calendar 11 Nov 03:17
eye 14
comments 0
comments Manba: xs.uz

Maktablardagi ChQBT oʻqituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga oʻtadi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish boʻyicha taqdimot bilan'tanishdi.

Bu haqda 30-sentyabr kuni Pedagogik mahorat milliy institutida oʻqituvchilar bilan boʻlgan muloqotda aytilgan edi. Davlatimiz rahbari ushbu uch yoʻnalishning shaxs kamolotidagi oʻrniga ahamiyat qaratib, ularni oʻqitishni takomillashtirish dolzarbligini taʼkidlagan edi.

Masalan, maktablardagi musiqa oʻqituvchilarining 21 foizi oʻrta maxsus maʼlumotli. Baʼzilarining oʻzi cholgʻu chala olmaydi. Sababi musiqa oʻqituvchilarining amaliy malaka oshirish tizimi yoʻq, bu borada sanʼat maktablari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilmagan. Madaniyat institutlari bitiruvchilari oʻqituvchilikka qabul qilinmaydi.

Shu bois maktablarda saboqlar sifatini oshirish boʻyicha qator chora-tadbirlar taklif etilmoqda.

Xususan, musiqa madaniyati fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bu yoʻnalish boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari, oʻqituvchilarga toifa berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.

'Turon maktab teatri'ning ijobiy tajribasi asosida maktablarda 'Iqtidor' havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etiladi. Oliy taʼlim muassasalarining musiqa va sanʼat yoʻnalishi bitiruvchilariga maktablarda ishlashga ruxsat beriladi.

Hududlardagi musiqa va sanʼat maktablarini umumtaʼlim maktablariga tayanch maktab sifatida biriktirish, iqtidorli oʻquvchilarni kashf etish maqsadida muntazam koʻrik-tanlovlar oʻtkazish zarurligi qayd etildi.

Yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilish ham muhim. Maktablarda 22 ta olimpiya, 19 ta noolimpiya, 4 ta milliy sport turlari oʻrgatiladi. Lekin jismoniy tarbiya oʻqituvchilari uchun uslubiy qoʻllanmalar yoʻq. Oʻquvchilarni seleksiya qilish tizimli emas.

Shuning uchun jismoniy tarbiya fani boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqilib, oʻquv dasturlari takomillashtiriladi. Ushbu fan oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Kelgusi oʻquv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich hamma joyda maktab sport klublari tashkil etiladi. Bu yoʻnalishda ham oʻqituvchilarga toifa berishning yangi tartibi, maktablarning sport boʻyicha reyting tizimi ishlab chiqiladi.

Bugun zamonning oʻzi har bir fuqarodan vatanparvar boʻlishni taqozo etmoqda. Bunda, ayniqsa, harbiy xizmatchilar, chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari oʻrnak boʻlishlari kerak.

Hozir maktablarda qariyb 10 ming nafar ana shunday pedagoglar faoliyat koʻrsatmoqda. Lekin ularning 27 foizi nomutaxassis. 2 ming 750 ta maktabda ushbu fan uchun sharoit yetarli emas.

Shu bois endi chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik oʻqituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga oʻtadi. Endi bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinadi.

Mazkur fan boʻyicha yangi oʻquv dasturi va darsliklar yaratiladi. Har bir tuman va shaharda bittadan maktab negizida 'Jasorat maktabi' faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Mutasaddilar shu boradagi ishlarni tashkil etish rejalari yuzasidan axborot berdi. Oliy oʻquv yurtlarida mazkur yoʻnalishlar boʻyicha pedagoglar tayyorlashni tubdan oʻzgartirish, malaka talablari va taʼlim sifatini oshirish boʻyicha topshiriqlar berildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Nov 03:18
 
13
0
xs.uz

Qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyat tarkibidan chiqarildi

Jinoyat kodeksi 109-moddasi 1-qismi, yaʼni qasddan badanga yengil shikast yetkazish endi jinoyat tarkibini bermaydi. Ushbu oʻzgarishni tasdiqlovchi qonun hujjati OʻRQ-972-son bilan rasmiylashtirilib, Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutadi.Shu tariqa, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yen

09 Oct 12:39
 
42
0
xs.uz

Tadbirkorga 500 ming dollarlik shartnoma tuzib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Ma'lum qilinishicha, departamentning Shayxontohur tumani bo'limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o'tkazilgan.Tadbirda 'S.S.' MChJ rahbari, muqaddam sudlangan N.Sh. tadbirkor U.I.ga tanishlari yordamida 'L.Y.' korxonasi bilan 500 ming dollarlik qurilish ishlarini bajarish yuzasidan shartnoma tuzib, buyurtma olib berishi evaziga shartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida pul berishi kerakligini aytib, 50 ming dollar olga

29 Oct 20:48
 
27
0
xs.uz

Qoraqoʻrgʻonda sel oqiza olmaydigan koʻprik qurildi

Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Namangan viloyati Chust tumanining qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh Qoraqoʻrgʻon mahallasida 4,5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Hududdan oʻtgan Koʻkseraksoy ustiga hashar yoʻli bilan qurilgan koʻprikni tez-tez sel olib ketishi jiddiy muammoga aylangan edi. Aholining tegishli idoralarga murojaati bilan masala yaqinda yechimini topdi ' koʻprik yangilandi. Yangilanibgina qolmay, har qanday selga bardosh bera oladigan qilib butunlay

11 Nov 03:17
 
16
0
xs.uz

Prezidentning Qirgʻizistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga amaliy tashrifi yakunlandi.Bugun davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etib, koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.Sammit doirasida Oʻzbekiston Prezidenti Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv oʻtkazdi.Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ke