calendar 09 Oct 12:40
eye 43
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila

image
Oʻshanda suronli 1941-yilning kuzi edi. 10 yoshli Janna opasi Taisiya bilan yuzlab bolalar qatori qirgʻinbarot urush borayotgan Ukrainaning Izyum shahridan front ortiga, quyoshli Oʻzbekistonga joʻnatildi. Polyak millatiga mansub bu opa-singilni taqdir taqozosi bilan bir-biridan bexabar holda Buxorodagi ikki oila farzand qilib oldi.



Janna oʻsha ogʻir kunlarni keyinchalik shunday eslagan edi: 'Poyezd uzoq yoʻl yurdi. Vagon tirqishidan samolyotlarning parvozi va dahshatli tovushi yuraklarga vahima solar, yigʻidan oʻzimizni toʻxtata olmasdik. Bir necha kundan soʻng koʻzda yosh, tanda mador qolmadi. Va nihoyat, vagon eshiklari ochilib, barchaga pastga tushishga ruxsat berildi. Kutib olish uchun yoshu qari chiqqan ekan. Ular bizni non, meva, turli shirinliklar bilan siyladi. Barcha bolalarni biz tilini ham tushunmaydigan, chehrasidan oʻta mehribon ekanligi sezilib turgan odamlar birin-ketin yetaklab ketishdi'.

Jajji Jannani chorva shirkatining raisi Sharof Joʻrayev va rafiqasi Muazzam aya uyiga olib borishadi. Unga Zaynish deb yangi ism berishadi va Joʻrayev familiyasiga oʻtkazishadi. Muazzam ayaning oʻz farzandi boʻlmaganligi uchun Zaynishni yeru koʻkka ishonmasdi. Aya qizaloqning tillarang sochlarini mayda oʻrib, doʻppi va atlas koʻylak kiydirib, Jannani oʻzbek qiziga aylantirdi ' qoʻydi.



Jannaning opasi Taisiya-chi? Oʻshanda 12 yoshda boʻlgan bu qizning taqdiri qanday kechdi?

Singlisi bilan Shofirkonning Doʻrmon qishlogʻigacha birga kelgan Taisiyani boshqa bir savobtalab oila oʻziga qiz qilib olib ketadi. Buning aslo ajablanarli joyi yoʻq. Oʻshanda dahshatli urush borayotgan Ukraina, Belarus, Rossiya shahar-qishloqlaridan minglab fuqarolar Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonga koʻchirilgan, yetim-yesir bolalarni oʻz bagʻriga olish uchun oʻzbek oilalari turnaqator navbatda turgandi. Odamiylik, bagʻrikenglik bundan ortiq boʻlishi mumkinmi?

' Rahmatli onamning soʻzlariga qaraganda, ' deydi Taisiya opaning oʻgʻli Karim aka, ' ochlikdan shishib ketgan, sillasi qurigan urush bolalarini oʻzbek xonadonlarida quchoq ochib kutib olishgan. Yaqinlaridan ayrilgan, urush dahshatlaridan qoʻrqib qolgan yosh bolalarni, jumladan, mening onam ' 12 yashar Taisiyani hozirgi Vobkent tumani Koʻli Odina qishlogʻida yashovchi Akram Qudratov va Ochiloy aya farzandlikka olishgan ekan. Tirnoqqa zor bu oila shundan soʻng Yaratganning inoyati bilan bir etak farzand koʻrgan.

Yillar oʻtdi. Har ikkala qahramonimiz oʻzbek yigiti bilan umr yoʻlini bogʻladi. Uvali-juvali boʻldi.



Taqdirning yozigʻini qarangki, Taisiya Kazimirovna singlisi Janna ' Zaynish Joʻrayeva bilan 35-yillik ayriliqdan soʻng topishdi. Bu hali hammasi emas. 1976-yilda Zaynish opaga otasi Kazimir Kazimirovich Puzevichdan xat keldi. Unda onasi Anna Yakovlevna ham, aka-ukalari ham hayot ekanligi yozilgandi. Maktubdan bir parcha Grigoriy Maryanovskiyning 'Kniga sudeb' (Dokumentalnoye povestvovaniye. T., 1980. 251-260 str) nomli kitobida keltirilgan.

