolatsiz urush va kuzatilayotgan ikki yoqlama standartlar haqida mulohazalarini bildirib, turkiy davlatlarni umumiy manfaatlardan kelib chiqib, xalqaro muammolar boʻyicha yakdil va aniq pozitsiyani faol ilgari surishga daʼvat etdi va ushbu oʻrinda bagʻrikeng oʻzbek xalqi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin qochoqlariga yordam berish boʻyicha maxsus agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlarni keskin qoralashini maʼlum qildi.

Afgʻoniston muammosi barqaror xavfsizlik masalasining diqqat markazida doimo boʻlishi kerakligini taʼkidlab, Afgʻonistonni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga keng jalb etish lozimligini qayd etdi.

Bishkek sammiti doirasida qabul qilingan tarixiy hujjat ' Turkiy dunyo xartiyasining qabul qilinishi turkiy dunyoni yanada jipslashtirishi, aʼzo mamlakatlar bilan aloqalarning har jihatdan mustahkamlashiga zamin yaratishi yurtboshimiz tomonidan eʼtirof etildi.

Jahondagi beqaror geosiyosiy vaziyat fonida Turkiy davlatlar bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishi zarurligi taʼkidlanib, Turkiy davlatlarning strategik sheriklik, abadiy doʻstlik va qardoshligi toʻgʻrisidagi shartnomasini qabul qilish tashabbusi ilgari surildi.

Qardosh xalqlarimizni bir-biriga yanada yaqinlashtirish, yoshlarimizni ajdodlarimizga munosib ruhda tarbiyalash maqsadida turkiy ellar folklorining koʻp jildli majmuasini aʼzo mamlakatlar tillarida nashr etish tashabbusi oʻzbek ziyolilari tomonidan iliq kutib olindi. Chunki Prezidentimiz tashabbusi bilan chop etilgan 'Turkiy xalqlar adabiyoti'ning 100 jildligi majmuasi turkiy xalqlar adabiyotiga oshufta insonlar uchun munosib sovgʻa boʻldi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Bu oʻrinda yana bir jihatni zikr etish maqsadga muvofiq. Yurtboshimiz tashabbusi bilan turkiy davlatlarni bahamjihat boʻlishiga erishish maqsadida koʻplab loyihalar, yirik anjumanlar bir necha yildan buyon mamlakatimizda oʻtkazilmoqda. Xususan, respublikamizga rasmiy tashrif bilan kelgan davlat rahbarlari ishtirokida ikki xalq sanʼatkorlarining birgalikda doʻstlik konsertlarini uyushtirishi, ildizi bevosita turkiy xalqlarga borib taqaladigan maqom, baxshichilik yoʻnalishlarida xalqaro festivallarning yuqori saviyada tashkil etilishi, har ikki xalqning qalbidan chuqur joy egallagan sanʼatkorlar, ziyolilarga davlat mukofotlarining topshirilishi (Ozarbayjon, Qirgʻiz Respublikasi) anʼana tusiga kirdi va bunday madaniy diplomatiya sohasidagi ezgu harakatlar doʻstlik rishtalarini faqatgina mustahkamlash uchun xizmat qiladi.

Maʼnaviy tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi ogʻir ijtimoiy vaziyatda 'Turkiy mamlakatlar tarixi' nomli fundamental tadqiqotlarni yaratish gʻoyasi esa yoshlarimizda gʻoyaviy kurashlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirishi bilan nihoyatda ahamiyatlidir.

Turkiy tillardan qilingan tarjima ishlarini ragʻbatlantirish mexanizmini ishlab chiqish, taʼlim muassasalarida turkiy xalqlar va ularning tarixi, etnografiyasi, madaniyati va sanʼati haqida fakultativ darslarni joriy etish tashabbusi esa yosh avlod qalbida oʻz tarixi, millati, Vataniga nisbatan muhabbatni goʻdaklikdanoq ongu shuuriga muhrlaydi.

Oʻzbekistonning Turkiy madaniyat va meros jamgʻarmasiga toʻlaqonli aʼzo boʻlishi mamlakatimiz milliy sanʼati, tarixi, adabiyotini dunyo xalqlariga tarannum etishimizda koʻprik vazifasini oʻtaydi.

Eldor Shermonov,

Yunus Rajabiy nomidagi milliy musiqa sanʼati instituti rektori v.v.b.,

pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:49
 
25
0
xs.uz

Yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslardan yoʻqolgan ID-kartasini almashtirishda davlat boji undirilmaydi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qonunga koʻra, 'Davlat boji toʻgʻrisida'gi Qonunga oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar, yolgʻiz yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoʻqolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan ID-kartasini yoki biometrik pasportini almashtirishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek, 'Inson' ijtimoiy xi

09 Oct 12:39
 
35
0
xs.uz

Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi

'Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish toʻgʻrisida'gi Hukumat Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish; davlat fuqarolik

29 Oct 20:49
 
22
0
xs.uz

Saylov jarayonlari davom etmoqda

Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi tashkil etilgan 582-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari qizghtml5-dom-document-internal-entity2-39-endin davom etmoqda.Saylovchilar soni 2849 ta. Shundan 21 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan. Shu bilan birga 41 nafar birinchi marta ovoz beruvchi yoshlar ishtirok etadi.Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'

09 Oct 12:39
 
34
0
xs.uz

Kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni internetda tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internetdan foydalanish orqali qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik chora