calendar 29 Oct 20:49
eye 23
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yarmarkada 250 milliard soʻmlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda

image
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Termiz tumanidagi 'Termiz xalqaro savdo markazi' erkin savdo zonasida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻtkazilmoqda.

Yarmarka Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli transformatsiya markazi, Oʻzbekiston qurilish materiallari sanoat korxonalari uyushmasi hamda 'Oʻzkimyosanoat' uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan.







Unda mamlakatimizning beshta yirik tarmoq korxonasi hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq mahalliy tadbirkorlar qishloq xoʻjaligi, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, kimyo sanoati, charm-poyabzal va toʻqimachilik, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati kabi yoʻnalishlarda oʻzlari ishlab chiqarayotgan 500 turdagi sanoat mahsuloti bilan ishtirok etmoqda.

Afgʻonistonlik ishbilarmon doira vakillari yarmarkada namoyish etilayotgan mahsulotlarga katta qiziqish bildirdi. Shuningdek, erkin savdo zonasi hududidagi 'Hilton' mehmonxonasi, 'AKFA MEDLINE' klinikasi, logistika terminali va boshqa tadbirkorlik subyektlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishyapti.

Yarmarka doirasida qoʻshni mamlakat vakillari bilan ikki tomonlama oʻzaro almashinuv kelishuvlarini imzolash rejalashtirilgan. Shuningdek, kooperatsiya asosida qiymati 250 milliard soʻmlik hamkorlik shartnomalarini imzolashi ham kutilmoqda.








Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Nov 04:58
 
7
0
xs.uz

Birvarakayiga dollar yevro va rubl kursi pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 7,90 soʻmga tushdi va 12 800,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 145,35 soʻmga tushib, 13 467,02 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 1,13soʻmga pastlab, 129,02 soʻmni tashkil qildi.

11 Nov 03:18
 
11
0
xs.uz

Dollar kursi tushishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'15,14'soʻmga tushdi va'12 774,98'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'21,60'soʻmga pastlab,'13'914,51'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,11'soʻmga oshib,'130,14'soʻmni tashkil qildi.

11 Nov 03:18
 
12
0
xs.uz

Soliq keshbekdan oktyabr oyida foydalanish 102 millionga yaqinlashdi (+foto)

Soliq mobil ilovasi foydalanuvchilar soni oydan-oyga ortib bormoqda. 2024-yil 1-noyabr holatiga ilovada roʻyxatdan oʻtganlar soni 8,6 milliondan oshgan.Oktyabr oyida esa xizmatlardan foydalanish holatlari 102 million martaga yaqinlashdi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' portali xabar berdi.Qayd etilishicha, ilova foydalanuvchilari orasida 4,7 million kishi faol boʻlib, 3,2 millioni shaxsini tasdiqlash jarayonidan oʻtgan.Ilovaning xizmatlari orasida keshbek olish va e-ijara eng koʻp ishlatilgan x

09 Oct 12:36
 
33
0
postda.uz

Ogohlik

Jizzax shahridagi Sambhram universitetida terrorizm va ekstremizm oqibatlaridan talabalarni ogoh etish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi. Bu jarayonda viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan terrorizm va ekstremizm tahdidlari, mazkur turdagi jinoyatlarni sodir etganlarga nisbatan belgilanadigan jazolar, buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib etish usullari to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritildi. Alijon ABDUSATTOROV,“Postda” muxbiri.