Unda jumladan shunday soʻzlarni oʻqish mumkin: 'Senga otang Kazimir Kazimirovich Puzevich maktub yozmoqda. Urush tugagandan soʻng bildimki, seni oʻzbek oilasi farzand qilib olgan ekan. Biroq sizlarning qayerda ekanligingizni hech kim ayta olmadi. Barcha umidlarim soʻnganiga qaramasdan yana bir bor Izyum shahri ZAGSiga xat yozdim. Moʻjiza roʻy berdi! Ularning javobiga koʻra, sen 1951-yilda pasport olish maqsadida oʻzingning yoʻqolgan 'Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma'ngdan nusxa soʻragan ekansan. Shu tufayli seni topdim... Men sening otang, mening oldimda onang ' Anna Yakovlevna. Qizalogʻim, urush bizlarni dunyoning turli burchaklariga toʻzgʻitib tashladi. Umid qilamanki, yaqinda hammamiz ona shahrimiz ' Izyumda birga jam boʻlamiz. Sen haqdagi xabar yuraklarimizni parcha-parcha qilib yubordi...'

Alalxusus, uzoq yillik ayriqdan soʻng ota-ona va bolalar diydor koʻrishadi.

Shu oʻrinda ayrim tarixiy faktlarga murojaat qilish foydadan xoli emas. 1941-1945-yillarda rus, ukrain, belarus, tatar, mesxeti turk millatiga mansub tinch aholi qatori Buxoro viloyatiga koʻchirilgan polyak fuqarolari ham ijtimoiy himoya ostiga olinib, uy-joy, ish bilan taʼminlangan. Maʼlumotlarga koʻra, evakuatsiya qilingan polyaklar soni Buxoro shahrida 3183 kishini tashkil etgan. Ular viloyat tumanlarida ham yashaganini yoshi ulugʻlar yaxshi eslashadi. Manbalar 1945-yilda Oʻzbekistonning 7 ta viloyatida 16 yoshgacha boʻlgan polyak bolalari soni 5389 nafarga yetganligini koʻrsatadi. Shuning 1063 nafari Buxoro viloyatiga toʻgʻri keladi. 1942-yilda Buxoroda ham polyak maktabi ochilgan. Unda 210 nafar oʻquvchi taʼlim olgan, 36 nafar polyak oʻqituvchisi dars bergan...

Aytmoqchi, yaqinda universitetimiz tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyiga Polsha Respublikasidan bir guruh muzey ishi mutaxassislarining ilmiy-hamkorlik doirasidagi tashrifi amalga oshirildi. Delegatsiya tarkibida Gdansk shahridagi II jahon urushi muzeyining tadqiqot va taʼlim boʻlimi bosh mutaxassisi Dmitriy Panto, Belostok shahrining Sibir xotira muzeyi direktori Voysex Sleshinski, Belostok universiteti xalqaro munosabatlar fakulteti dekani oʻrinbosari Artur Konopaski, Torun shahridagi Nikolay Kopernik nomli universitet dotsenti Yoanna Mariya Pechovyak bor.

Mehmonlar muzeyda boʻlib, hamkorlik masalalari boʻyicha oʻz taklif-mulohazalarni bildirishdi. Shuningdek, BuxDU tarix yoʻnalishi professor-oʻqituvchilari bilan Polsha oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida grant loyihalari doirasida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashindi.

Aytish joizki, Gdansk shahridagi II jahon urushi muzeyi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayapmiz. Qator loyihalar birgalikda amalga oshildi. Buxorodagi polyak qabristonlari, II jahon urushi vaqtida yurtimizga evakuatsiya qilingan polyaklar, urush bolalari taqdiri kabi yoʻnalishlardagi hamkorlik shular jumlasidandir. Urush bolalari loyihasiga daxldor opa-singil Taisiya va Janna Puzevichlar haqidagi tadqiqotimiz Polsha hukumati vakillarida ham katta qiziqish uygʻotdi.

Darvoqe, xorijiy mehmonlar ushbu oila bilan yaqindan tanishish maqsadida Shofirkon tumanida istiqomat qiluvchi Joʻrayevlar xonadonida boʻlishdi. Bu oilaga II jahon urushi yillarida polyak millati vakillariga koʻrsatgan begʻaraz yordamlari uchun Polsha hukumati nomidan tashakkurnoma taqdim etildi. Unda shunday soʻzlar yozilgan: 'Ikkinchi jahon urushi yillarida oʻzbekistonliklarning polyaklarga koʻrsatgan yordamidan cheksiz minnatdormiz. Sizning jasoratingizni insonparvarlik va birodarlik timsoli sifatida qalbimizda hamisha saqlab qolamiz.'

Mehmonlar oʻzbekona dasturxon atrofida oila tarixi bilan bogʻliq maʼlumotlarga aniqlik kiritdilar. Ular opa-singil Taisiya va Janna Puzevichlarning qarindoshlari, farzandlari, nevara-evaralari bilan tanishib, har birlarining xotiralarini katta qiziqish bilan tinglashdi.

Professor Voysex Sleshinski katta va ahil xonadon aʼzolari bilan tanishar ekan, 'Ushbu oilalar Oʻzbekiston va Polsha davlatlari oʻrtasidagi doʻstlikning timsoli', degan soʻzlarni aytdi.



Oʻzbekiston bilan Polshani 6000 km masofa ajratib turadi. Lekin mehr-oqibat, odamiylik, ezgulik masofa tanlamaydi. Oʻzbekiston II jahon urushi yillarida millati, tili, dinidan qatʼi nazar, najot istab kelgan yoshu qariga bagʻrini ochdi, bir burda nonini ular bilan baham koʻrdi. Shu boisdan ham Polsha aholisi oʻzbek xalqining bu jasoratini haligacha unutgani yoʻq...





Yana bir eʼtiborli jihati, suronli urush yillarida Oʻzbekistonga olib kelingan polyak millatiga mansub birorta ham bolaning taqdiriga, garchi, ular allaqachon vafot etgan boʻlishsa-da, bugungi Polsha hukumati befarq emas. Bu esa ilmiy hamkorlik va izlanishlarimiz ikki xalq va davlatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Azalshoh HAMROYEV,

BuxDU tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi

muzeyi direktori, dotsent


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
30
0
xs.uz

Bozorda arzonchilik: xaridorga maza, dehqonga-chi?!

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ota-bobolarimizda dehqonchilik boʻlsa chilik-chilik, boʻlmasa qimmatchilik, degan ibora bor. Haqiqatan ham dehqonchilik bir oʻxshab qolsa, qirq yillik qarzni uzadi. Aks holda dehqonning unga sarflagan xarajati puli chiqmasligi ham hech gap emas.Ammo keyingi yillarda dehqonchilikka ham ilm-fan, innovatsiya kirib keldi. Endilikda yerga ekin ekadigan hamyurtimiz shunchaki tabiat tasodiflari oldida magʻlub boʻlishni istamaydi. Aql bilan, bozor talabi va ehtiyoji a

18 Nov 04:58
 
11
0
xs.uz

Eng koʻp soliq bazasi yashirilgan soha qaysiligi maʼlum boʻldi

Soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori deb baholangan 1518 ta tadbirkorlik subyektiga soliq auditi oʻtkazildi. Bu esa umumiy soliq toʻlovchilarning atigi 0,27 foizini tashkil etdi. Ushbu auditlarning oʻziyoq bizneslarda soliqlarni toʻlamaslikka moyillik mavjudligini koʻrsatdi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' xabar berdi.Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida oʻtkazilgan soliq auditlari natijasida muhim moliyaviy tafovutlar aniqlangan. Audit jarayonida aniqlangan jami soliq xavfi

01 Nov 21:30
 
19
0
xs.uz

Noyabrdan tabiiy gazning ijtimoiy norma miqdori oshadi — “Hududgazta’minot”

Ma'lum qilinishicha, noyabr oyining birinchi kunidan oylik bazaviy me'yorlar isitish mavsumi uchun mo'ljallangan shkalaga o'tadi. Noyabr, dekabr, yanvar va fevral oylarida bir oylik me'yorlar quyidagi tartibda bo'ladi:

29 Oct 20:49
 
22
0
xs.uz

Yarmarkada 250 milliard soʻmlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Termiz tumanidagi 'Termiz xalqaro savdo markazi' erkin savdo zonasida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻtkazilmoqda.Yarmarka Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli transformatsiya markazi, Oʻzbekiston qurilish materiallari sanoat korxonalari uyushmasi hamda 'Oʻzkimyosanoat' uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan.Unda mamlakatimizning beshta yirik tarmoq korxonasi hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan 200 dan orti