calendar 29 Oct 20:49
eye 25
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tadbirkordan ortiqcha hujjat soʻragan davlat organlari javobgarlikka tortiladi

image
Qayd etilishicha, kecha, 21-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Qonun [OʻRQ-979-son, 21.10.2024-y.] bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish kiritilgan.

Qonunga koʻra, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika maʼlumotlarining yagona roʻyxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan oʻzga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvaragʻini ochishda ortiqcha hujjatlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilib olganlik, xuddi shuningdek mazkur yagona roʻyxatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilmoqda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
35
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskvada oʻtayotgan MDH sammitida ishtirok etmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Moskva shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.

11 Nov 03:17
 
9
0
xs.uz

Prezidentning Qirgʻizistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga amaliy tashrifi yakunlandi.Bugun davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etib, koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.Sammit doirasida Oʻzbekiston Prezidenti Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv oʻtkazdi.Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ke

25 Sep 13:14
 
34
0
xs.uz

10 marotaba radarga tushgan haydovchining avtokreditga olgan mashinasi jarima maydoniga olib kirildi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro R.A. 'Hamkorbank' ATB Andijon mintaqaviy bank xizmatlari ofisida kredit shartnomasi tuzib, 'Hyundai Tucson' avtomobilini sotib olgan edi. Avvaliga toʻlovni oʻz vaqtida toʻlab yurdi. Keyinchalik bu boradagi masʼuliyat chetga surildi. Natijada, uning bankdan qarzdorligi 237,4 mln. soʻmga yetdi.' Bugina emas, ' deydi Byuroning Paxtaobod tuman boʻlimi davlat ijrochisi Bekzod Qobilov. ' Maʼlum boʻlishicha, fuqaroga yoʻl hara

09 Oct 12:39
 
33
0
xs.uz

Buxorodan Qoʻqonga borishga endi bir soatu 20 daqiqa kifoya

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Endilikda buxoroliklar va koʻhna shaharga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlarning Fargʻona vodiysiga, aniqrogʻi, qadimiy Qoʻqon shahriga borishlari uchun 1 soatu 20 daqiqa kifoya qiladi. 'Silk Avia' aviakompaniyasi 'Qoʻqon ' Buxoro ' Qoʻqon' yoʻnalishida dastlabki parvozni amalga oshirdi.'Buxoro' xalqaro aeroportida zamonaviy havo kemasida uchib kelgan vodiylik mehmonlar tantanali kutib olindi. Ular kun davomida qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylarini t